8
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
O‘quv jarayoni bilan bog‘liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar:
yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o‘qish, darslarni
savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or pedagogik
texnologiyalardan va
mul’timedia vositalaridan foydalanish, kursantlarni
bilim olisgga undaydigan,
o‘ylantiradigan muammolarni, ular oldiga qo‘yish,
talabchanlik, kursantlar bilan
individual ishlash,
erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.
Kursantlarning “Videokonferensiya aloqa tizimlari” fanini o‘zlashtirishlari uchun
o‘qitishning zamonaviy va ilg‘or
usullaridan foydalanish, yangi axborot
pedogogik
texnologiyalarini tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda o‘quv
qo‘llanmalar, ma’ruza
matnlari, tarqatma materiallar,
elektron materiallardan
foydalaniladi. Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarida mos ravishdagi zamonaviy
pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalaniladi.
Mashg‘ulotlarning asosiy qismi amaliy mashg‘ulotlardan iborat bo‘lib,
ularda
o‘quv elementlarni mazmunlari va mavzularni bir-birlariga mantiqiy bog‘liqligi
o‘rganiladi. Mashg‘ulotlarda kursantlar har bir element va unga qo‘yilgan o‘quv
savollari bo‘yicha mustaqil o‘rganib, o‘qituvchi yordamida bilim va ko‘nikmalarini
takomillashtirishlari lozim. Mashg‘ulotlarni asosiy turlari zamonaviy pedagogik va
innovatsion ta’lim texnologiyalari va interaktiv dars shakllarini qo‘llagan
holda olib
borilishi va unda kursantlarni faol qatnashuvi fanni o‘rganishning asosiy omillaridan
biri hisoblanadi.