221
buzulishsiz siqish usullari deb ham ataladi) dekodlangan
ma’lumotlarning asl nusxasi bilan bir xil bo‘lishini
ta’minlaydi;
2.
Yo‘qotishli siqish usullari - asl ma’lumotni buzishi
mumkin, masalan, ma’lumotlarning ahamiyatsiz qismini
o‘chirib tashlash orqali, keyin to‘liq tiklash mumkin emas.
2. Video ma’lumotlarini siqish standartlari.
Raqamli videoni manbadan (videokamera yoki yozib
olingan video) manzilga (video displey) uzatish dizayndagi
turli xil komponentlar va jarayonlarning butun zanjirini o‘z
ichiga oladi. Ushbu zanjirning asosiy bo‘g‘inlari siqish
(kodlash) va dekompressiya (dekodlash) jarayonidir, bunda
siqilmagan raqamli video signal uzatish va saqlash uchun mos
hajmgacha tushiriladi, so‘ngra video ekranda namoyish etish
uchun rekonstruksiya qilinadi.
Siqish va dekompressiya jarayonlarini aqlli dizayni
mahsulotga sezilarli tijorat va texnik ustunlik berishi mumkin,
bu esa raqobatchi yechimlarga qaraganda yaxshiroq video
sifati, katta ishonchlilik va moslashuvchanlikni ta’minlaydi.
Shunday qilib, videoni siqish va dekompressiya usullarini
ishlab chiqish va takomillashtirishga katta qiziqish mavjud.