212
tarmoq standartini ishlab
chiqish DARPA orqali AQSh
Mudofaa vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan.
2. OSI modeli va uning sathlari.
OSI modeli (The Open Systems Interconnection Model) - bu
OSI/ISO tarmoq protokollari to‘plami modeli hisoblanadi.
OSI modeli orqali turli xil tarmoq qurilmalari bir-biri bilan
aloqa amalni amalga oshiradi.
OSI modeli aloqa tizimlari
o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning turli darajalarini belgilaydi.
OSI modelining har bir sathi o‘zaro aloqada ishlaydi va o‘ziga
yuklangan ma’lum vazifalarni bajaradi.
Ko‘plab adabiyotlarda OSI modeli foydalanuvchilar
dasturlari ishlaydigan amaliy sathdan boshlab ma’lumotlarni
tarmoq orqali uzatilishi ketma-ketligini taminlovchi 7-sathli
standart model sifatida tariflanadi. OSI modeli mustaqil ishlab
chiqaruvchilar tomonidan ma’lumotlarni
uzatish vositalari
uchun talab qilinadigan standartlarni belgilaydigan fizik sath
bilan yakunlanadi:
• uzatish muhiti (mis kabel, optik tolali aloqa, radiokanal va
boshqalar),
•
signal modulyatsiyasi turi,
• diskret signal (ikkilik sanoq tizimidagi nol va birdan iborat
bo‘ladi).
OSI modelining har qanday protokoli o‘z sathi protokollari
bilan yoki o‘z sathidan bir
sath yuqorida yoki pastda
joylashgan protokollar bilan o‘zaro aloqada ishlaydi. Bitta
sathda ishlaydigan protokollarning o‘zaro aloqalari gorizontal
aloqa deb nomlanadi. Protokolning
ishlash sathi bir daraja
yuqori yoki past sathda bo‘lsa – vertikal ishlaydigan
protokollar deb nomlanadi.
OSI modelining har qanday
protokoli
faqat
o‘z sathining vazifalarini bajarishga
mo‘ljallangan bo‘ladi. Bitta sathga tegishli protokollar boshqa
sathdagi protokollar bajaradigan vazifani bajara olmaydi.
30
3.