• Elektron tijorat tushunchasi.
  • Elektron tijoratning anhanaviy savdo turlaridan farqi.
  • -mavzu. Elektron tijorat tizimlari va elektron raqamli imzo




    Download 45,03 Mb.
    bet66/142
    Sana17.11.2023
    Hajmi45,03 Mb.
    #100159
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   142
    Bog'liq
    Axborot texnologiyalari kafedrasi ta’limda axborot texnologiyala

    18-mavzu. Elektron tijorat tizimlari va elektron raqamli imzo.
    Reja:
    1.Elektron tijorat tushunchasi;
    2.Elektron tijoratning anhanaviy savdo turlaridan farqi;
    3.Elektron pul tushunchasi, elektron pul birliklari
    4.Internet to‘lov tizimlari, ular orqali to‘lovlar va xaridlarni amalga oshirish;
    5.Internet-banking;
    6.Elektron karmon, ularni to‘ldirish va ulardan pul yechish;
    7.Internet VISA va MasterCard to‘lov kartochkalari;
    8.Internet do‘konlar va Internet birja.


    Elektron tijorat tushunchasi. Elektron tijorat faoliyati O‘zbekiston Res’ublikasining “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi 2004 yil 29 a’reldagi 613-II son Qonuni bilan belgilanadi va amalga oshiriladi.
    Elektron tijorat Internet tarmoғidagi tijorat sohasiga oid faollikni, unda oldi-sotdini amalga oshirilishini ifodalash uchun qo‘llaniladi. U kompyuter tarmog‘idan foydalangan holda xarid qilish, sotish, servis xizmatini ko‘rsatishni amalga oshirish, marketing tadbirlarini o‘tkazish imkoniyatini tahminlaydi.
    Elektron tijoratning anhanaviy savdo turlaridan farqi. Elektron tijoratning anhanaviy savdo turidan quyidagi xarakterli xususiyatlari bilan farqlanadi:

    • xaridor o‘ziga qulay vaqt, joy va tezlikda mahsulotni tanlash va sotib olish imkoniyatiga ega;

    • savdo-sotiq faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallel ravishda, ya’ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati mavjud;

    • ko‘p sonli xaridorlarning bir vaqtning o‘zida bir nechta firmalarga murojaat qila olishi. Bu ko‘p sonli xaridorlarning aloqa vositalari yordamida sotuvchilar bilan muloqotda bo‘lish imkoniyati;

    • kerakli mahsulotlarni tezlikda izlab to‘ish va shu mahsulotlari bor firmalarga murojaat qilishda texnika va transp ort vositalaridan samarali foydalanish, mahsulotlarni bir joyga yig‘ish va ularni sotib olishda aniq manzillarga murojaat qilish. Ortiqcha vaqt va xarajatlarni kamaytiradi;

    • xaridorning yashash joyi, sog‘lig‘i va moddiy ta’minlanish darajasidan qathiy nazar hamma qatori teng huquqli mahsulot sotib olish imkoniyati;

    • hozirgi kunda chiqqan jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlarni tanlash va sotish imkoniyati;

    • elektron tijorat sotuvchining mahsulotlarini (ish, xizmatlarini) sotish jarayonidagi imkoniyatini yanada kengaytiradi va yangilaydi. Endi sotuvchi mahsulotlarini sotish jarayonini tezlashtirishi, yangi va sifatli mahsulotlarni muntazam almashtirishi, mahsulotlarning aylanma xarakatini tezlashtirishi kerak bo‘ladi;

    Elektron tijoratda savdoni tashkil qilish firmalarning raqobatini kuchaytiradi, monopoliyadan chiqaradi va mahsulotlarning sifatini oshirish imkoniyatini beradi. Xaridorlar kundalik xayotida kerakli mahsulotlar ichida sifatlilarini tanlashi mumkin. CHet el firmalariga murojaat qiladi.

    Download 45,03 Mb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   142




    Download 45,03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu. Elektron tijorat tizimlari va elektron raqamli imzo

    Download 45,03 Mb.