|
Toʽrtinchi davr (1980 yildan – hozirgi vaqtgacha)
|
bet | 31/142 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 45,03 Mb. | | #100159 |
Bog'liq Axborot texnologiyalari kafedrasi ta’limda axborot texnologiyalaToʽrtinchi davr (1980 yildan – hozirgi vaqtgacha). Operatsion tizimlar rivojlanishidagi keyingi davr katta integral sxemalarni (BIS) yuzaga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan davrdir. Bu yillarda integratsiya darajasi keskin o‘sishi va mikrosxemalar arzonlashishi yuz berdi. Kompyuterdan alohida foydalanuvchilar foydalanishi imkoni yuzaga keldi, va shaxsiy kompyuterlar davri boshlandi. Arxitektura jihatidan, shaxsiy kompyuterlar, minikompyuterlar ti’lari sinflaridan hech narsasi bilan farq qilmas edilar, faqat ularning baholarida farq bo‘ldi. Agar minikompyuter korxona va universitet bo‘limiga shaxsiy hisoblash markaziga ega bo‘lishiga imkon bergan bo‘lsa, shaxsiy kompyuter esa bunday imkoniyatni alohida inson uchun yaratdi. Kompyuterlardan hisoblash texnikasi sohasida mutaxassis bo‘lmaganlar ham keng ko‘lamda foydalana boshladilar, bu esa o‘z navbatida “do‘st” dasturiy ta’minotni yaratishni talab etdi, bu dasturchilarni alohida o‘rnidan qo‘zhatdi.
Hisoblash tizimlarini rivojlanishi bosqichlarini ko‘rib chiqib, biz rivojlanish jarayonida mumtoz (klassik) OT lar bajargan 6 ta asosiy funktsiyalarni ajratishimiz mumkin:
Topshiriqlarni rejalashtirish va protsessordan foydalanish;
Dasturlarni kommunikatsiya va sinxronizatsiya vositalari bilan ta’minlash;
Xotirani boshqarish;
Fayl tizimini boshqarish;
Kiritish-chiqarishni boshqarish;
Xavfsizlikni ta’minlash.
Har bir keltirilgan funktsiyalar odatda OT tarkibidagi kom’onetalaridan biri sifatida amalga oshirilgan. Ular boshidanoq, OT tarkibiy qismi sifatida yaratilgan emas, ular rivojlanish jarayonida yuzaga keldi. Inson yaratgan hisoblash tizimi rivojlanishi (evalyutsiyasi) shu yo‘ldan ketdi, ammo hech kim bu yo‘l rivojlanishning yagona mumkin bo‘lgan yo‘li deb isbot qilolmaydi.
OT lar, shu ayni vaqtda ularning mavjudligi-hisoblash tizimidan oqilona foydalanishdir, shuning uchun ham ular mavjud.
Windows, Unix, Linux va Doppix operatsion tizimlar
“Window” so‘zi ingliz tilida “deraza, darcha, oyna, tuynuk” degan ma’noni anglatadi va bu nomda Windowsda bir vaqtda bir nechta dasturlar ekrandagi o‘z oynalarida bir-biridan mustaqil ravishda ishlay olishiga urg‘u berilgan. Bu esa, bundan 20 yil oldin, Windows operatsion tizimi yaratilgan paytda kompyuterlarda uning barcha resurslari bitta dastur tomonidan butunlay egallab olinadigan boshqa operatsion tizimlarga nisbatan oldinga tashlangan ulkan qadam edi.
Hozirgi paytda barcha qurilmalar: smart’hone, planshet, netbook, noutbook, virtual ko‘zoynak, monoblok va Shklar uchun yagona Windows 10 operatsion tizimlari keng tarqalgan bo‘lib, bir tomondan foydalanuvchi va dasturchilarning kompyuter ustida har qanday tajribalarni o‘tkaza olishlarini anglatsa, ikkinchi tomondan yangi avlod operatsion tizimlarini yaratishdagi yana bir, o‘ta muhim sinov ekanligini bildiradi.
Rasm - . WINDOWS X’ OT
2001 yilning 15 avgustida Windows XP OT savdolari boshlandi, u OT tarixidagi eng mashhurlaridan biriga aylandi. Texnik yordamga chek qoyilishi va viruslarga nisbatan nozik bo‘lishiga qaramay, NetMarketshare tahliliy saytining ma’lumotlariga qaraganda, u hozirga qadar dunyodagi barcha kompyuterlarning 11,68 foizida o‘rnatilgan. Dastlabki narxi 85 AQSH dollaridan boshlanadi. 2015 yil holatiga ko‘ra, 1 milliardga yaqin nusxasi sotilgan.
Rasm - . WINDOWS VISTA OT
2006 yilning 30 noyabrida Windows Vista paydo bo‘ldi. Asosiy yaxshilangan tomonlari orasida viruslarga qarshi himoya va Aero grafik interfeysini qayd etish mumkin. Mazkur OTni operatsiyalarni sekin amalga oshirishi, doimiy ravishda ‘arolni kiritish va kompyuter qaroqchiligi huquqidagi murakkab tizim tufayli tanqid qilishgan. Sotuvlar boshlanganidan bir oy o‘tgach, 20 million nusxa talqiniga qarab 199 dan 399 AQSH dollarigacha bo‘lgan narxda sotilgan.
Rasm - . WINDOWS 7 OT
2009 yilning 22 oktabrida Windows 7 OT savdoga chiqarildi. Unda Vistadagi kamchiliklar bartaraf etilgan va interfeys yaxshilangan. Dastlabki narxi – 159,99 dan 319,99 AQSH dollari qiymatida. Ikki yil ichida 450 milliondan ortiq nusxalar sotildi. NetMarketshare ma’lumotlariga ko‘ra, 2014 yilning noyabrida dunyodagi barcha kompyuterlarning 55,71 foizida o‘rnatilgan.
Rasm - . WINDOWS 8 OT
2012 yilning 26 oktabrida Microsoft Windows 8 OTni ishga tushirdi. Unda “pusk” tugmasidan voz kechish va foydalanuvchi interfeysini butunlay qayta ishlab chiqib, ekrandagi “plitka” elementlari ko‘rinishida "Metro" muhitiga almashtirishga qaror qilindi.
Mazkur talqin oddiy kompyuterlarga qaraganda planshetlar uchun mo‘ljallangan deya tanqid ostiga olingan. Kamchiliklarning bir qismi Windows 8.1 da bartaraf etildi. Dastlabki olti oy ichida 100 milliondan ortiq nusxasi sotildi. Ilk narxi 14,55 dan 199,99 AQSH dollarini tahlil etgan. 2015 yil iyun oyi holatiga ko‘ra, 10,68 foiz shaxsiy kompyuterlarda undan foydalanilmoqda.
Rasm - . WINDOWS 10 OT
2015 yilning 25 iyulida yangi talqin Windows 10 sotuvga chiqarildi. U barcha platformalar – serverlardan tortib, mobil telefonlar uchun yagona tizimga aylandi. O‘zgartirilgan elementlar orasida shaxsiy kompyuterlar uchun "pusk" menyusi va tugmasining qaytishini alohida ta’kidlab o‘tish mumkin. Windows 7 va Windows 8 OT foydalanuvchilari yangi talqinga bepul “update” ga ega bo‘lishdi, yangi nusxa 119 dan 199 AQSH dollari qiymatida edi. Ilk 2,5 oy mobaynida yangi tizim 110 milliondan ortiq kompyuterlarda o‘rnatildi, operatsion tizim bozoridagi ulushi 2015 yil noyabr oyi holatiga ko‘ra, 7,94 foizni tahlil etmoqda.
Microsoft kompaniyasining ma’lum qilishicha, hozirgi vaqtda Windows 10 operatsion tizimi ostida 300 millionga yaqin qurilma faol ishlab turibdi. “Droider.ru”ning yozishicha, tizim bir yildan kamroq vaqt ichida mazkur natijaga erishishga muvaffaq bo‘ldi.
Rasm - . Barcha qurilmalar uchun yagona Windows
Shu ko‘nga qadar Microsoft kompaniyasining Windows 10 operatsion tizimi 200 mln donadan ortiq qurilmaga o‘rnatildi.
2015 yilning yanvar oyidayoq 1,7 milliondan ortiq foydalanuvchilar Windows 10 ning beta-versiyasidan foydalanish uchun ro‘yhatga olingan8.
Turli hil statistika resurslarining ma’lumot berishlaricha, shaxsiy kompyuterlar orasida Windows 10 operatsion tizimi barcha davrlarning eng ommabo‘ tizimlari orasida ikkinchi o‘rinni muhim egallab turibdi. Misol uchun Net A’’lications tashkilotining xabar berishicha, Windows 10 ning jahon bozoridagi ulushi 14,35% ni tahlil etib turganda, Windows 8.1 10,11% natija bilan undan oldinda turibdi. Reytingda Windows 7 operatsion tizimi 48,79% lik ulush bilan yetakchilik qilib kelmoqda. Ta’kidlashlaricha, Windows 10 katta tezlik bilan olg‘a bormoqda. Net Applicationsning ko‘rsatishicha, uchinchi o‘rinda Windows X’ turibdi. Undan so‘ng esa Linux 1,56 % natijani ko‘rsatmoqda9.
|
| |