Atamaning ingliz tilida nomlanishi
|
Atamaning o‘zbek tilida nomlanishi
|
Atamaning rus tilida nomlanishi
|
Atamaning nomlanishi
|
Algorithm
|
Algoritm
|
Алгоритм
|
1. Vazifani bajarishga qaratilgan aniq belgilangan qoidalarning tartiblangan chekli to`plami.
2. Dastlabki ma’lumotlarni oxirgi natijaga o`tkazuvchi hisoblash jarayoni orqali masala yechimini aniq ko`rsatuvchi amallar mazmuni va ketma-ketligi.
|
Allocation
|
Joylashtirish
|
Размещение
|
1. Biror narsani joylashtirish, ishlatish tartibi.
2. Informatikada- sahifalarning o`lchovlarini va matnlarning sahifasini, tasvir tuzulmasini belgilaydi.
3. Dasturlashda - ma’lumotlarni kiritish-chiqarish tartibi va ketma-ketligi.
4. Apparat ta’minotini loyihalashda-platalar, integral sxemalar va tarkibiy qismlarni joylashtirish.
5. Tashqi xotirada faylni yozish uchun makon ajratish.
|
Animation
|
Animatsiya
|
Анимация
|
Bir necha tasvir yoki kadrlarni ko`rsatish orqali yaratiladigan harakat taqlidi. Televideniyedagi multfilmlar animatsiyaning bir turidir.
|
Application
|
qo‘llanma
|
Приложение
|
Ma’lum foydalanish sohasida ma’lumotlarga ishlov berishni amalga oshiruvchi jami dasturlar.
|
Architecture
|
Arxitektura
|
Архитектура
|
Murakkab obyektning tuzilishi, bajarilayotgan vazifalari va tarkibiy bo`laklarining o`zaro bog`liqligini belgilovchi konsepsiya. Tarmoq me’moriy tuzilmasi uning asosiy elekmentlari va ularning o`zaro ishlash tavsifi va topologiyasini belgilaydi.
|
Archive
|
Arxiv
|
Архив
|
Arxivator yordamida ochish mumkin bo`lgan, tarkibida bir yoki ko`p (odatda kompressiyalangan) fayllar va axborot bo`lgan fayl. Arxivlar odatda dasturiy mahsulotlar yoki rezerv nusxalarni tarqatish uchun yaratiladi. tar, gzip formatidagi arxivlar UNIX; zip, rar, arj formatidagi arxivlar esa Windows amaliy tizimlarida ishlatiladi
|
archive document
|
arxiv hujjati
|
архивный документ
|
1. Axborot tashuvchisi turidan qat’iy nazar davlat va jamiyat uchun ahamiyatliligi sababli saqlanayotgan yoki saqlanishi lozim bo`lgan, hamda mulkdori uchun tarixiy, ilmiy, badiiy, madaniy qiymatga ega bo`lgan hujjat.
|
Archiver
|
Arxivator
|
Архиватор
|
Tashqi qurilmada ixcham va uzoq muddatli saqlash uchun fayllarni zichlash (arxivlash) va zichlangan fayllarni dastlabki shaklga qaytarish (arxivsizlash) uchun mo`ljallangan dastur yoki dasturlar majmui. Shaxsiy kompyuterlarda eng keng tarqalgan axrivatorlar – PKZIP, ARJ, RAR
|
array processor
|
matritsaviy protsessor
|
матричный процессор
|
Sonli massivlarni, masalan matritsalarni qayta ishlash uchun mo`ljallangan arxitekturaga ega bo`lgan markaziy protsessorning ham protsessori.
|
Attribute
|
Atribut
|
Атрибут
|
Xususiyat, sifat yoki miqdor belgisi. U makondagi obyektni ta’riflovchi (biroq uning qayerda joylashganligini ko`rsatish bilan bog`liq bo`lmagan) va uning noyob soni ya’ni aniqlovchisi bilan bog`liqlikda tasavvur qilinadi.
|
Attack
|
Hujum
|
Атака
|
Kompyuter muhofazasini buzishga qaratilgan harakat.
|
backup copy
|
zahira nusxa
|
резервная копия
|
Ma’lumotlar ko`chirilgan nusxasini o`z ichiga olgan magnit disk yoki tasma.
|
backup procedure
|
zahiraviy nusxalash
|
резервное копирование
|
Kompyuter disklari, ma’lumotlar bazalari, veb-serverlari mazmunidan davriy ravishda to`la yoki qisman nusxa ko`chirish.
|
beta testing
|
beta testlash
|
бета-тестирование
|
Dasturiy mahsulotni bozorga chiqarishdan avval sinash uchun ishlatib ko`rish.
|
bibliographic description
|
bibliografik ta’rif
|
библиографическое описание
|
Hujjat haqidagi bibliografik ma’lumotlar majmui.
|
blended portal
|
aralash portal
|
смешанный портал
|
O`zida elektron savdo vazifalari va an’anaviy ma’lumotnoma xizmatlarini mujassamlantirgan portal.
|
Brightness
|
Ravshanlik
|
Яркость
|
Kompyuter grafikasida rang tavsiflanadigan uch tavsifnomadan (to`yinganlik va ta’sirchanlik bilan bir qatorda) biri.
|
Brush
|
mo‘yqalam
|
Кисть
|
Tasvirlarni chizishda va bo`yashda, aniq o`lcham, rang va fakturadagi yo`llarni o`tkazish texnologiyasi.
|
Catalogue
|
Katalog
|
Каталог
|
1. Izlab topish qulayligini hisobga olib tartibga solingan obyektlar ro`yxati.
2. Informatikada, bir xil turdagi obyektlar orasidan qidirishni ta’minlaydigan ma’lumotlarning tuzilmasini aniqlovchi ma’lumotnoma
|
Cell
|
Uya
|
Ячейка
|
1. Jadvaliy qo`llanmalarda – ma’lumotlar elementini (matn, son qiymati, formula) kiritish uchun mo`ljallangan to`g`riburchak shaklli katak.
|
Character
|
Ramz
|
Знак
|
Biror bir tushunchani, hodisani, jarayonni shartli ifodalashda xizmat qiluvchi alomat.
|
chief editor
|
bosh muharrir
|
главный редактор
|
Tahririyatni (qanday atalishidan qat’iy nazar) boshqaradigan va ommaviy axborot vositasini ishlab chiqarish va nashr qilish bo`yicha yakuniy qarorni qabul qiladigan shaxs.
|
Coding
|
Kodlash
|
Кодирование
|
1. Dastlabki alifboni obyektli alifboga o`zgartirish jarayoni.
2. Ma’lumotlarni ramzlar ketma-ketligi bilan ifodalash jarayoni
|
Colour
|
Rang
|
Цвет
|
Muayyan elektromagnit spektrli yorug`likni ko`z bilan sezish. Kompyuter grafikasida rang uch tavsifnoma bilan tavsiflanadi:
- ta’sirchanlik, yorug`lik nuri chastotasi bilan belgilanadigan sifat;
- to`yinganlik, rangni berilgan ta’sirchanlik bilan ifodalanish darajasi, odatda foizlarda belgilanadi (0 dan 100 gacha);
- ravshanlik, nurlanish energiyasi darajasi (yorug`lik oqimining zichligi).,
|
colour print
|
rangli choplash
|
цветная печать
|
Matn va grafikani rangli choplash imkoniyati.
|
Compression
|
Taxlam
|
Упаковка
|
Tashuvchi imkoniyatlariga ko`ra kattaroq ma’lumotlar hajmlarini uzatish (yoki xotirlash) imkonini beruvchi signallarni kodlash/dekodlash uslubi.
|
Computer
|
Kompyuter
|
Компьютер
|
Hisoblarni bajarish, shu jumladan elektron shakldagi axborotni oldindan belgilangan algoritm bo`yicha qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va ishlov berish uchun mo`ljallangan mashina.
|
computer architecture
|
kompyuter arxitekturasi
|
архитектура компьютера
|
Kompyuter tarkibiy bo`laklarining texnik va dasturiy vositalarining o`zaro aloqalarini o`z ichiga oluvchi kompyuterning mantiqiy tuzilishi va funksional tavsifnomalari.
|
computer graphics
|
kompyuter grafikasi
|
компьютерная графика
|
Kompyuterlar yordamida tasvirlarni yaratish va ishlov berish texnologiyasi.
|
computer language
|
kompyuter tili
|
компьютерный язык
|
Kompyuterlar va kompyuter texnikasi bilan bog`liq, odatda tillarga tegishli tushuncha.
|
computer literacy
|
kompyuter savodxonligi
|
компьютерная грамотность
|
Shaxsiy kompyuterda ishlash uchun zarur bilim va ko`nikmalarning eng kam to`plamini egallash.
|
computer program
|
kompyuter dasturi
|
компьютерная программа
|
1. Masalani yechish algoritmining tavsifi. Dasturlash tilida beriladigan, dasturchi tomonidan tuziladigan va kompyuter bajaradigan ko`rsatmalar yig`masi.
|
computer protection
|
kompyuter muhofazasi
|
защита компьютера
|
Ma’lumotlar va tizim resurslarini, odatda tasodifiy va qasddan qilingan harakatlarga qarshi qo`llanadigan tegishli tadbirlar tizimi bilan muhofazalash.
|
computer virus
|
kompyuter virusi
|
компьютерный вирус
|
1. Boshqa dasturlarni turlab o`z-o`zini tarqatadigan dastur. U iloji boricha, o`z o`zgartirilgan nusxalarini ham va kasallangan dasturni chaqirilganda bajariladigan dasturlarni ham o`z ichiga oladi.
|
Data
|
ma’lumotlar
|
Данные
|
1. Rasmiylashtirilgan, ya’ni uzatish, izohlash va qayta ishlash uchun mos shaklda taqdim etilgan axborot.
2. Kompyuterda qayta ishlanishi jarayonida aylanayotgan hujjatlashtirilgan axborot.
|
data field
|
ma’lumotlar maydoni
|
поле данных
|
1. Axborot tashuvchisida ma’lumotlarni, ma’lumotlar elementlarini yozish uchun ajratilgan maydon.
2. Funksional mustaqil qiymatga ega va alohida ma’lumotlar elementi sifatida ishlov beriluvchi yozuv yoki to`ldirilayotgan shakl qismi.
|
data filtering
|
ma’lumotlarni filtrlash
|
фильтрация данных
|
Ma’lumotlarni umumiy oqimidan kerakli mezonlarga ega bo`lganlarini ajratib qo`yish jarayoni.
|
data model
|
ma’lumotlar modeli
|
модель данных
|
Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash sohalarida tarkibiy qismlar turi va ularning aloqalari to`g`risidagi tasavvur.
|
data security
|
ma’lumotlarning xavfsizligi
|
безопасность данных
|
Dasturlarni va ma’lumotlarni tasodifiy yoki qasddan o`zgartirish, yo`q qilish, oshkor qilish, hamda ruxsatsiz foydalanishdan muhofazalash tamoyillar to`plami.
|
data search
|
ma’lumotlar izlash
|
поиск данных
|
Axborot massivida oldindan belgilangan izlash sharti (so`rovi) talabini qondiruvchi yozuvlar borligini aniqlash jarayoni va agar ular mavjud bo`lsa bunday yozuvlar joylashishini aniqlash jarayoni.
|
Disk
|
Disk
|
Диск
|
Bitta yoki ikkita tomonida ma’lumotlarni o`qish yoki yozishni amalga oshirish uchun aylanuvchi yassi dumaloq plastinadan iborat ma’lumotlar tashuvchisi.
|
Document
|
Hujjat
|
Документ
|
1. Matn, tovush yoki tasvir shaklida axborot yozilgan, zamon va makonda uzatish hamda saqlash va jamoat tomonidan foydalanish uchun mo`ljallangan moddiy obyekt.
2. Ma’lum bir faktni yoki biror narsaga huquqni tasdiqlovchi ish qog`ozi.
|
document processing
|
hujjatga ishlov berish
|
обработка документов
|
Hujjatlarni yaratish va o`zgartirish jarayoni. Hujjatlarga ishlov berish tasniflash, saralash, zarur bo`lgan shaklga o`zgartirish, ma’lumotlar bazasida joylashtirish, izlash va foydalanuvchilarga berishdan iborat.
|
Field
|
Maydon
|
Поле
|
1. Axborot tashuvchisida ma’lumotlarni, ma’lumotlar elementlarini yozish uchun ajratilgan maydon.
2. Funksional mustaqil qiymatga ega va alohida ma’lumotlar elementi sifatida ishlov beriluvchi yozuv yoki to`ldirilayotgan shakl qismi.
|
File
|
Fayl
|
Файл
|
Yagona yaxlit deb qaraladigan ma’lumotlar yoki dasturlar majmuasi. Fayl o`z nomiga ega bo`lgan va tizimda saqlanadigan ma’lumotlarning asosiy elementi bo`lgan obyektdir
|
file name extension
|
fayl ismi kengaytmasi
|
расширение имени файла
|
Nuqtadan keyin joylashadigan, fayl ismining bir qismi. Masalan, “def.exe” fayl ismidagi “exe” qismi kengaytma bo`lib hisoblanadi.
|
Font
|
Shrift
|
Шрифт
|
Alifbo ramzlarining to`plam shakli. Shrift garnitura (imlo elementlari)ning birlashmasi, shakl, o`lchamlar, interval bilan ajralib turadi.
|
Format
|
Format
|
Формат
|
Axborot obyektining tuzilmasi. Format, ma’lumotlarni turli obyektlarda, ya’ni, jadvallarda, MB da, printerlarda, ma’lumotlar bloklarida joylashish va ifodalanish usullarini belgilaydi. Manzillar, kodlar, buyruqlar, sahifalar, qatorlar va h.k. larning formatlarini ajratadilar. Kompyuter bilan bog`liq barcha tushunchalar o`zining formatiga egadir.
|
graphic editor
|
grafik muharrir
|
графический редактор
|
Tasvirlarni tahrirlashni ta’minlaydigan amaliy dastur. Grafik muharrir odatda vektorli tasvirlar dasturlari, ishchan grafika, rastrli tasvirlar, rastrli tasvirlarni vektorli shaklga aylantirish, uch o`lchamli tasvirlar va fayllarni boshqarish dasturlarini o`z ichiga oladi.
|
graphic file
|
grafik fayl
|
графический файл
|
Nuqtama-nuqta kodlangan tasvirni o`z ichiga olgan fayl.
|
graphical information
|
grafik axborot
|
графическая информация
|
Sxemalar, eskizlar, tasvirlar, grafiklar, diagrammalar, ramzlar ko`rinishida ifodalangan ma’lumotlar yoki xabarlar.
|
Graphics
|
Grafika
|
Графика
|
Predmetlarni rang ishlatmasdan, kontur chiziqlar va shtrixlar vositasida aks ettirish san’ati. Shu sababli, dastlab oq - qora chizmalarni va sxemalarni tayyorlash jarayoni kompyuter grafikasi deb nomlangan edi.
|
Informatics
|
Informatika
|
Информатика
|
1. Axborot xususiyatlari va uni taqdim etish, to`plash, unga avtomatik ishlov berish va uni uzatish usullarini o`rganuvchi ilmiy yo`nalish. Informatikaga hisoblash texnikasini yaratish va undan foydalanish bilan bog`liq bo`lgan turli masalalar bilan shug`ullanuvchi fanlar guruhi kiradi: amaliy matematika, dasturlashtirish, sun’iy tafakkur, kompyuter arxitekturasi, hisoblash tarmoqlari va h.k.
|
Menu
|
Menyu
|
Меню
|
1. Foydlanuvchining chizma interfeysining (GUI) qismi.
|
Keyboard
|
Klaviatura
|
Клавиатура
|
1. Kompyuterga raqamli, alvafitli va boshqaruvchi axborotni kiritish qurilmasi.
ishlatiladi.
|
Loading
|
Yuklash
|
Загрузка
|
Kompyuterga unga ulangan qurilmadan dasturlarni yoki ma’lumotlarni uzatish
|
Microprocessor
|
Mikroprotsessor
|
Микропроцессор
|
Elementlari bitta yoki bir necha integral sxemaga maydalashtirilgan protsessor. Kompyuterlar, jumladan, shaxsiy kompyuterlar tuzilishining asosiy elementi. Mikroprotsessor ichki xotira yordamida arifmetik, mantiqiy va boshqaruv amallarini bajaradi.
|
Microsoft corporation
|
Microsoft korporatsiyasi
|
корпорация Microsoft
|
Shaxsiy kompyuter tarixida ulkan va eng katta ta’sirga ega bo`lgan kompaniya
|
Monitor
|
Monitor
|
Монитор
|
1.Monitor kompyuterning tashqi qurilmasi. U displeyning asosiy tarkibiy qismlaridan biridir. Monitor tizimda ro`y berayotgan jarayonlarning ekranda aks ettirilishini ta’minlaydi..
|
Mouse
|
Sichqoncha
|
Sichqoncha
|
Foydalanuvchi tomonidan yassi yuzada harakatlantirilganda kursor koordinatalarini yoki kompyuter ekranida aks ettirgichning joylashishini belgilovchi va ekranda koordinatalarni ko`rsatish uchun mo`ljallangan qurilma
|