epiproyeksiya – bu ekranga tiniq bo‘lmagan o‘zakdan yasal-
gan turli sur’atlar, chizmalar, fotografiyalar va mayda predmetlarni
proyeksiya qilishdir. Epiproyektorlar ko‘rilayotgan obyektning
aks lantiruvchi nurlarini sferik oynalar orqali ekranga yetkazib
beradi. Apparatdan kelayotgan yorug‘likning binoga taralib ke-
tishining oldini olish maqsadida uskuna maxsus g‘ilofga solinadi.
Bunday proyektorlar tez ishlash quvvatiga ega bo‘lsa-da, ammo
ekrandagi obyekt ko‘rinishini tiniq namoyish qilib berishda dio-
proyektorlardan orqada qoladi. Ekrandagi suratlarni sifatli namoy-
ish qilib be rish uchun epiproyektorlar quvvatli yorug‘lik manbayi
bilan ta’minlanishi kerak.
18- rasm. epiproyeksiyaning sxemasi. 1 – reflektor; 2 –yorug‘lik man-
bayi; 3 – predmet stolchasi; 4 –
oynacha; 5 – obyektiv.
Epiproyeksiya, asosan, ax-
borot-kutubxona muassasalarida
keng qo‘llaniladi. Epiproyeksi-
yalarning afzallik tomonlari
shundaki, u ekranda rangli
bo‘lgan katta hajmdagi ma’lu-
motlarni aniq ko‘rsata oladi.
hattoki gazeta illustratsiyalarini
ham ekrandan tiniq va sifatli
ko‘rish imkonini beradi. Ba’zida
ekranda stereoskopik effekt pay-
do bo‘ladi. Epiproyeksiyada
kichik hajmda bo‘lgan obyektlar
ham ekranda tiniq va ravshan
ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Epiproyektor – proyeksion apparatning bir turi bo‘lib, bugungi
kunda epiproyektorlar videoproyeksion moslamalar bilan birga-
64
65
likda ishlaydigan teleproyektorlar va dokument proyektorlar kabi
texnik o‘quv moslama kompleksidan deyarli chiqarib tashlangan.
Epiproyektorlarning sxemasi qayta tuzilgan proyeksion appa-
ratlarning optik sxemasi tarkibiy qismiga kiradi, ya’ni tiniq va ti-
niq bo‘lmagan obyektlarni proyeksiya qila oladigan epidioskoplar
tarkibiga.
Epidioskop (yunonchadan olingan bo‘lib, «qarayapman» de-
gan ma’noni anglatadi) – epiproyektor va dioproyektorlarni o‘z
ichiga oluvchi moslamadir. Bu esa uning qo‘llanish imkoniyatla-
rini yanada kengaytiradi. Epidioskop 140 × 140 mm va 150×50
mm o‘lchamli kadr oynachalariga ega bo‘lishi mumkin. Bunday
apparatlarni episkopik proyeksiya rejimda to‘laligicha, dioskopik
rejimda yarim keng qo‘llash mumkin.
Ushbu apparatlar qo‘llanilishi jihatidan boshqa apparatlardan
anchagina sodda bo‘lsa-da, bugungi kunda ulardan foydalanish
juda kamayib ketgan. Ba’zi axborot-kutubxona muassasalarida
epidioskoplardan foydalanilayotganda apparatga ekrandagi surat-
larni yanada rang-barang va tiniqroq ko‘rsatish uchun kuchliroq
bo‘lgan yorug‘lik moslamalar o‘rnatiladi.
Oddiy epidioskopning ikki rejimda ishlatilishidagi optik sxema-
si quyidagicha:
1. Episkopik proyeksiya. Yorug‘lik nurlari sferik oynalar yor-
damida tiniq bo‘lmagan obyektlarni yoritadi, bundan diffuz tara-
luvchi nurlari kuchli yorug‘lik proyeksion obyektivga tushadi,
oynadan aks etib ekranga uzatadi.
a b 19- rasm. episkopik (a) va dioskopik (b) proyeksiyalar.
64
65
2. Dioskopik proyeksiya. Dioskopik proyeksiyada oynasi nurlar
olishi uchun qaytariladi, kondensor ramkaga solingan diopozitivni
tekkis yoritib, obyektiv nurlarni yo‘naltiradi, suratlarni ekranga
proyeksiya qiladi.
20- rasm. Maktab epidioskopi.