Kitoblarni nazoratdan o‘tkazish. Vaqt-vaqti bilan kitob
varaqlarini ko‘zdan kechirib turish lozim. Bunda avval koreshok
va blok chetlaridagi changlar ketkaziladi, keyin muqova tavaqalari,
koreshok, blok chetlari, forzas va titul varag‘i nazoratdan o‘tka-
ziladi (kitobning ana shu qismlari ko‘pincha mog‘or va hasharot-
lar bilan zararlanadi). Kitob blogi sahifalari varaqlab ko‘zdan ke-
chiriladi. hasharotlar bor-yo‘qligini aniqlash uchun kitob ochilib,
toza qog‘oz to‘shalgan stolga asta uriladi. Kitob blogi koreshogi
bilan otstavi oralig‘idagi bo‘shliq kichkina yapaloq cho‘tka bilan
tozalanadi. Shunda zararlangan kitobdan hasharotlar yoki ularning
qoldiqlari, chiqindilari, kitobning hasharotlar yegan kukuni tushadi.
Kitoblarda paydo bo‘lgan hasharotlarni yo‘qotish uchun in sek-
titsid (hasharotlarga qarshi modda)lardan foydalaniladi. Buning
uchun turmushda qo‘llanadigan «Prima» aerozol preparati va «An-
timol» briketlari ma’qulroqdir. Agar hasharotlar faqat kitob blogi
koreshogi bilan otstavi oralig‘ida bo‘lsa, unga dezinsektaldan bir
nechta tomchi tomiziladi yoki ana shu joyga «Prima» aerozol pre-
parati bilan ishlov beriladi. Shundan so‘ng kitob qog‘ozga o‘ralib,
polietilen xaltaga solinadi, xaltachaning og‘zi buklanib, qattiq
bog‘lab qo‘yiladi. Ki tob bir hafta shu holda saqlanadi.
276
277
Keyin kitobni yaxshi shamollatish kerak. hasharotlardan zarar-
langan polkalar, shkaflar, stellajlar yaxshilab tozalanib, dezinfek-
siya qilinadi. Insektitsidlardan foydalanilayotgan vaqtda preparat
qadog‘ida ko‘rsatilgan xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi lozim.
15. 4. dezinfeKsiYa
Agarda kitobdagi zambrug‘larni yo‘qotish uslublari yordam ber-
magan bo‘lsa, darhol dezinfeksiyaga beriladi. Dezinfeksiyada turli
xil kimyoviy moddalardan foydalaniladi. Zamburug‘larni o‘ldiruv-
chi dezinfektfungitsid deb ataladi.
Organik fungitsidning keng tarqalgan o‘rindoshi bu formalde-
giddir. Formaldegid hidli, rangsiz gaz, suvda yaxshi eriydi, For-
maldegidning suvdagi eritmasi formalin deb nomlanadi. Odatda,
sanoatda 34–40 % li formalin ishlab chiqariladi. Formalin bilan
ishlaganda rezinali qo‘lqopdan foydalanish zarur, chunki u teri,
ko‘z, burun va tomoqqa salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Eritmani yaxshi
yopilgan idishda qorong‘u xonada saqlash kerak.
Shuningdek, dezinfeksiya maxsus kamerali qutilarda, ya’ni
dezokameralarda o‘tkaziladi. Kitoblar 24 soat davomida formalin
eritmasi bug‘langan qutiga joylashtiriladi. Ushbu jarayonda kitob-
larni xonaga joylashtirishdan oldin unda tozalash ishlari olib bo-
riladi, natijada zambrug‘lar nobud bo‘ladi.
Formaldegid hididan xalos bo‘lish uchun ammiak eritmasidan
foydalansa bo‘ladi, biroq ammiak muqovalangan materiallarga
zarar yetkazishi mumkinligi uchun foydalanish man etiladi. Dezin-
feksiyada timol eritmasi va etil spirtli eritmani qo‘llash ham yaxshi
natijalar beradi.
Dezinfeksiya (hasharotlarga qarshi kurash) o‘tkazishning eng
ma’qul vaqti – bu bahor va yoz fasli, chunki shu davrda hasha-
rotlar va chumolilar faolashib ko‘payishadi. Ularga qarshi zaharli
kimyoviy moddalardan dust, aerozol, emulsiya, suspenziya eritma-
lari va xlorofosdan foydalaniladi.
278
279
Zaharli eritmalar dezinfeksiya o‘tkaziladigan xonaning pol, pol
plintuslari, deraza va 1,5 m balandlikdagi devorlariga sepib chiqila-
di.
Dorilash jarayoni xona harorati +14–15 °C bo‘lsa, 3 hafta agar
+20–21 °C 2 hafta; +27–30 °C bo‘lsa u 1 hafta davom etadi, ya’ni
bu o‘rinda hasharotlarga dezinfeksiyaning ta’sir ko‘rsatishi nazarda
tutilmoqda.
Agar harorat +14 °C dan past bo‘lsa, dezinfeksiya o‘tkazish
mumkin emas. U o‘z samarasini bermaydi.
Agar ko‘zdan kechirish vaqtida kitobda turli rangdagi baxmal-
simon qatlamlar ko‘rinsa, kitob po‘panak (mog‘or) bilan zararlan-
gan bo‘ladi. Po‘panak bilan zararlangan joylar dezinfeksiya qilini-
shi lozim. Bu ish paxta tamponiga formalinning 2 foizli eritmasini
shimdirib va uni qattiq siqib, po‘pa nak bosgan yerga ishlov berish
orqali amalga oshiriladi. Bunda tampon bilan olingan po‘panaklarni
o‘rtaga to‘plab, hammasini birga qog‘ozga o‘rab tashlash kerak.
Po‘panaklar olingach, ularning o‘rni toza tampon bilan yana artila-
di. Toza tampon bi lan kitobning forzas va sahifalarini ham artish
foydalidir. Dezinfeksiya vaqtida formalin spirtining 5 foizli erit-
masi shimdirilgan filtr qog‘ozlardan foydalanish mum kin. Filtrlov-
chi qog‘oz ozgina qurigach, kitobning po‘panak bi lan zararlangan
sahifalariga qo‘yiladi. Shundan so‘ng kitob qalinroq qog‘oz yoki
polietilen xaltaga o‘ralib, 1–3 sutka saqlanadi. Po‘panak qoldiqlari
toza tampon bilan olib tashlanadi.
Axborot-kutubxonalarda zaharli kimyoviy moddalardan foyda-
lanilayotganda ehtiyot bo‘lish kerak. Ishga o‘tishdan oldin texnika
xavfsizligini yaxshi o‘rganib olish tavsiya etiladi.
Ular quyidagilardan iborat:
– teri, ko‘z, qo‘lni muhofaza qilishda maxsus kiyim, xalat,
ko‘zoynak, rezinali qo‘lqoplarni kiyish shart;
– nafas yo‘liga kimyoviy moddalarning salbiy ta’sir ko‘rsatishi-
ning oldini olish uchun og‘iz va burunni berkituvchi doka maskani
taqish kerak;
– tayyorlashda ishlatilgan idishlarni qaynoq suvda soda bilan
yuvish lozim (ushbu idishlar ovqatlanishda ishlatish man etiladi);
278
279
– ish jarayonida ichish, chekish va ovqatlanish mumkin emas;
– har 50 daqiqadan so‘ng, 10–15 daqiqat tanaffus qilish zarur;
– ish tugagach, maxsus kiyimni yuvish kerak;
– dezinfeksiya yakunlangach dush qabul qilish kerak;
Dezinfeksiyadan so‘ng qorinda og‘riq va bosh aylanish kuzatil-
sa, darhol mexanik uslub orqali «qusishni» vujudga keltirish kerak,
keyin oshqozonni 1–2 % li ichimlik sodasi bilan yuvish tavsiya eti-
ladi.
|