|
Avtomobil benzinlarining zichligi, qovushoqligi, sirt taranglik kuchi vaBog'liq 3 NAZARIY MALUMOTLAR2.2. Avtomobil benzinlarining zichligi, qovushoqligi, sirt taranglik kuchi va
issiqlik sig‘imi
Zamonaviy benzinli va tezyurar dizelli dvigatellar silindrlarida yonilg‘ining
yonishi juda jadal sur’atlarda kechadi (yonilg‘ining yonishi uchun soniyaning
mingdan bir ulushi miqdorida vaqt sarflanadi). Yonilg‘ining bu darajada tez yonishi
ta’minlanishi uchun yonish jarayoni boshlanishidan oldin to‘la bug‘lanishi va, shu
bilan birga, yonilg‘i bug‘lari havo bilan ma’lum nisbatlarda (1:15 nisbatdagi
aralashma me’yoridagi aralashma hisoblanadi) yaxshi aralashishi (ishchi aralashma
hosil qilish jarayoni) lozim. Karburatorli dvigatellarda ishchi aralashmadagi benzin
miqdori ma’lum kesim va shaklli teshigi bo‘lgan jiklorlar yordamida rostlanadi.
Qalqovuchli kameradan aralashtirish kamerasiga uzatiladigan benzin miqdori
benzinning qovushoqligiga va zichligiga bevosita bog‘liq.
Yonilg‘ining zichligi deganda, hajm birligiga to‘g‘ri keladigan yonilg‘i
massa- si tushuniladi. Avtomobil benzinlarining zichligi 690-810 kg/m3 oralig‘ida
bo‘ladi.Yonilg‘i zachligi haroratning o‘zgarishi ta’sirida kam o‘zgaradi. Havo
harorati har 10° ga pasayganida, yonilg‘ining zichligi faqat 1 foizga
ortadi.Yonilg‘ining qovushoqligi (yopish- qoqlik, ichki ishqalanish) suyuqliklarning
ular oqimini yuzaga keltiruvchi tashqi kuchlar ta’siriga qarshiligini ifodalovchi
xossadir. Qovushoqlik, asosan, harorat va yonilg‘i tarkibiga bog‘liq. Yonilg‘ining
qovushoqligiga ko‘ra absolut (dinamik va kinematik) va shartli qovushoqlik tu-
shunchalari ishlatiladi. Yonilg‘ining qovushoqligi maxsus asboblar - viskozimetrlar
yordamida aniqlanadi.
2. 2- rasm. Benzin qovushoqligining haroratga bog‘liqlik grafigi:
1 - A-66 (yozgi); 2 - A-76 (qishki); 3 - A-66 (qishki).
Shunday qilib, avtomobil benzinlarining zichligi, sirt taranglik kuchi va asosan
qovushoqligi ishchi aralashma hosil bo‘lishiga ta’sir etadi, shuning uchun aralashma
tarkibini rostlovchi qismlarni sozlashda bu ko‘rsatkichlami inobatga olish zarur.
Shuningdek, karburatorlami sozlashda yonilg‘ining yonish issiqligini ham
hisobga olish lozim. Yonilg‘ining yonish issiqligi deganda, 1 kg suyuq yoki 1 m
3
gazsimon yonilg‘i to‘la yonganida ajralib chiqadigan issiqlik miqdori tushuniladi.
Yonilg‘ining yonish issiqligi qancha yuqori bo‘lsa, avtomobilning 1 km bosib
o‘tadigan masofasi yoki 1 soat ish vaqti uchun sarflanadigan yonilg‘i miqdori
shuncha kam bo‘ladi. Avtomobil benzinlari uchun yonish issiqligi 43500-44500
kJ/kg oralig‘ida bo‘ladi.
|
| |