SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
587
Issiqxona ishlab chiqarish qishloq xo‘jaligida energiyani ko‘p talab qiladigan sohalardan
biridir. Issiqxonalarni isitish narxi ishlab chiqarish narxining 30 ... 50% ni tashkil qiladi.
Zamonaviy ishlab chiqarishning issiqlik va elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlari energiya
quvvatlariga qaraganda tezroq o‘sib bormoqda. Shuning uchun energiya tizimlari energiya
sarfini cheklashga, maxsus rejimlarni joriy etishga va iste‘molchidan shoshilinch tejashni talab
qilishga majbur. Ushbu cheklov choralari samarasiz bo‘lib, ayrim hollarda ishlab chiqarish
hajmining pasayishiga olib keladi. Bundan kelib chiqadiki, energiyani uni yetkazib berishni
cheklash orqali emas, balki ilmiy asoslangan texnik chora-tadbirlar tizimi orqali tejash kerak,
ularning asosiylari energiya tejovchi texnologiyalar va energiyani tejashni boshqarish tizimlarini
yaratishdir.