• O’tish jarayonlari.
  • Boshqarish tizimlarining matematik tasnifi




    Download 13,28 Mb.
    bet14/83
    Sana29.11.2023
    Hajmi13,28 Mb.
    #107865
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   83
    Bog'liq
    AVTOMATIKA VA ISHLAB CHIQARISH DARSLIK kitob
    Maktabgacha ta\'limda STEAM texnologoyasi. Ma\'ruza, Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar, ularning tasnifi va tavsifi. O’zbеkistonda aholini ekologik favqulodda vaziyatlari, Malumotnoma(504), Характеристик трубопровода, Халмуратов Шохрух Баходирович, Абу наср фаробий ва Газзоийнинг фалсафа илмига оид карашларини киёсий тахлил етиш, Milliy xavfsizlikni ta\'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar., Xalmurаtov Shoxrux Baxodirovich33333, “GRAND OIL”, AYQASH O\'QLI VINTAVIY VA GIPOID UZATMALAR, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish usullari, Ishlab chiqarish jarayonalarini avtomatlashtirish usullari, boyitish fabrikalari, korxona
    Boshqarish tizimlarining matematik tasnifi.
    Odatda BO da va BT elementlarida turli harakatlantiruChi kuchlar (vozmuщeniya) mavjud bo’ladi. Tashqi harakatlantiruvChi kuchlar kirish o’zgaruvChilari, kirish funksiyalari yoki kirish signallari deyiladi.


      1. –rasm. Avtomatik tizim.



      1. – rasm. Boshqaruv tizimining matematik ko’rinishi.

    Ko’pincha boshqaruvvazifalari haqida ma’lumot beruvchi turli o’lchov asboblarining signallari ABT da kirish o’zgaruvchisi bo’lib keladi. ABTmutloq aniq hollarda boshqaruv vazifalari haqida signal beruvchi o’lchov asboblaridan BT ga kiritilgan signallar avtomatik tizimning foydali kirish signallari deyiladi.
    Yuqorida aytilgan muloxazalardan EHM larning zamonaviy avtomatikadagi roli yaqqol ko’rinadi. Murakkab boshqaruv tizimlarini, ayniqsa ko’p sonli ob’ektlarni, yoki turli murakkab jarayonlarni boshqarishga mo’ljallangan boshqaruv tizimlarini tezkor hisoblash mashinalarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. SHuning uchun ham bugungi kunda avtomatikaning taraqqiyoti bilan uzviy bog’langan. Avtomatikada hisoblash texnikasidan murakkab avtomatik tizimlarning bosh elementlaridan biri sifatida, qolaversa turli avtomatik tizimlarni ishlab chiqish va ularda olingan natijalarni qayta ishlash maqsadida foydalaniladi.
    O’tish jarayonlari.
    Agar sistemaga ta’sir etuvchi g’alayonlanishlar bo’lmasa va rostlanuvchi kattalikning hozirgi hamda berilgan qiymatlari teng bo’lsa, rostlash sistemasi muvozanat holatda bo’ladi. G’alayonlovchi ta’sirlar esa sistemani muvozanat holatdan chiqaradi. yopiq, chetga chiqishlar prinsipi bo’yicha ishlaydigan avtomatik rostlash sistemasilarda avtomat rostlagich sezadigan tengsizlik paydo bo’ladi. Avtomat rostlagich rostlanuvchi ob’ektga nisbatan rostlovchining ta’sirini ishlab chiqaradi, bu esa o’z navbatida modda yoki energiya sarfining o’zgarishiga olib keladi. O’zgarish ma’lum vaqt davomida sodir bo’ladi, bu vaqt rostlash vaqti deyiladi. Rostlanuvchi kattalikning vaqt mobaynida o’zgarishi o’tish jarayoni bo’lib, uning grafigi rostlash jarayonining egri chizig’i deyiladi. O’tish jarayonining shakli rostlash sifatining asosiy ko’rsatkichlaridan biridir. Rostlanuvchi kattalikning chetga chiqishlarsiz kamayib tebranishlarsiz, ravon o’tadigan egri chizig’i davriy bo’lmagan turg’un jarayonga xos bo’lib, odatda bunday xollarda rostlash jarayoni sekin o’tadi. Rostlanuvchi kattalikning qiymati berilgan qiymatidan ancha chetga chiqsa bu xol o’tish jarayonining bunday ishlashini maqsadga muvofiq emasligini ko’rsatadi. So’ngra avtomatik rostlash sistemasi harakatining tezligi oshirilsa, uning turg’unligi kamayadi, chunki signallarning sistemadan o’tishida kechikishi va tarkibiy elementlar dinamik hususiyatlarining nomuvofiqligi ko’zatiladi.
    Agar rostlanuvchi kattalikning chetga chiqish amplitudasi nol:gacha kamaytirilsa, uning egri chizig’i so’nuvchi tebranishli jarayonga tegishli bo’ladi. O’tish jarayonining bunday shakli qulaydir. Bu holda rostlash vaqti kam va rostlanuvchi kattalikning chetga chiqish amplitudasi kichik bo’ladi. Agar sistema harakati yanada tezlashtirilsa, o’tish jarayoni so’nmas tebranishli jarayon shakliga kirishi mumkin. Unda sistema hech qachon muvozanat holatiga kelmaydi, o’lchanayotgan kattalik esa doim berilgan qiymat atrofida tebranib turadi. Avtomatik rostlash sistemalarining vazifasi rostlanuvchi kattalikning chetga chiqishini yo’qotishdan iboratligini e’tiborga olinsa, yoyiluvchi tebranishlar hosil bo’lishiga yo’l qo’yish mumkin emasligi ma’lum bo’ladi. Bunda chetga chiqish amplitudasi vaqt o’tishi bilan oshib boradi.

    Download 13,28 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   83




    Download 13,28 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshqarish tizimlarining matematik tasnifi

    Download 13,28 Mb.