|
-rasm. Bir agregatli nasos stantsiyasining pritsipial elektrBog'liq dFc2KPzKYjzkRMlWLetGCmIRU16kCVMILzbtEBsA13.10-rasm. Bir agregatli nasos stantsiyasining pritsipial elektr
sxemasi.
Agar SL1 sath nazorati kontakti qo‘shilsa K5:1 kontakti bilan stantsiyada
o‘rnatilgan K1 agregatni ishga tushirish kontaktini qo‘shadi. Bu rele K1:1 kontakti
bilan K3 boshqarish relesi kontaktini qo‘shadi. Oxirgi K3:2 kontakt bilan KM
kontaktori nasos motori M ni qo‘shadi.
151
Suv uzatish quvurining bosimi kontaktli manometr V4 orqali nazorat
qilinadi. Agar ishga tushish vaqtida nasos suv uzatish quvurida kerakli bosimni
hosil qilsa KT2 zanjirini manbadan ajratgan holda V4 kontakti ajraladi. Agar
kerakli bosim hosil bo‘lmasa V4 relesi qo‘shilgan kontaktini qushadi va K4
avariya relesini qushadi, u o‘z navbatida agregatni o‘chiradi va avariya to‘g‘grisida
ogoxlantiradi.
Nasos stantsiyasi doimiy qarovchisiz ishlaganligi uchun, unga qo‘riqlash
signalizatsiyasi o‘rnatilgan. Statsiya binosining eshigi ochilganda SQ oxirgi
kontakt qo‘shiladi. S kondeksator zaryadining davomiyligi hisobiga hamda tokni
chegaralovchi rezistor R va diod V lardan keyin KT1 vaqt relesi ishga tuщadi, u
KT1:1 kontakti bilan o‘zini manbadan uzadi. S kondensatorning zaryadsizlanish
vaqti xisobiga KT1 cho‘lg‘ami asta-sekin ajraladi va yana KT1:1 kontakti
qo‘shiladi xamda g‘altak va kondensator zanjirlari manbaga ulanadi. KT1
relesining qo‘shilish va ajralish jarayoni doyimiy ravishda qaytiriladi. Bu vaqtda
uning KT1:2 teleboshqarish zanjiriga qo‘shilgan kontakti telesignalizatsiya
tarmog‘i orqali lampalarni yoqib o‘chiradi va dispetcherlik xonasini ogohlantiradi.
Ko‘p agregatli nasos stantsiyalari xam shu tarzda ishlaydi, bunda
yuqoridagilardan tashqari ishchi agregatlarni avtomatik ravishda berilgan ketma-
ketlikda va ma’lum vaqt o‘tishi bilan ishga tushiriladi. Zaruriy hollarda zahiradagi
nasos agregati xam avtomatik holda ishga tushiriladi.
Avtomatlashtirilgan nasos stantsiyasining umumiy ko‘rinishi 13.11-rasmda
keltirilgan.
|
| |