35
bosim datchiklarining ishlash printsiplari bosim kuchini mexanik kuchlarga
aylantirib berishlash printsipiga asoslangan bo‘ladi. Bunday datchiklarning qabul
qiluvchi elementlari o‘lchanayotgan bosim ta’sirida bo‘ladi. Yuqori bosimlarni
o‘lchashda bosim ta’sirida o‘tkazgichning elektr qarshiligi o‘zgarishi hodisasiga
asoslangan datchiklar qo‘llaniladi. Gazlarning kichik bosimlarini nazorat qiladigan
datchiklarda esa ularning issiqlik o‘tkazuvchanligi, yumshoqligi, ionlanish darajasi
kabilar hisobga olinadi.
Qishloq va suv xo‘jaligida mexanik qabul qilish elementiga ega bo‘lgan
suyuqlikli, porshenli, membranali hamda silfonli datchiklar qo‘llanilib kelinmoqda.
Suyuqlikli bosim datchiklarining U-shaklli (2.18, a-rasm), qo‘ng‘iroqchali
(2.18,b-rasm), gidrostatik (2.18,v-rasm), membranali (2.18, g-rasm), silfonli (2.18,
d-rasm) va manometrik trubkali (2.18, e-rasm) turlari mavjud.
U-shaklli suyuqlik datchiklarida bosimlar farqi F = F1 – F2 suyuqlik
ustuni og‘irligi bilan muvozanatlashadi: