191
RE1 va RE2 elektron relelari analogli signalni releli signalga o‘zgartiradi va
uni BR1 va BR2 elektromagnitli relelar blokiga uzatadi. BR1 va BR2 relelar
blokidagi signallar xuddi yuqoridagi tartibda sinxron ravishda BRO, DPR va BRD
PR tarqatish bloklarida kommutatsiyalanadi va BU1...BU8 boshqaruvchi
bloklariga mos ravishda uzatiladi. Belgilanga haroratni saqlab turish maqsadida
oxirgi bloklarda omborxonaning ijrochi mexanizmlarining boshqarish komandasi
hosil qilinadi.