Eshonqulov Almurod Axmad o‘g’li
Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti
II- bosqich magistratura talabasi
Annotatsiya:Ushbu maqola simsiz keng polosali aloqa tarmoqlarining asosiy
zamonaviy texnologiyalarini samarodorligi rivojlanish bosqichlariga bag’ishlangan bo’lib,
aloqa sohasida o’rni va ishlash faoilayati bilan tanishib chiqiladi.
Kalit so’zlar: Wifi, WiMax, Internet, Wlan, radio, aloqa chastota diapazoni.
Simsiz keng polosali ulanish (SKPU) texnologiyalari infokommunikatsion
texnologiyalarning nimsinfi hisoblanadi va bir biridan olisdagi ikki va undan ortiq ob’ektlar
oralig‘ida simli ulanishsiz axborot uzatish uchun ishlatiladi. Simsiz aloqa uchun
radioto‘lqinlar, infraqizil, optik yoki lazerli nurlanishlar ishlatilishi mumkin. Hozirgi vaqtda
foydalanuvchilarga Wi-Fi, WiMAX, Bluetooth, RFID, ZigBee kabi “tijorat” nomlari bilan
ma’lum bo‘lgan ko‘plab simsiz texnologiyalar mavjud.
Simsiz texnologiyalarning rivojlanishida uy foydalanuvchilari ham katta rol o‘ynashadi.
Uy tarmog‘ida qancha ko‘p qurilmalar bo‘lsa, ularni bog‘laydigan simlar ham uyni
shunchalik kuchli o‘rab oladi. Va bu simsiz texnologiyalarga o‘tishga sabab bo‘ladi.
Zamonaviy uyning qulaylik darajasini oshirish, ya’ni uning barcha tuzilmalari va ob’ektlarini
(kompyuterlar, televizor, raqamli fotokamera, uy musiqiy markazi, qo‘riqlash tizimi, iqlim
tizimi, maishiy texnika va boshqalar) bir tizimga birlashtirish – bu “aqlli uy” g‘oyasining
asosidir va bunda simsiz texnologiyalardan foydalanish ko‘zda tutilgan.
Simsiz keng polosali ulanish texnologiyalari simsiz va tarmoq texnologiyalari
sinergiyasi namunasi hisoblanadi va juda katta rivojlanish istiqboliga ega. Shu sabab simsiz
keng polosali texnologiyalar tarixining boshlanishi deb, qaysidur ma’noda, ilk radioaloqa
paydo bo‘lishini hisoblash mumkin. Ma’lumki, radioaloqaning birinchi omadli sinovlari 1893
yilda serb olimi Nikola Tesla, keyinchalik 1895 yilda A.S.Popov va Italiyalik Gulelmo Markoni
(Guglielmo Marconi) tomonlaridan bir-birlaridan mustaqil ravishda amalga oshirildi. Bu
kashfiyotlar birinchi marta simsiz axborot uzatish imkoniyatini ko‘rsatdi va bu bilan aloqa
rivojlanishi tarixida yangi erani boshladi. Keyin esa insoniyat qadamma–qadam simsiz aloqa
va axborot uzatish tizimlarida yanada katta yutuqlarga erishdi, xususan:
− XX asrning 20 yillarida amplitudaviy modulyatsiyaning
birinchi tijorat radiobloklari paydo bo‘ldi;
− 1933 yilda chastotaviy modulyatsiyali radio kashf qilindi va televidenie paydo bo‘ldi;
− 1946 yilda AT&T va Bell Systems (AQSh) kompaniyalari bo‘lajak sotali tizimlarning
timsoli bo‘lgan harakatdagi telefon aloqa tajriba tizimini (ingl. MTS) ishga tushirishdi;
− 70 yillarning oxirlarida sotali aloqaning birinchi avlod - 1G tizimlari ishga tushirildi;
− 1973 yilda lokal kompyuter tarmoqlarning birinchi protokoli -
Международный научный журнал № 3 (100), часть 1
«Научный импульс» Октябрь, 2022
82
Ethernet ishlab chiqildi (keyinchalik u IEEE 802.3 maqomini oldi); − 80 yillarda
ma’lumot uzatish bo‘yicha harbiy tizim - ARPANET dastlab milliy, keyin esa xalqaro
miqyosdagi umumiy foydalanish tarmog‘i - INTERNET ga aylandi.
Bu yerda shuni ta’kidlab ketish zarurki, simsiz keng polosali texnologiyalarning
rivojlanishi axborot xavfsizligini ta’minlash masalalarini yanada dolzarb qiladi. Simsiz
tarmoqlar ishlatilganda asosiy tahdidlar xabarlarni, parollarni, kredit kartochkalar
nomerlarini ilib olish, to‘langan ulanish vaqtini o‘g‘irlash, kommunikatsion markazlar ishiga
aralashish va boshqalar hisoblanadi. Bu muammolar aloqa standartlarini takomillashtirish
jarayonida hal qilinadi.
Simsiz texnologiyalar nazariyasida ularni tasniflashda turli yondashishlar mavjud.
Jumladan, raqamli va analog, tor va keng polosali texnologiyalar ajratiladi. Raqamli
texnologiyalar xaqida gap ketganda ko‘pincha signal ham raqamli (diskret) shaklga ega
bo‘lishi tushuniladi. Bu tushuncha ko‘proq simli tarmoqlar uchun to‘g‘ri bo‘ladi. Simsiz
tarmoqlarda esa “raqamli” belgisi radiokanal orqali uzatiladigan axborotlarga tegishli,
ammo radiosignalni o‘zi esa hali ham garmonika shaklidagi modulyatsiyalangan analog
signali bo‘ladi.
Tor va keng polosali tizimlar orasidagi farqni ham oson aniqlab bo‘lmaydi (ular
orasidagi chegara ham texnologiyalar rivojlangan sari yuqoriga siljimoqda). Shuningdek, bu
belgiga nisbatan ham simli va simsiz texnologiyalarda qabul qilingan tushunchalar orasida
farq kuzatiladi.
Simsiz tarmoqlarda nazariy qabul qilinishicha, ishchi polosasining keligi F bu
polosaning markaziy chastotasi f
c
dan ancha kam (ya’ni, F/f
c
<< 1) bo‘lgan tizim tor polosali
hisoblanadi. Aks holda, tizim keng polosali hisoblanadi. Amalda esa hozirgi vaqtda 1,25
MGsdan 40M Gsgacha kenglikdagi kanallarni ishlatadigan texnologiyalar keng polosali
tizimlar turkumiga kiritiladi. Shuningdek, keng polosali texnologiyalar yuqori ma’lumot
uzatish tezligini (1 Mbit/sekundan dan past emas) ta’minlaydi.
Mazkur qo‘llanmada keng polosali simsiz raqamli tizimlar sinfiga kiradigan
texnologiyalar yoritiladi va ularni sinflarga bo‘lishda ko‘pincha quyidagi yondashuvlar
ishlatiladi:
1. Aloqaning uzoqligi bo‘yicha tarmoqlar quyidagi sinflarga ajratiladi:
− Bir necha detsimetrlardan bir necha dekametrlargacha radioqamrovga ega simsiz
personal tarmoqlar (ingl. Wireless Rersonal Area Networks - WPAN). Periferiya qurilmalari,
turli hisoblagichlar, xabarchilar va boshqalar bilan aloqa uchun mo‘ljallangan. Bu
texnologiyalarga misollar Bluetooth, RFID, ZigBee texnologiyalar hisoblanadi.
− Bir necha yuzlab metrlargacha ta’sir etish radiusili simsiz lokal tarmoqlar (ingl.
Wireless Local Area Networks - WLAN). Ular
ofis (tashkilot) ichidagi (ba’zan ofislararo) aloqani tashkil etish uchun mo‘ljallangan.
Ular qatoriga Wi-Fi, DECT, Femto-sota kabi texnologiyalarni qo‘shish mumkin.
− Bir necha, hatto o‘nlab kilometrlargacha qamrov radiusiga ega shahar (hudud)
ko‘lamidagi simsiz tarmoqlar (ingl. Wireless Metropolitan Area Networks - WMAN). Yirik
Международный научный журнал № 3 (100), часть 1
«Научный импульс» Октябрь, 2022
83
shahar atrofida yoki tumanlarda xizmat ko‘rsatadigan tarmoqlarni yaratish uchun
mo‘ljallangan tizimlar. Ular sifatida WiMAX va WiBro texnologiyalari, sotali va tranking,
shuningdek radio va teleuzatish tizimlari misol bo‘lishi mumkin. . WiMAX texnologiyasidan
shahar miqyosida keng polosali ulanish tarmoqlarini (ingl. Metropolitan Area Networks,
MAN) yaratish, simsiz ulanish nuqtalarini tashkil qilish (“nuqta - ko‘p nuqta” rejimi), bir-
biridan olis ob’ektlar orasida yuqori sifatli aloqa tashkil etish (“nuqta - nuqta” rejimi) va
shunga o‘xshash masalalarni yechish uchun foydalanish mumkin.
Umuman olganda, IEEE 802.16 standartining bazaviy xarakteristikalari 50
kilometrgacha bo‘lgan ta’sirning uzoqligi darajasini, to‘g‘ri ko‘rinish zonasidan tashqarida
ishlash imkoniyatini, BS ning bir sektorida (jami BS 6 tagacha sektorga ega bo‘lishi mumkin)
ma’lumot almashuv tezligini maksimal (pik) holatda 70Mbit/sek. gacha ko‘tarilishini ko‘zda
tutadi. WiMAX tarmoqlarining jihozlari 2 - 11GGs diapazonida 10-20MGs kenglikdagi bir
necha kanallarda ishlashi mumkin. Chastota diapazonlarning bunchalik keng tanlanishi
dunyoning ko‘plab mamlakatlari spetsifikatsiya(tavsifnoma)larini hisobga olish uchun
qilingan.
Shunday qilib, WiMAX ma’lumot uzatish tezligi bo‘yicha simli tarmoqlar bilan
taqqoslana oladigan va unumdorlik hamda qoplash bo‘yicha zamonaviy Wi-Fi
tarmoqlaridan yuqoriroq bo‘lgan ,
Internetga tezkor ulanish uchun yaratilgan texnologiya hisoblanadi.
Simsiz aloqadan foydalanishda ma’lumot olishda (yoki qabul qilishda) simli aloqaga
nisbatan qulayligi va yuqori darajadagi samaraligiga erishiladi. Wi-Fi tarmog‘i asosan kichik
hududdagi shu jumladan, bitta yoki ikkita lokal tarmoq (yoki 2 ta masofasi yuz mеtrdan
oshmagan korporativ tarmoqlarni simsiz aloqa orqali ulash)ni simsiz aloqa orqali
birlashtirish maqsadida ishlatiladi.
Lеkin bu tеxnologiya bir qancha noqulayliklarga ega:
•
simsiz aloqa (harakat) radiusining kichikligi
•
global tarmoqqa ulanishda bir qator to‘siqlarga duch kеlishi va boshqalar.
Международный научный журнал № 3 (100), часть 1
«Научный импульс» Октябрь, 2022
84
Tarmoq ulanishi imkoniyatlari qanchalik yuqori bo‘lishiga qaramasdan, quyidagi 3 ta
asosiy tarmoqqa qo‘yiladigan talablarni bajarish qiyin, bular: yuqori o‘tkazuvchanlik
qobiliyati, ishonchliligi va mobilligi.
|