154
6-MODUL. ELEKTR USKUNA VA JIHOZLARNI ISHLATISH
12-BOB
ELEKTR QURILMALARNI ISHLATISHGA QABUL
QILISH.
§12.1 . Elektr uskunalarni ishlatishni tashkil qilish. Jihozlarni
ishlatish haqida umumiy ma‘lumotlar.
Elektr jihoz va qurilmalarni montaj,
sozlash va rostlash ishlari
tugatilgach elektr qurilmalarni vazifalanishi bo‗yicha ishlatish va korxona
texnalogik jarayonlari talablariga oid elektr qurilmalaridan foydalanish olib
boriladi.
Ishlatish deganda qurilma ishlashga qobiliyati va o‗ni amalga
oshrilishi texnik tavsiflari nominal hujjatlarda
va loyihada nazarda
tutilganidek tiklanishi va saqlab turilishi tushuniladi.
Ishlatilish davrida elektr qurilmaga texnik xizmat ko‗rsatish, xizmat
ko‗rsatuvchilar quyidagicha ajratiladi:
administrativ-texnik xodim, qurilmaga texnik xizmat ko‗rsatishni
tashkil qiluvchi, qurilmani - tezkor boshqarish va ta‘mirlash ishlari;
tezkor ish bajaruvchi, texnik xizmat ko‗rsatishni
bajaruvchi va tezkor
boshqarish (ko‗rib chiqishni olib borish, tezkor qayta ulashlar,
ish joyini
tayyorlash,ish boshlashga ijozat byerish, ishlayotganlarni nazorat qilish;
ta‘mirlovchi, elektr qurilma va qurilmalardagi barcha ta‘mirlash va
boshqa ishlarni bajaruvchi.
Elektr qurilmalarni ishlatuvchi mutaxassis bajaradigan ishi bo‗yicha
etarli darajada tayyogarlikdan o‗tgan kvalifikasiyali va elektr xavfsizligi
guruhiga ega bo‗lishi kerak.
Elektr qurilmalarini ishlatish texnik va tashkiliy holatlari bo‗yicha,
iste‘molchilar elektr qurilmalarini ishlatish(EITIQ)
texnik qoidalarida
batafsil ifodalangan, bu barcha xalqxo‗jalik sohalari uchun asosiy qoida
hisoblanadi. Har bir korxona uchun shu qoidadan kelib chiqqan holda aniq
sharoit holatiga ko‗ra, shu joydagi korxona qo‗llanmasi
ishlab chiqariladi
va elektr xo‗jaligi boshlig‗i tomonidan tasdiqlanadi.
Qurilmalar ishlatilishining asosiy bosqichlari 12.1.1- rasmda
ko‗rsatilgan.
Talab qilingan texnikaviy tavsiflarda caqlash va o‗ni amalga oshirish
uchun, o‗nga texnik xizmat ko‗rsatish olib boriladi - majmuali ishlarni o‗z
ichiga olgan tekshirish, ta‘mirlash hisobiga xizmat ko‗rsatish,
qurilmalar
shikastlanishining oldini olish, sinash tadbirlari va qurilma holatini
diagnostika qilish.
Qurilmalarni tekshirish nazorat qilish bilan qurilmalar holati nazorat
qilinadi.
155
Qurilmalarni tekshirish reja bo‗yicha va navbatsiz nazorat qilishlarda
va aniq sharoitli joylarga ko‗ra qurilmalarning ishlatilish ko‗rsatmalariga
muvofiq holda olib boriladi.