136
birortasini ajratmaymiz va Ungagina musulmonmiz!” deb ayt! (Oli Imron
surasi 84-oyat)
9
.
Ko’pincha Qur’on va hadislardagi ba’zi o’rinlarni, ayniqsa urush haqidagi,
jihod to’g`risidagi ko’rsatmalarni noto’g`ri
ravishda, jangarilik ruhida talqin
qilishadi.
Vaholanki, haqiqiy islom nuqtai nazaridan qaralsa,
bunday urush faqat
mudofaa maqsadida olib borilgandagina shar’iy (qonuniy)dir. Aks holda,
hatto
islom dinini tarqatish uchun bo’lganda ham urush muqaddas emasdir. Qur’on
oyatlarini sinchiklab o’rgangan kishi shak-shubhasiz shunday xulosaga kelishi
muqarrar
10
.
Professor Gyustav Lebon o`zining “Arablar tamadduni” nomli kitobida yana
shunday yozadi: “Arablarning yurishlari va g`alabalari haqida bahs yuritar ekanmiz,
har qanday o`quvchi Qur`oni karimning tarqalishida
kuch ishlatish omil
bo`lmaganligini anglab oladi. Arablar yengilgan xalqlarni o`z dinlarida erkin
qo`yganlar. Ba`zi bir masihiy xalqlar Islomning o`zlariga
din qilib, arab tilini
o`zlariga til qilib olgan bo`lsalar, buning sabablari g`olib arablarning adolati,
Islomning boshqa dinlardan ko`ra yengilroq ekanligi sababidandir”
11
.
Islom ta`limotiga ko`ra xatto odamlarning tili
va rangidagi farqlar ham
Allohning oyatlaridan (mo’’jizalaridan) biridir.