40
urushlarini qoralab, o’troq, osoyishta hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik,
chorvachilik bilan shug’ullanishga da’vat etadi.
Moddiy hayotni yaxshilashga urinishni yovuzlikka qarshi kurash deb
hisoblaydi. Zardushtiylik dinida qo’riq er ochib, uni bog’u rog’ga aylantirgan odam
ilohiyot rahmatiga uchraydi, aksincha, bog’lar, ekinzorlarni, sug’orish inshoatlarini
buzganlar katta gunohga qoladi. Zardusht o’z ta’limoti bilan insonlarga tinch-totuv
yashashni, halol mehnat qilishni o’rgatmoqchi bo’ladi. Bu din ta’limotiga ko’ra,
insonlarning bu dunyodagi hayotiga yarasha narigi dunyodagi taqdiri belgilanadi,
har bir inson o’lgandan so’ng o’zining bu dunyodagi qilmishiga yarasha yoki abadiy
rohat – jannatga yoki yomon ishlari ko’p bo’lsa na xursandlik va na xafalik
ko’rmaydigan arosat joy – misvongatuga tushadi.
Zardushtiylik ta’limotining asosi – dualizm (ikkilik) bo’lib, unga ko’ra olam
qarama-qarshiliklar kurashi asosiga qurilgan. Yaxshilik va yomonlik, yorug’lik va
qorong’ulik, hayot va o’lim o’rtasida abadiy kurash davom etadi. Barcha
yaxshiliklarni Axuramazda va barcha yomonliklarni Axriman ifodalaydi.
Axuramazda insonlarga ezgu ishlarni bayon etib, ularga amal qilishni
buyuradi, yomon ishlarni bayon etib ulardan saqlanishga chaqiradi.
Zardushtiylikda imon uchta narsaga asoslanadi: fikrlar sofligi, so’zning
sobitligi, amallarning insoniyligi. Har bir zardushtiy kuniga besh marta yuvinib,
poklanib, quyoshga qarab uni olqishlab sig’inishi shart hisoblanadi.
Zardushtiylik ibodatxonalarida doimiy ravishda olov yonib turadi. Ularda
dunyodagi to’rt unsur – suv, olov, er va havo ulug’lanadi.
Zardushtiylik dafn marosimi o’ziga xos bo’lib, o’lganlar bir necha past,
baland “sukut minoralari” – daxmalarga solinadi, u erda murdalarning go’shtlarini
qushlar eb, suyaklarini tozalaydi. Go’shtdan tozalangan suyaklar maxsus sopol
idishlar – “ossuariy”larga solinadi.
Zardushtiylik dini jahon miqyosida eng qadimgi dinlardan biri hisoblanib,
miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Kichik
Osiyo xalqlari unga e’tiqod qilganlar. Eronda sosoniylar sulolasi hukmronligi
davrida Zardushtiylik rasmiy davlat diniga aylangan. Bu davrda uning muqaddas
kitobi Avesto ruhoniylar tomonidan qayta yig’ilib, kitob shakliga keltirilgan. Ayrim,
ayniqsa, “Videvdot” qismiga o’zgartirishlar kiritilib, qayta ishlangan.
VII-VIII asrlarda Markaziy Osiyoga islom dini kelib, keng tarqalguniga qadar
zardushtiylik mahalliy xalqlarning asosiy dini hisoblangan.
Hozirgi kunda dunyo miqyosida zardushtiylik e’tiqodi diniy jamoalari
kamayib ketgan. Ular hindistonning Mumbay, Gujarot shtatlarida va Eronning ba’zi
chekka viloyatlarida saqlanib qolganlar.