|
Amaliy matematika va fizika fakulteti matematika va informatika kafedrasi
|
bet | 2/4 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 2,65 Mb. | | #231212 |
Bog'liq HISOBOT Abdusaitova Mashhura - для слияния31-yanvar chorshanba kuni ertalab 8:00 da biz maktabga bordik. Bizga biriktirilgan sinflarni darslariga qatnasha boshladik.Dastlabki dars jarayonlarini bizga biriktirilgan 7-A sinf darslarini kuzatishdan boshladik. Bizga biriktirilgan sinfni quyidagi dars jadvali asosida matematika,informatika,tarbiyaiy soat kabi darslariga qatnashish orqali o’zimizda pedagogik ko’nikmani shakillantira boshladik.Amalyot mobaynida amalyot rahbarlarimiz biz bilan aloqada bulishdi
Darslar davomida sinf o’quvchilari bilan tanishib oldik.O’quvchilarni darsga faolliklari va qiziqishlarini o’rgandik.Maktabdagi barcha o’qituvchilar malakali pedagog ekanligining guvohi bo’ldik.Ular o’tilayotgan har bir darsga o’quvchilarni qiziqishlaridan kelib chiqqan holda yondashdilar.O’quvchilarning olimpiada erishgan yutuqlari buning yaqqol namunasidir.Bizga biriktirilgan matematika fani o’qituvchisi ning 8-A sinf bilan dars o’tish jarayonini kuzatdik.Dars davomida o’quvchilar mavzu yuzasidan o’zlari qiziqishgan savollarga javob olishdilar.Bu esa o’quvchilarning fanga nisbatan qiziqishi ortishiga o’z ta’sirini o’tkazadi.
1-fevral haftaning payshanba kuni ertalab soat 8:00 da o’z guruhimdagi amaliyotchi talabalar A.Ibragimova , F.Xolmirzayeva , Zarinalar bilan birgalikda shu maktabdan bizga biriktirilgan o’qituvchi domlaning darslarini kuzatish uchun 1-soat 7-A sinfga darsni kuzatish maqsadida kirdik. U sinfda 1-soat algebra darsi ekan
4-soat esa biz guruhimizning 4 nafar a’zolari bilan birgalikda bizga biriktirilgan matematika va informatika fani o’qituvchisi o’qituvchimizning 7-A sinfdagi darslariga ishtirok etdik va dars o’tish jarayonida ularga yordamlashdik.
2-fevral juma kuni ertalab 8:00da o’z guruhimdagi amaliyotchi talabalar A.Ibragimova. F.Xolmirzayeva va Zarinalar bilan bizga biriktirilgan 7-A sinfning „Sinf soati“ darsiga qatnashdik.Sinf soati darsida biz „Vatan sajdagohdek muqaddas“ mavzusida o’quvchilar bilan suxbat olib borildi.Sinf rahbari ning dars o’tish jarayoni bizga juda yoqdi.Chunki,dars jarayonida har bir o’quvchiga imkon qadar vaqt ajratishga harakat qilar ekanlar.Bu esa o’quvchilarning ham o’qituvchiga nisbatan hurmati ortishi uchun yordam beradi.
|
| |