• "Kolloid kimyo" fani boyicha "Kolloid sistemelarini dispergatsiya usulida olish"" mavzusidagi mashgulotning pedagogik ssenariysi
  • 6-ma’ruza: “ Dispergatsiya usulida kolloid sistemalarni olinish usulllari”.
  • "Faol hududni korsatish" testi
  • "Amaliy mashg'ulotlar" fanidan yakuniy nazorat ishi




    Download 94,45 Kb.
    bet1/6
    Sana04.04.2017
    Hajmi94,45 Kb.
    #2864
      1   2   3   4   5   6

    O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi
    Toshkent kimyo-texnologiya instituti

    Menejment va kasb ta'limi fakulteti


    Kasb ta'limi kafedrasi



    "Amaliy mashg'ulotlar" fanidan
    yakuniy nazorat ishi



    MAVZU:
    "Kolloid kimyo" fani bo'yicha "Kolloid sistemelarini
    dispergatsiya usulida olish"" mavzusidagi mashg'ulotning
    pedagogik ssenariysi

    Bajardi: 46-13 guruhi talabasi Xaydaraliyeva U.
    Kimyo, ximiya - moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi.
    Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.

    Qabul qildi:
    dots. Xabibullayev R.A.

    Toshkent-2016 y.


    "Kolloid kimyo" fani bo'yicha
    "Kolloid sistemelarini dispergatsiya usulida olish""
    mavzusidagi mashg'ulotning pedagogik ssenariysi

    Dars boshlanishidan 3 minut oldin uzun bo’yli, oq-sariqdan kelgan, oq ko’ylak kiyib galstuk taqqan, egniga oq xalat kiygan, yoshlari taxminan o’ttizlarda bo’lgan "Kolloid kimyo" fani o'qituvchisi Sarvarbek Murodov auditoriyaga kirib keldi. O’qituvchi darsga har doim yaxshi tayyorlanib keladi va shu sababli o’ziga ishongan, gaplari aniq va nigohlari ham o'tkir.

    Auditoriyada 20 talaba o'tirgan edi. U doskaga qarab qo’yib, navbatchi kimligini so’radi. Birinchi partada o’tirgan Odilova Dinora turib doskani tozaladi va sanani yozib qo’ydi. O’qituvchi rahmat aytib talabalarga yuzlanib, rejaga binoan ma’naviyat daqiqasi o’tkazdi, ya’ni institutdagi ichki tartib-intizom, talabalarning kiyinish madaniyati haqida gapirib o'tdi. Keyin institutda bo’lib o’tayotgan ilmiy anjumanlar haqida to’xtalib o’tdi va faol qatnashgan talabalarga minnatdorchilik bildirdi.

    Guruhning darslardagi davomatidan mamnunligini aytib, har doim hozirgi holatda – yuz foiz darajasida ushlash zarurligini ta'kidlab o'tdi.

    Multimedia proyektori yoqilgach, bugungi dars mavzusi va rejasini o’qib eshittirdi. Mavzuni va rejani doskaga ham yozib, o’quvchilardan daftarlariga yozib olishlarini so'radi.



    6-ma’ruza: “Dispergatsiya usulida kolloid sistemalarni olinish usulllari”.

    Reja:

    1. Kolloid tegirmonlar yoki vibro-tegirmonlar yordamida maydalash

    2. Metallarni elektr toki yordamida changlatish

    3. Ultratovush yordamida maydalash

    4. Peptizatsiya

    Keyin darsni davom ettirdi:

    Bugunni mavzu uchun “BBB” texnologiyasini qo’llaymiz. Marhamat, birinchi va ikkinchi "B" bo'yicha aqliy hujum shaklida fikr bildiringlar.

    Nigora qo’lini ko’tarib fikr bilidirdi:

    - Birinchi "B" bo'yicha fikrim – Dispers sistemalar deganda – suyuq, qattiq yoki gaz muhitida juda ko‘p mayda zarrachalarning tarqalishidan hosil bo‘lgan sistemalar tushuniladi. Kolloid sistemalarga esa – bulut va tuproq, qog‘oz yoki lok-bo‘yoq, non, yog‘, sut maxsulotlari va qariyb barcha dori-darmonlarni misol qilib ko'rsatish mumkin, inson tanasida ham kolloid moddalar uchraydi.

    Endi ikkinchi "B" bo'yicha fikrim: Men bir savolga javob olishni xohlardim – kolloid zarrachalar yanayam maydalagan sari boshqa xossalari ham ochilib boradimi?

    Akmal: - Nigora aytganidek, kolloid sistemarlar 3 xil faza – qattiq, suyuq va gaz fazalar aralashmasidan iborat bo'ladi. Bu fazalar o'zaro kombinatsiyalashib 9 xil ko'rinishda uchraydi: 1. Qattiq-qattiq; 2. Qattiq-suyuq; 3. Qattiq-gaz; 4. Suyuq-qattiq; 5. Suyuq-suyuq; 6. Suyuq-gaz. 7. Gaz-qattiq; 8. Gaz-suyuq; 9. Gaz-gaz. Bu moddalarning tarkibida bir xil elementlar bo’lishi mumkin, lekin xossalari turlicha bo'ladi.

    Olim: - Kolloid kimyo – yuqori dispersli geterogen sistemalar xossalari va ularda ketadigan jarayonlarni o‘rganuvchi fan.

    Zilola: - Kolloid sistemalar bilan inson juda qadim zamonlardan beri tanish. Odamlar bo‘yoq olishda, keramika, glazur, mato to‘qishda, paxta, junga va teriga ishlov berishda, sharobchilikda kolloid tizimlar bilan to'qnash kelishgan. Biroq bu sistemalar, keyingi vaqtda ilmiy jihatdan o‘rganila boshlandi.

    Endi bu sistemalarni olish yo’llarini o’rganamiz, deb o’qituvchi ma’ruza yozdira boshladi.


    1. Kolloid tegirmonlar yoki vibro-tegirmonlar yordamida maydalash

    Dispers sistemalarni zarrachalarining o‘lchamiga qarab sinflarga ajratilganda ma’lum bo‘ldiki, kolloid sistemalar dag‘al dispers sistemalar bilan chin eritmalar orasidagi oraliq holatni egallaydi. Ularda eng yuqori maydalanish darajasiga erishiladi. Bu sistemalarda “faza”, “geterogenlik” terminlari qo'llaniladi.

    Kolloid eritmalar hosil qilish usullari bir-biriga qarama-qarshi ikki tamoyilga asoslanadi:

    1. Yirikroq zarrachalarni maydalash (disperslash)

    2. Molekula va ionlardan yirikroq zarrachalar hosil qilish (kondensatsiya)

    Biz mana shu usullardan birinchisini disperslashni bugungi darsda o’tamiz.



    Kolloid eritmalarda dispers faza zarrachalari o‘lchami 1 nm – 100 nm (10-7-10-9 m) bo‘lishi kerak.

    Bunday kolloid eritmalar olishning ikkita muhim sharti bor:

    1. Dispers faza dispers muhitda mumkin qadar kam eruvchan bo‘lishi kerak;

    2. Sistemada dispers faza va dispers muhitdan tashqari uchinchi modda – ya’ni stabilizator bo‘lishi kerak.

    Dispergatsiya usulida kolloid eritma olishning bir necha usullari mavjud:

    • Kolloid tegirmonlar yoki vibro-tegirmonlar yordamida maydalash

    • Metallarni elektr toki yordamida changlatish

    • Ultratovush yordamida maydalash

    • Peptizatsiya

    ***

    Kolloid tegirmonlar yordamida maydalashda:

    • tez-tez yengil zarbalar beriladi

    • zarbalar bevosita emas, balki suyuqlik orqali beriladi.

    Kolloid eritmasi tayyorlanadigan modda - muhit va stabilizator bilan aralashtirilib, teshik orqali tegirmonga solinadi. O‘qqa o‘rnatilgan kurakcha yordamida aralashtiriladi. Kurakcha minutiga 10.000 – 15.000 marta aylanadi. Suyuqlik va qattiq modda zarrachalari juda tez harakatlanadi va harakatsiz teshiklarga kelib uriladi va maydalaniladi.

    image02.png

    Kolloid tegirmon


    O'qituvchi ma'ruzani ko'rgazmali tarzda tushuntirish jarayonida talabalarning iltimoslariga ko'ra ayrim joylarni sekinroq aytib yozdirdi. Ma’ruzani aytib yozdirish davomida ikki marta auditoriya bo'ylab oxirgi partagacha borib keldi. Bir yo'la talabalarning darsdagi faolligini ham kuzatdi.

    Sxemada ko'rsatilgandek, tayyor kolloid eritma pastki teshikdan quyib olinadi. Bu usulda bo‘yoq, oltingugurt, grafit, kvars va boshqa moddalarning kolloid eritmalari tayyorlanadi. Odatda moddalar yuqori disperslik darajasigacha maydalanganda ko‘p g‘aroyib xossalarga ega bo‘lib qoladilar. Masalan, bo‘yoqlar chiroyli jilvaga, yarqiroqlik, barqarorlik, yengil qoplanuvchanlik xossalariga erishadilar.

    Katalizatorlar kimyoviy reaksiyalarda yuqori aktivlikka erishadilar, oziq-ovqat maxsulotlarini ta’m-mazasi yaxshilanadi, kraxmal va oqsil moddalarning suvda eruvchanligi ortadi va x.k.
    Kraxmal (nem. kraftmehl) - oʻsimlikning asosiy uglevod zahirasi. Umumiy formulasi (S6N|()O5)g . Rangsiz amorf modda. Fotosintez jarayonida oʻsimliklarning barglarida hosil boʻladi. K.ni toʻla gidrolizlab, glyukoza olinadi.

    O'qituvchi talabalar kolloid sistemalarni maydalash tegirmonining rasmini chizib olishlari uchun bir muddat sukut saqladi.

    Anvar, "maylimi ustoz", deya savol nazari bilan murojaat qildi. "Chizayotgan tegirmonimiz mana shu tegirmon emasmi", deb telefonida bir videorolikni ko’rsatdi.

    O’qituvchining dars o'tishi demokratik stilda bo'lib, birinchi darsdayoq talabalarga o’zlarini erkin tutishlarini, mavzu bo’yicha biror savol tug’ilganida o'sha zahoti o’qituvchiga murojaat qilishlarini o'zining talabi sifatida qo'ygan edi.

    Ha, xuddi shu tegirmon, dedi o’qituvchi videorolikni kuzata turib.

    - Men kunning ikkinchi yarmida lok-bo’yoq zavodida ishlayman, ishxonamizda shunday tegirmon bor, aylanish tezligi minutiga 10000-15000.

    O’qituvchi jarayonni diqqat bilan kuzatgach telefondagi videorolikni "bluetooth" tizimi orqali kompyuterga o’tkazib proyektorda hammaga namoyish qildi. Keyin, Anvardan videorolikni izohlab berishini so'radi.

    Anvar: - Tegirmonning mana bu qismidan qattiq jismlar va stabilizatorlar birgalikda yuklanadi, bunda dastavval granula shaklidagi bo’yoq va stabilizator kukun qilib maydalanadi, hosil qilingan kolloid o’lchamdagi zarrachalar atsetonda bir tekis tarqalishi natijasida kolloid sistema ya’ni lok-bo’yoq materiali olinadi.

    Tegirmondan chiqayotgan lok-boyoq, shunaqa chiroyli, shunaqa tiniq bo'ladiki, yorug'lik tushganda har xil tuslarga kirib tovlanadi. Mahsulotning sifatliligiga va xaridorgirligiga sabab mana shu deb o'ylayman.

    Nargiza o'rtaga savol tashladi: - Tegirmondan chiqqan bo'yoq nega tuslanadigan bo'lib qoladi, unga rangini tovlantiradigan qo'shimchalar qo'shiladimi?

    Anvar: Hech qanday boshqa qo'shimcha qo'shmaymiz. To'g'risini aytganda, nega juda mayda zarrachalar shunaqa jilvalanishini men ham bilgim keladi. Ustoz u bo’yoqlarning turli ranglarda tovlanishi sababi nimada?

    O'qituvchi biroz o'ylanib qoldi, ko'zoynagini chap qo'liga olib o'ng qo'li bilan ko'zlarini uqaladi. So'ng talabalarga yuzlandi:

    – "Sizlarga soddaroq qilib turushuntirib berishga harakat qilaman.

    Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
    Dispers zarrachalarning o’lchamlari yorug’lik to’lqin uzunligining yarmidan kichik bo’lsa, bunday yuza texnikada yaltiroq yuza deb hisoblanadi. Tegirmondan chiqqan kolloid sistemaning zarrachalar o’lchami shu talabga mos kelib nurlar yutilishi yoki qaytishi mumkin. Masalan qizil rang yutilib, yashil rang sariq bo’lib ko’rinishi mumkin. Ba’zilari yutilib, ba’zilari sochilgani uchun bir tekis taqsimlanib jilolanish hodisasi kuzatilishi mumkin. Ba'zi hayvonlar, masalan, xameleon kaltakesagi ham turli ranglarda tovlanishiga manashu hodisa sabab bo'ladi.

    Davom etamiz deya ma’ruza o’qishni davom ettirdi.



    Dispergatsiya jarayonnini osonlashtirish uchun jism xo‘llanib, qo‘shimcha moddalar ishtirokida kukun qilib maydalanadi. Qo‘shimcha modda sifatida ishlatiladigan xar xil tuzlar (NaCI, CaCI2, MgCI2, AICI3, Na2CO3, Na2SiO3) ishqorlar -NaOH, Ca(OH)2, sovun va ba’zi sirt-faol moddalar dispergatsiya jarayonini osonlashtirish bilan birga, olinayotgan kolloid sistemaning barqarorligini ta’minlashda stabilizator vazifasini o‘taydi.

    Akademik Rebinder ta’limotiga ko‘ra qattiq jismning kristallik panjarasida defektlar mavjud bo‘lib, mexanik kuch ta’sirida mikrotirqishlar xosil qiladi. Qo‘shimcha moddalar jism yuzasida yutilib, ‘ngra uning mikrotirqishlariga kiradi. Natijada, qarama-qarshi turgan adsorbsion qatlamlar orasida elektrostatik itarilish kuchi ta’sirida yoruvchi effekt xosil bo‘lib, ular sirt energiyasini kamaytirib, qattiq jismning yemirilishini osonlashtiradi.

    Jism mustahkamligining adsorbsion ravishda kamayishi (Rebinder effekti)

    Ma’ruza yozish davomida Azizada savol paydo bo’ldi va o'qituvchi bosh irg'ab ruxsat bergach, savolini bayon etdi:

    – Dispergatsiya jarayonnini osonlashtirish uchun qo‘shimcha moddalar sifatida har xil tuzlar, ishqorlar qo’shiladi deyapmiz. Ular nima vazifani bajaradi?

    O’qituvchi Azizani savolini diqqat bilan tingladi, ayniqsa "dispergatsiya" so’zi savolga ilmiy ko'rinish bergan edi, shu sababli o'qituvchi ham ilmiy tilda javob berdi:

    – Yuqorida ta’kidlaganimizdek, qattiq jismlarning kristall panjarasida mikrotirqishlar mavjud bo’ladi, tuz va ishqorlar mikro-tirqishlarga kirib, adsorbsion qatlamlar orasida elektrostatik itarilish kuchini hosil qiladi, buning ta’sirida yoruvchi effekt xosil bo'ladi va moddaning sirt energiyasini kamaytirib, qattiq jismning yemirilishini osonlashtiradi. Bu quyidagi formula bilan ifodalanadi:



    F S

    bu erda:

    F - sirtning erkin energiyasi;  - sirt taranglik koeffitsient; S - fazalararo sirt kattaligining o‘zgarishi.
    Yuqoridagi usulda “asl metall”larning zollari olinadi.

    Mexanik dispergatsiya jarayonida qattiq jism mustahkamligini qo‘shimcha moddalar yordamida kamayishi “Rebinder effekti” yoki mustahkamlikning adsorbsion kamayishi deyiladi.
    2. Metallarni elektr toki yordamida changlatish (Volta yoyi yordamida)

    Bu usulni 1898 yilda Bredig taklif etgan. Kolloid eritmasi olinishi kerak bo‘lgan metalldan yasalgan sim dispersion muhitga tushiriladi.
    Metallar (yun. metalleuo - qaziyman, yerdan qazib olaman) - oddiy sharoitda yuqori elektr oʻtkazuvchanligi, issiq oʻtkazuvchanligi, elektr oʻtkazuvchanligi, elektr magnit toʻlqinlarini yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan oddiy moddalar. M.


    Muhitga ozgina ishqor qo‘shib qo‘yiladi. Bu usulda nodir metallarning zollari olinadi.

    3. Ultratovush yordamida changlatish

    Kolloid eritma olish uchun ultratovush to‘lqini maydoniga bir-biri bilan aralashmaydigan ikkita suyuqlik solingan idish qo‘yiladi.
    Maydon - ochiq, meʼmoriy jihatdan tartibga keltirilgan, atrofi bino, inshootlar yoki daraxtlar bilan toʻsilgan keng satq. Toʻrtburchakli, temperaturapetsiyasimon. doirasimon, tuxumsimon (oval) va boshqa shakllarda yopiq yoki ochiq holda boʻladi.
    Emulsiyalar shu usulda olinadi. Bu usul bilan Ag, Pd, Bi larning kolloid eritmalari hosil qilinadi.


    4. Peptizatsiya

    Zolni koagulyasiya mahsulotini qaytadan kolloid eritmaga o‘tkazish – peptizatsiya deyiladi. Uni amalga oshirish uchun yangi cho‘kkan amorf cho‘kmaga biror elektrolit qo‘shib, erituvchi bilan aralashtiriladi. Bu qo‘shilgan elektrolit peptizator deyiladi.

    Peptizatsiya tezligiga – elektrolit konsentratsiyasi, cho‘kma holati va miqdori, harorat, aralashtirish tezligi, pH, ultratovush, radiaktiv nurlar va h.k. ta’sir etadi.

    1. Agar zarracha sirtiga peptizatorning o‘zi yutilib, kolloid eritma hosil bo‘lsa – bevosita peptizatsiya deyiladi.



    bu yerda: – peptizator hisoblanadi.



    2. Agar zarracha sirtiga peptizatorning o‘zi emas, uning cho‘kma bilan hosil qilgan oraliq mahsuloti shimilsa – bilvosita peptizatsiya deyiladi.
    Harorat (Temperatura) (lot. temperatura - kerakli aralashma, o'rtacha holat) - moddaning holatini issiq-sovuqligini tavsiflaydigan fizik kattalik.
    Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.


    amorf cho'kma peptizator



    Peptizatsiya mexanizmi

    Peptizatsiya koagulyasiyaga teskari jarayondir. Unda cho‘kmaga tushgan zarrachalar dezagregatsiyaga uchrab, qaytadan alohida kolloid zarrachalarga o‘tishi ro’y beradi.

    Mana bugungi darsimiz yakuniga yetdi. Keling, “BBB” jadvaliga qaytib uni yana aqliy hujum shalkida yakunlaymiz. Marhamat, uchunchi "B" bo'yicha fikr bildiring. Talabalar qo'l ko'tarib birin-ketin javob berishdi:



    • Kolloid tegirmonlarda jism maydalanganda bevosita suyuqlik bilan birga maydalanar ekan.

    • “Rebinder effekti” bu – mexanik dispergatsiya jarayonida qattiq jism mustahkamligini qo‘shimcha moddalar yordamida kamayishidir.

    • Kolloid sistemalarda lok-bo’yoq moddalar yuzasining turli tuslarda yaltirashiga sabab – zarrachalarning nurni qaytaradigan darajasida mayda qilib tuyulganligidir.

    O'qituvchi talabalarning javoblaridan mamnun bo'lib, ularni ommaviy test yechishga taklif qildi. Ekranda PowerPoint dasturining iSpring QuizMaker ilovasida ishlangan interfaol testlar namoyon bo'ldi.


    Ketma-ketlik testi:

    Dispers sistemalarni o’lchamiga ko’ra joylashtiring.

    1. kolloid dispers sistemalar

    2. dag’al dispers sistemalar

    3. chin eritmalar
    Auditoriyadaga 20 talabaning 15 tasi quyidagicha javob berdi:

    1. chin eritmalar

    2. kolloid dispers sistemalar

    3. dag’al dispers sistemalar


    Qolgan 5 ta talaba esa quyidagi javobni aytishdi:

    1. kolloid dispers sistemalar

    2. chin eritmalar

    3. dag’al dispers sistemalar


    Keyin o'qituvchi to'g'ri javobni ko'rsatdi:

    1.Chin eritmalar r<10-9 m, a<1 nm

    2.kolloid dispers sistemalar r=10-7-10-9 m, a=1-100 nm

    3.dag’al dispers sistemalar r=10-4-10-7 m, a>100 nm.


    Keyin notog'ri javob bergan 5 ta talabaga yuzlanib nega bunday javob berdingiz, deb so'radi. Anvar chalg'ib qolganligini aytib, darhol xatosini tan oldi. Qolgan 4 ta talaba nima deb javob berishini bilmay qolishdi. Shunda o'qituvchi vaziyatni tushunib, Anvar a’lochi o’quvchi bo’lganligi uchun unga ergashib javob berdingizlarmi, deb kinoyali ohangda gapirdi. Hozirgi zamonda birovning fikriga ishonib yashab bo'lmaydi, o'zining shaxsiy fikriga ega bo'lmagan, mustaqil fikrlay olmagan odam hayotda ko'p adashadi.
    Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
    Keyingi safar xato bo'lsa ham o'z fikringizni aytinglar, shu tarzda xatolarni tuzatishni o'rganasizlar, Sizlarni xato qilmaslikka o'rgatish bizning vazifamiz, axir, deb ta'kidlab qo'ydi.
    "Faol hududni ko'rsatish" testi

    1

    2

    3


    Talabalar bir ovozdan quyidagicha javob berishdi:

    1. Qo’shimcha modda kiritilgan qism.

    2. ”Rebinder effekti” yuz bergan qism.

    3. Berilgan modda joylashgan qism.


    O'qituvchi talablarning darsni to'liq o'zlashtirganligini ko'rib mamnun bo'ldi. "Yashang, men xursandman" deb, xayrlashib chiqib ketdi. Talabalar ustozga minnatdorchilik bildirib, yaxshi kayfiyatda kuzatib qo'lishdi.

    Xulosa


    1. Dars ssenariysida pedagogning xarakteri, uning kiyinish madaniyati to’la izohlangan. Xususan, o’qituvchining talabchanligi, auditoriyani to'liq kuzatishi, doim nazoratda ushlashi, e'tiborliligi dars jarayonida to'liq aks ettirilgan.

    2. Talabalarning tanqidiy fikrlashi yaqqol aks ettirilgan. “BBB” texnologiyasini aqliy hujum metodi ko’rinishida qo’llanilganida talabalarning o’zlarini qiziqtirgan savollarini o’qituvchiga berishi, masalan, Anvarni bo’yoqning jilvalanish sababini bilishni xohlashi kabilar, talabalarning reaksiyasi o’z aksini topgan.

    3. O’qituvchi talabalar psixologiyasini yaxshi tushunadi va buni testni Anvardan ko’chirgan talabalarga aytgan e’tirozidan ko'rinib turibdi.

    4. Darsda telefon apparatidan multimedia vositasi sifatida foydalanish holati aks ettirilgan.

    5. Auditoriya (akademik guruh) dagi talabalar bir-biriga nisbatan e'tiborli, ahil va o'zaro hurmat bilan munosabatda bo'lishadi. Buni savol-javob vaqtida bir-birini to'ldirishi va fikrlarini o'zaro ma'qullashidan ham ko'rish mumkin.

    6. Ssenariyda demokratik usulda o'tilgan dars jarayoni ifodalangan.

    7. Dars ssenariysida noverbal muloqot elementlari ham aks ettirilgan. Masalan, murakkab javob talab etilganda o'qituvchining javobni soddaroq qilib tushuntirib uchun ko’zoynagini qo’liga olib, biroz o’ylanib turishi hayotiy chiqqan.

    8. Darsda pedagogning davlat siyosati haqida gapirishi, xususan, mustaqil ta’limga davlat siyosati darajasini berishi bunga misol bo'la oladi.

    9. Dars ssenariysin shakllantirishda ma’ruza matnlaridan foydalanilgan qismlar og’ma shriftda belgilangan, 3 ta rasm va 4 ta formuladan foydalanilgan.

    10. Interfaol metodlar sifatida “BBB”, “Aqliy hujum”, “ommaviy test” lardan foydalanildi.


    Download 94,45 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 94,45 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    "Amaliy mashg'ulotlar" fanidan yakuniy nazorat ishi

    Download 94,45 Kb.