ma’lumotlar oqimini ekspertiza qilish va ma’lumotlar oqimi grafigida aks
ettirish;
ma’lumotlar oqimining kiritiladigan markaziy va chiqariladigan elementini
tahlil qilish;
programmaning iyerarxik strukturasini tuzish;
programma strukturasini detallashtirish va optimallashtirish.
Loyihani strukturaviy tahlili texnologiyasi. Bu, sistemaning ob’ektlari
o’rtasidagi iyerarxik funktsional aloqalarni tuzishda maxsus grafik vositadan
foydalanib, strukturaviy tahlil qilishga asoslangan. Ushbu usul sistemani
yaratishning boshlang’ich bosqichlarida samarali hisoblanadi, chunki diagrammalar
ham oddiy, ham tushunarli bo’ladi.