14
lozim.
Texnologiya, deganda, subyekt tomonidan obyektga kursatilgan ta’sir
natijasida subektni sifat o’zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya
har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalanib,
obyektga yunaltirilgan
maqsadli
amallarni
muayyan
ketma-ketlikda
bajarishni
kuzda
tutadi.
Ushbu tushunchalarni o’quv jarayoniga ko’chiradigan bo’lsak, o’qituvchining
o’qitish vositalari yordamida ta’lim oluvchilarga muayyan sharoitlarda ko’rsatgan
tizimli ta’siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo’lgan va oldindan belgilangan
ijtimoiy sifatlarni intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy hodisa, deb ta’riflash
mumkin.
Pedagogik texnologiyani o’quv jarayoniga olib kirish zaruriyatini
V.P.Bespalko quyidagicha izohlaydi: “Pedagogik texnalogiya -bu o’qituvchi
mahoratiga bog’liq bo’lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan
ta’lim oluvchi shaxsini shakllantirish jarayoni loyihasidir”. Rossiya olimlaridan
V.M.Monaxov: “Pedagogik texnalogiya-avvaldan rejalashtirilgan
natijalarga olib
boruvchi va bajarilishi shart bo’lgan tartibli amallar tizimidir”,- degan qisqacha
ta’rifni bera turib, uning asosiy xususiyatlariga e’tiborni qaratadi. “Pedagogik
texnalogiya-o’quv jarayonini texnologiyalashtirib, uning
qayta tiklanuvchanligini
hamda pedagogik jarayon turg’unligini oshirib, bu jarayon ijrochisining subyektiv
xususiyatlaridan uni ozod qiladi”,-deydi. M.V Klarin fikricha, pedagogik
texnalogiya-o’quv jarayoniga texnologik yondoshgan holda,
oldindan belgilab
olingan maqsad ko’rsatkichlaridan kelib chiqib o’quv jarayonini loyixalashdir.
O’zbekistonlik
pedagog
olimlar
B.L.Farberman,
N.Saidaxmedov
va
М.Ochilovlarning fikricha pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta’rif berish
mumkun: pedagogik texnalogiya ta’lim jarayoniga yangicha yondashuv bo’lib,
pedagogikada ijtimoiy-muxandislik ong ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika
imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart holga solib, uning
pedagogik texnalogiya loyihasini tuzib chiqish bilan bog’liq ijtimoiy hodisadek.
Pedagogik texnologiyaning asosiy tushunchasi, so’zsiz, o’quv jarayoniga tizim
sifatida yondashishdir. bunda ta’lim-tarbiyada ishtirok
etuvchi barcha narsa va
15
hodisalar o’zaro funksional bog’liqlikda bo’lib, bir butunlikni, ya’ni pedagogik
jarayon tizimini tashkil qiladi. pedagogik jarayon tizimining muayyan bir vaqt
mobaynida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi pedagogik texnologiya deyiladi.