72
3-bob. Avtomatika relelari
3.1. Relelar xaqida tushuncha va ularning klassifikatsiyasi
Rele deb ma’lum bir kirish signali o’zgarganda chiqish
signali sakrashsimon
o’zgaruvchi moslamaga aytiladi. Rele qishloq xo’jalik avtomatikasida eng ko’p
qo’llaniladigan elementlardan biri hisoblanadi. Тa’sir qiladigan fizik kattaliklariga
qarab
ular elektrik, mexanik, magnit, issiqlik, optik,
radioaktiv, akustik va kimeviy
relelarga bo’linadi.
Ish prinsipi bo’yicha elektrik relelar o’z navbatida 9-turga bo’linadi (3.1-
rasm).
Avtomatikaning elektrik relelari
Elektromagnit
Magnitoelektrik
Elektrodinamik
Induksion
Ferromagnit
Elektron
Ion
Elektroissiklik
Rezonans
3.1-rasm. Elektrik relelarning klassifikatsiyasi.
Elektromagnit relelarida chulg’amdan o’tayotgan tok ta’sirida magnit
maydon xosil bo’lib yakorning va kontaktlarning xolati o’zgartiriladi.
Magnitoelektrik relelarda chulg’am ramka kurinishida bajarilib o’zgarmas
magnit maydonida joylashtirilgan. Chulg’amdan tok
utayotganda ramka prujinani
kuchini yengib xarakatga keladi va kontaktlarning xolatini uzgartiradi.
Elektrodinamik rele ish prinsipi buyicha magnitoelektrik relega o’xshash
lekin undagi magnit maydoni maxsus uyg’otish cho’lg’ami bilan hosil etiladi.
73
Induksion relening ish prinsipi relening cho’lg’ami hosil qiladigan
o’zgaruvchan magnit oqimi va xarakatlanuvchan diskda hosil bo’ladigan tok
o’zaro ta’siriga asoslangan.
Ferromagnit relelar magnit kattaliklari (magnit oqimi,
magnit maydoni
kuchlanganligi) yoki ferrodinamik materiallarining magnit tavsifnomalari
o’zgarilishi ta’sirida ishlaydi.