27
Xizmat ko‘rsatish sifatida kechikish 3 ms dan oshmaydi.
G-PON ga foydali afzalliklar kiritilgan. Himoyalangan o‘zgarish
zaxiralangan 1+1, qisman zaxiralangan 1:1 xizmatlarini qo‘shish
(WDM) va ma’lumotlarning xavfsizligidir.
Bu solishtirishlardan eng yaxshi variant sifatida G-PON
texnologiyasini olishimiz mumkin. Biroq, bu texnologiyaning
qurilmalari E-PON texnologiyasining qurilmalaridan ancha
qimmatroq hisoblanganligi uchun iqtisodiy jihatdan E-PON
texnologiyasi samaraliroq bo‘lishi mumkin.
A-PON, E-PON va G-PON texnologiyalarini solishtirish shuni
ko‘rsatadiki, uzatish tezligi bo‘yicha eng yuqorisi G-PON, bitta
toladagi abonent tugunlarining maksimal soni bo‘yicha G-PON
(64–128) eng yuqori ko‘rsatkichga ega. Ko‘pgina ko‘rsatkichlar
A-PON va G-PON texnologiyalarda hamda arxitekturasida
mos tushadi. A-PON ATM texnologiyasiga asosan multiservis
xizmatlari transportini ta’minlaydi. E-PON PON daraxti ichida
Ethernet kadrlarining tarqalishini tashkil etadi. G-PON ovozli
xizmatlarni jo‘natish, TDM liniya xizmatlarini, Ethernet
kadrlarining uzatish, ATM multimediali xizmatlarini taqdim
etadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bunday tarmoqlar
iqtisodiy tomondan tejamli va keng polosali turli axborotlarni
o‘tkazish qobiliyatiga ega.