50
To‘g‘ri ko‘rinish zonasida simsiz tarmoqni qurish zarurati
shunga
olib keldiki, IEEE 802.16 standarti qurilmalari keng
qo‘llanilmayapti.
Ko‘zda tutildiki, u so‘nggi mil – kabelli modemlar, xDSL
va T1/E1 kanallar uchun an’anaviy keng polosali yechimlarga
muqobil bo‘ladi. IEEE 802.16a standartning 802.16 standartdan
asosiy farqi uzatkich va qabullagich orasidagi to‘g‘ri ko‘rinishni
talab qilmaydigan boshqa chastota diapazonining qo‘llanilishi
bo‘ldi. Bunday simsiz tarmoqlarning qamrab olish zonasi IEEE
802.16 standarti tarmoqlaridagiga qaraganda sezilarli keng.
Ta’kidlash kerakki, 2–11 Hz chastotalar diapazonidan foydalanish
fizik darajadagi signallarni
kodlash va modulatsiyalash
texnikasining prinsipial qayta ko‘rib chiqilishini ham talab
qildi. IEEE 802.16a/d standartining o‘ziga xos xususiyatlaridan
biri to‘g‘ri bo‘lmagan ko‘rinish zonalarida ishlash imkoniyati
hisoblanadi. Bunga kanallarning multipleksli chastota bo‘yicha
ajratish texnologiyasidan (Orthogonal Frequency Division
Multiplexing – OFDM) foydalanish hisobiga erishiladi, u sig-
nallarning ko‘p nurli interferensiyasi
kabi salbiy hodisalar
bilan samarali kurashishga imkon beradi.
Ko‘p nurli tarqalishning natijasi qabul qilinadigan signal
shaklining buzilishi hisoblanadi. Ko‘p nurli interferensiya
istalgan turdagi signallar uchun xarakterli, lekin u ayniqsa keng
polosali signallarga salbiy ta’sir qiladi. Bu shundan iboratki, keng
polosali signal ishlatilganida interferensiya natijasida ma’lum
signallar sinfaz (sinxron) qo‘shiladi, bu signalning ortishiga
olib keladi, ayrimlari esa,
aksincha, qarama-qarshi fazada
qo‘shiladi, bu chastotada signalning kuchsizlanishini keltirib
chiqaradi. Signalning buzilishiga simvollararo interferensiya eng
sezilarli ta’sir qiladi. Chunki simvol bu tashuvchining chastotasi,
amplitudasi va fazasi qiymatlarini xarakterlaydigan signalning
diskret qiymati hisoblanadi, u holda turli simvollar uchun
51
signalning amplitudasi va fazasi o‘zgaradi, demak, dastlabki
signalni qayta tiklash juda qiyin bo‘ladi.
Ko‘p nurli tarqalish samarasini qisman bo‘lsa-da kompen-
satsiyalash uchun chastotaviy ekvalayzerlar qo‘llaniladi,
lekin
ma’lumotlarni uzatish tezligining ortishi bilan yoki simvolli
tezlikning ortishi yoki kodlash sxemasining murakkablashtirilishi
tufayli ekvalayzerlardan foydalanish samaradorligi pasayadi.
Natijada yuqoriroq uzatish tezliklarida uzatiladigan ma’lumotlar
oqimi ko‘plab chastotalar nimkanallari bo‘yicha taqsimlanadigan
va uzatish bu barcha nimkanallarda parallel olib boriladigan
ma’lumotlarni kodlash usuli qo‘llaniladi. Bundan ma’lumotlarni
yuqori uzatish tezligiga aynan barcha kanallar bo‘yicha ma’lu-
motlarning bir vaqtda uzatilishi bilan erishiladi, alohida nimka-
naldagi uzatish tezligi esa yuqori bo‘lmasligi ham mumkin.
Kanallar chastota bo‘yicha ajratilganida alohida kanalning
kengligi, bir tomondan, alohida kanal
chegaralarida signalning
buzilishini minimallashtirish uchun yetarlicha tor, boshqa
tomondan esa talab qilinadigan uzatish tezligini oshirish uchun
turlicha keng bo‘lishi zarur. Bundan tashqari, nimkanallarga
bo‘linadigan kanalning butun polosasidan tejamli foydalanish
uchun chastotalar nimkanallari iloji boricha
zich joylashtirilishi
kerak, lekin bunda kanallarning bir-birlariga to‘liq mustaqil
bo‘lishini ta’minlash uchun kanallararo interferensiyadan qochish
kerak. Sanab o‘tilgan talablarni qoniqtiradigan chastotalar
kanallari ortogonal kanallar deyiladi. Barcha chastotalar nimka-
nallarining tashuvchilari (aniqrog‘i, bu signallarni tavsiflaydigan
funksiyalar) bir-birlariga ortogonal bo‘ladi. Muhimi, chastotalar
nimkanallarining o‘zlari bir-birlarini qisman qoplasa-da, tashuv-
chi signallarning ortogonalligi kanallarning
bir-birlaridan mus-
taqilligini, demak, kanallararo interferensiyaning bo‘lmas ligini
kafolatlaydi (2.1-rasm).