|
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
| bet | 228/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslikMaʼlumotlar jadvali
Maʼlumotlar bazasi jadvaliga maʼlumotlarni kiritganingizdan
soʻng, jadvalning nusxasini chop etishingiz mumkin.
Maʼlumotlar bazasi oynasidan ‘Tables’ni tanlang va chop
etmoqchi boʻlgan jadval nomini bosing. Fayl menyusi orqali
yoki chop etish ikonkasini bosish orqali chop etiladi.
Grafik/diagramma
Elektron jadval dasturida diagramma yaratganingizdan keyin
(16-bobga qarang) siz uni chop etishni xohlaysiz. Siz buni ishchi
jadval maʼlumoti bilan yoki usiz amalga oshirishingiz mumkin.
Diagrammani kerakli varaqdagi joyga koʻchirib, maʼlumotning
oʻlchamiga mos ravishda oʻzgartirib, keyin chop etish mumkin
boʻladi. Diagrammani hujjatdan alohida ko‘rinishda chop etish
mumkin. Buning eng oddiy usuli – undan nusxa olish va boshqa
ishchi varoqqa joylashtirish, keyin oʻlchamini bitta varoq uchun
moslashtirgan holda chop etiladi.
Brauzerdagi va HTML koʻrinishidagi veb-sahifa
Veb-sahifani HTMLda chop etishdan oldin, uni avval shu
formatda koʻrish va xatolardan halos etish kerak: View
menyusini tanlang, soʻngra Source or Source Code tugmasini
bosing. Koʻp veb-sahifalarda hoshiyadan foydalaniladi. Buning
maʼnosi ular bir nechta veb-sahifalarni bitta ekranda namoyish
qilishi mumkin. Agar ushbu ekranning dastur kodini koʻrmoqchi
boʻlsangiz, unda bir vaqtning oʻzida bir kadrni oochish va veb-
sahifa ekraniga sichqonchaning oʻng tugmasini bosib, keyin
View Source buyrug‘ini bosishingiz kerak boʻladi.
Dastlabki koʻrinish koʻrsatilganidan keyin, uni chop etishingiz
mumkin boʻladi.
11.02 Saqlash yoki uzatish uchun
fayl hajmini kamaytirish.
Elektron faylni tez uzatish uchun faylni siqish mumkin, natijada
faylni yuklab olish va keyinchalik uzatish (yoki yuklab olish)
uchun fayl hajmi kamayadi. Bu natijaga maʼlumot tuzilishini
boshqa belgilar bilan vaqtincha kodlash orqali faylga oid
maʼlumotni yanada samarali siqish orqali erishiladi.
Siqishning ikki turini inobatga olish kerak:
|
| |