7.07-rasm. Dasturchilar foydalanadigan kodlash.
Sinov loyihasi
Dasturiy taʼminot ishlab chiqarilishidan avval talab etilgan
parametrlarga javob berishini kafolatlash uchun tizim qaysi
usulda sinovdan oʻtkazilishini o‘ylab koʻrish muhim.
Dasturiy taʼminotni sinash strategiyasini u ishlab
chiqarilishidan keyingi davrga qoldirish kerak emas. Chunki,
odatda, sinov usuli dasturiy taʼminotga mos kelishi lozim, aksi
emas!
Buning uchun dasturiy taʼminotni ishlab chiqishdan
avval
sinov strategiyasi zarur boʻladi. Bunga quyidagilar kiradi:
• dasturiy taʼminot funksiyalarining qaysi qismlari sinovdan
oʻtkazilishi;
• quyidagilardan iborat
sinov oʻtkazish
rejasi:
•
amalga oshirilishi kerak boʻlgan sinovlar;
•
ushbu sinovlarda foydalaniladigan maʼlumotlar;
•
kutilgan natija;
•
har bir muayyan sinovning maqsadi.
Natijalar kutilgandek boʻlishiga ishonch hosil qilish uchun,
sinov strategiyasi yechimning barcha qismlarini sinovdan
oʻtkazishni hamda bu sinov kiritish, chiqarish va saqlash,
shuningdek, dasturiy taʼminot bajarishi kerak boʻlgan
barcha funksiyalarni sinashni oʻz ichiga oladi. Fayl tarkibi
hamda tekshirish tartibi imkon boricha koproq notoʻgʻri
maʼlumotlarning aniqlanishini taʼminlash uchun sinovdan
oʻtkazilishi kerak.
Sinov
Individual modullarning funksionalligi alohida birlik sifatida
sinovdan oʻtkaziladi. Bu
birlik sinovi deb ataladi. Topilgan
barcha xatolar haqida modul dasturchisiga xabar beriladi
va xatoni to‘g‘rilash ularning vazifasiga kiradi. Soʻng, xato
tuzatilganini tekshirish maqsadida ijobiy natija bermagan
muayyan sinov qayta bajariladi.
Birlik sinovi yakunlanganidan keyin modullar