• Xodimlarning qoʻngʻiroqlarini nazorat qilish
  • Elektron chiplash qurilmalari
  • Bosilgan tugmalarni qayd etish




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet141/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    Bosilgan tugmalarni qayd etish
    Bosilgan tugmalarni qayd etish – bu kompyuter klaviaturasida 
    barcha bosilgan tugmalarni yozib olish usulidir. Buni bajarish 
    uchun yo qurilmalar, yoki dasturlardan foydalaniladi. Baʼzi
    ish beruvchilar bunday tizimdan ochiqchasiga xodimlarining 
    kompyuterdan foydalanish jarayonini kuzatish uchun 
    foydalanadi; bu holatda bosilgan tugmalarni qayd etish – 
    kuzatuv vositasidir. Biroq undan yashirincha foydalanilsa, 
    uni josuslik dasturi deb tasniflash mumkin; agar bosilgan
    tugmalarni qayd etish dasturi tizimda oʻzini yashirsa, bu ularni
    toʻliq Troyan dasturlariga aylantiradi (qarang: 8-bob).
    Bunday dasturlardan kiberjinoyatchilar foydalanishi 
    mumkinligi sababli ularni aniqlash antivirus dasturlari 
    kompaniyalari uchun ustuvor masalaga aylangan.
    Xodimlarning qoʻngʻiroqlarini nazorat qilish
    Xodimlarning ish telefonlaridan shaxsiy qoʻngʻiroqlar uchun
    foydalanishidan xavotir oladigan baʼzi ish beruvchilar
    xodimlarning qoʻngʻiroqlarini nazorat qiladi. Boshqa tomondan,
    baʼzi ish beruvchilar oʻzlarining mijozlarga xizmat koʻrsatish
    boʻlimini baholay olishlari uchun telefon qoʻngʻiroqlarini nazorat
    qilishlari mumkin. Soʻng ish beruvchilar mijozlar va mijozlarga
    xizmat koʻrsatish boʻlimi oʻrtasidagi yozib olingan suhbatlardan
    kelgusidagi malaka oshirish mashgʻulotlari uchun foydalanishi
    mumkin. Shu sababli xodimlarning qoʻngʻiroqlarini nazorat qilish
    ish beruvchilar va xodimlar uchun, ayniqsa xavfsizlik maqsadida, 
    masalan, har qanday ogʻzaki tahqirlash sodir boʻlgan taqdirda,
    afzalliklarga ega boʻlishi mumkin.
    Elektron chiplash qurilmalari
    Elektron chiplash qurilmalari keksalar sogʻligʻini nazorat qilish
    yoki huquqbuzarlarni kuzatish kabi koʻplab holatlarda ishlatiladi.
    Baʼzi qurilmalar ertaroq chora koʻrishga koʻmaklashish uchun
    bemorning xastaligini kuzatish imkonini beradi, bu salbiy 
    oqibatlarning oldini olishga yordam berishi mumkin. Boshqa 
    chiplash qurilmalari keksa bemorning yiqilganini aniqlay oladi 
    yoki dorilarni qabul qilish vaqti boʻlganini eslatadi yoxud ular
    demensiyaning biror turi bilan ogʻrisa va bu ularning yoʻqolib
    qolishiga sabab boʻlsa, ularni topishi mumkin. Monitorlar ularni
    taquvchilarga oʻz sogʻligʻi va jismoniy holatini kuzatishga yordam
    beradi va shu asnoda ozish yoki yaxshiroq uxlashga koʻmaklashadi.
    Kuzatish qurilmasi bemorning boʻyniga yoki shaxsning istalgan
    boshqa yeriga taqilishi, masalan, kamarga oʻtkazib qoʻyilishi
    yoki kalit halqasida olib yurilishi mumkin. Bu turdagi qurilmada 
    tugmacha boʻlib, foydalanuvchiga 24 soatlik aloqa markazidagi
    operator bilan bevosita gaplashish imkonini beradi. Bu bemor 
    uyda yiqilib tushganida foydali boʻlishi mumkin.
    Huquqbuzarlarga chiplash qurilmasini taqish qamoqxonadagi
    mahbuslar sonini nazorat qilishga yordam berishi uchun 
    amalga oshiriladi, chunki agar uni taqqan kishi belgilangan 
    chegaralardan tashqariga chiqsa, qurilma nazorat markaziga 
    signal yuboradi.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish