|
Devorga mix qoqishdan awal shu joydan elektr simi o'tmaganligiga ishonch hosil qilish kerak
|
bet | 45/94 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 7,54 Mb. | | #138030 |
Bog'liq 8-s-f-d-i-tDevorga mix qoqishdan awal shu joydan elektr simi o'tmaganligiga ishonch hosil qilish kerak.
3
. Ayrim hollarda nosozlik tufayli elektr jilioz ichidagi tok o'tgan sim uning metall korpusiga tegib qolgan bo'lishi mumkin. Bunday elektr jihozning (masalan, muzlat- kiclining) metall qismini ushlaganda tok odam tanasi orqali yerga o'tishi va tok urislii mumkin (112- rasm).
Muzlatkich, televizor kabi elektr jihozlarning orqa tomonidagi maxsus qisqichini sim orqali yerga ulab qo'yish lozim.
Elektr jihozning korpusi yerga ulab qo'yilsa, korpusdagi tok yerga o'tib ketadi. Bu holda elektr jiliozning eruvchan saqlagichi uziladi va tok kelishi to'xtaydi. Jiliozni ta'mirlab, yangi eruvchan saqlagich qo'ygandan keyingina uni elektr tarmoqqa ulash mumkin.
4. Xonadondagi rozetkalarda va elektr lampochka patronlarida doimo tok bo'ladi (113- rasm).
Rozetka teshigiga yoki lampochkasiz patron ichiga metall buyumni tiqish juda xavfli. Bu holda metall buyum orqali odamni tok uradi.
Kichik yoshdagi bolalardan ehtiyot qilish uchun rozetkalar ularning qo'li yetmaydigan darajada poldan balandroq qilib o'rnatiladi. Kichik yoshdagi bolalar bo'lgan uylarda rozetkaga plastmassali maxsus moslama tiqib qo'yish maqsadga muvofiqdir.
5. Umumiy elektr tarmoqda tok o'cliib qolgan paytda ba'zi odamlar xonadon elektr zanjirining sliikastlangan joyini ta'mirlamoqchi bo'ladilar. To'satdan tok kelib qolsa, tok urishi mumkin (114- rasm).
Ba'zi hollarda umumiy tarmoqning faqat bitta fazasida kuclilanish bo'lmasligi, ikkinchi fazasida kuchlanish paydo bo'lislii mumkin. Elektr lampochka yonmayotganini ко'rib, ayrim kisliilar bemalol simning ocliiq joyini ushlab, ta'mirlash islilarini bajarmoqclii bo'ladilar. Agar simning shu fazasida tok bo'lsa, bu tok odam tanasi orqali yerga o'tadi va uni tok uradi.
Xonadon elektr zanjiridagi shikastlangan joyni ta'mirlashda tarmoqda elektr toki bo'lishi yoki bo'lmasligidan qat'i nazar hisoblagichdagi ikkala patrondan saqlagichlarni olib qo'yish zarur.
|
| |