|
Saqlagichning vazifasi zanjirdagi tok kuchi yo'l qo'yilganidan ortib ketganda zanjirni uzishdan iborat
|
bet | 40/94 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 7,54 Mb. | | #138030 |
Bog'liq 8-s-f-d-i-tSaqlagichning vazifasi zanjirdagi tok kuchi yo'l qo'yilganidan ortib ketganda zanjirni uzishdan iborat.
Radio, televizor, magnitofon kabi elektr asboblarga eruvchan saqlagichlar qo'yiladi. Bunday eruvchan saqlagichda ingichka sim shisha naycha o'qi bo'ylab tortilgan bo'ladi. Shisha naychaning uchlarida metall uchliklari bo'lib, ingichka simning uchlari shu metallarga payvandlab qo'yiladi. Naycha maxsus tutqichga o'rnatiladi.
Tarmoqdagi elektr kuchlanish 220 V dan ortib ketganda yoki elektr asbob ichida biror nosozlik tufayli belgilangandan katta miqdorda tok oqib o'tsa, saqlagichdagi ingichka sim darhol uziladi. Bu esa elektr asbob ishdan chiqishining oldini oladi.
4.Darsni mustaxkamlash uchun savollar:
Xonadondagi elektr iste'molchilar nima sababdan ketma-ket emas. balki
parallel ulangan bo'ladi?
5.Uyga vazifa: 75-77 - betni o’qib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:________________________________
8-sinf Fizika
Sana: “A”«__» _________ 201__ y. “B”«__» _________ 201__ y. “V”«__» ________ 201__ y.
Darsning mavzusi: Xonadon elektr zanjiridagi ulashlar
Darsning maqsadi :
Talimiy maqsad: O’quvchilarga xonadon elektr zanjiridagi ulashlar xaqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiatga bo’lgan muhabbatini o’yg’otish, Tabiatni asrab avaylashga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish,nutq madaniyatini o’stirish.
II.Dars turi: Maruza
III.Dars jixozi: Rasmli plakatlar , slaytlar
|
| |