|
Yakkalangan o'tkazgichda elektr zaryadlari uning sirti bo'ylab taqsimlanadi. O'tkazgich ichida zaryad bo'lmaydi
|
bet | 12/94 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 7,54 Mb. | | #138030 |
Bog'liq 8-s-f-d-i-tYakkalangan o'tkazgichda elektr zaryadlari uning sirti bo'ylab taqsimlanadi. O'tkazgich ichida zaryad bo'lmaydi.
M
.Faradey o'tkazgich icliida elektr zaryadlari bo'l- masligini isbotlash uchun yog'ochdan qafas yasagan. Qafasning tashqi sirtini yupqa folga bilan qoplagan. Faradey qo'liga elektroskop olib, qafas ichiga kirib olgan. Uning yordamchilari qafasni ipak arqonlar bilan osishgan, so'ngra qafasga elektr zaryadlari berishgan. Qafas ichidagi elektroskop ham, Faradey ham qafasning zaryadlanishini sezmagan.
Faradey o'tkazgan bu tajriba ham o'tkazgich ichida zaryad bo'lmasligi, elektr zaryadlari faqat o'tkazgich sirti bo'ylab joylashishini isbotlaydi.
Zaryadlar metall shaming sirtida joylashishiga ishonch hosil qildik. Lekin ixtiyoriy shakldagi o'tkazgich sirtida zaryadlar qanday taqsimlanadi?
29- rasmda tasvirlangan shakldagi o'tkazgichni zaryadlaylik. Rasmda ko'rsatilgandek, o'tkazgichning turli joylariga folga yaproqchalarini qo'yaylik. Bunda o'tkazgich sirtidagi zaryadlar ta'sirida yaproqchalar turlicha tarzda ocliiladi.
Murakkab shakldagi yakkalangan o'tkazgichda elektr zaryadlari notekis taqsimlangan bo'ladi. O'tkazgichning uchli joylarida zaryadlar zich, tekis joylarida siyrakroq, botiq joylarida esa juda siyrak joylashadi.
Yakkalangan o'tkir uchga ega sharni o'tkazgich sim orqali elektr zaryadlari manbayiga ulab, uni uzluksiz zaryadlab turamiz. Shaming o'tkir ucliida zaryad eng zich ekanligi ma'lum. Shaming ucliiga yonib turgan shamni yaqinlashtiramiz. Bunda alanganing shamol ta'siridagidek. Shuning uchun bu hodisa
elektr «shamol» deb yuritiladi. Bu tajriba murakkab shakldagi yakkalangan o'tkazgich sirtida elektr zaryadlarining notekis taqsimlanishi, o'tkazgichning uchli joylarida zaryadlar zich joylashishini tasdiqlaydi.
4.Darsni mustaxkamlash uchun savollar:
Metall sharda elektr zaryadlari qanday joylashgan bo'ladi?
28- rasmda tasvirlangan tajribani tushuntiring.
Faradey qafasi haqida gapirib bering.
|
| |