PASCAL va DELPHI: o’zgaruvchilar dasturning tavsiflash qismida albatta
tavsiflanishi, ya’ni ularning turi ko’rsatilgan bo’lishi lozim.
Dasturda
o’zgaruvchilarni tavsiflash Var xizmatchi so’zi bilan boshlanadi.
BASIC, PASCAL va DELPHI: butun sonli qiymatlar qabul qiladigan
o’zgaruvchilar butun sonli o’zgaruvchilar deyiladi.
PASCAL va DELPHI da
o’xshash 5 tur o’zgaruvchi bo’lib, bir- biridan qabul qiladigan qiymatlarining
chegarasi (diapazoni) va kompyuter xotirasidan egallaydigan joyi (hajmi) bilan
farqlanadi. Jadvallarda butun sonli o’zgaruvchilarni tavsiflash uchun maxsus
so’zlar, ularga mos qiymatlar chegarasi va egallaydigan xotira hajmi keltirilgan: