Quritish qurilmalarida quritish usuli havo harorati, olmaning yirik-maydaligiga
qarab quritish 6-8 soatdan 10-12 soatgacha davom etadi. Olmadan 10-15%
qoqi olinib,
qanddorligi 45-65%, kislotaliligi 1-4% gacha saqlangan bo„lishi mumkin. Quritilgan
mahsulotlar tarkibidagi namlik naviga qarab 15-18% dan oshmasligi lozim. Bu namlikda
qoqi elastik, ezilganda ushalmaydigan bo„ladi. Tayyor mahsulotlarni 1-2 yilgacha maxsus
idishlarda saqlanadi.
6.9-jadval
Olmani GFM-FD-1 qurilmasida quritish rejimlari.
Olmani GFM-FD-1 qurilmasida quritish uchun tayyorlashda paraxalangan olma
askorbin kislota yoki limon kislotaga eritmaga bo„ktirib olingandan so„ng suvi sirqitirib
olinadi va so„ngra quritsh kamerasi lentasiga 3 sm.li qalinlikda yoyib chiqiladi. Olmani
GFM-FD-1 qurilmasida quritish rejimlari 6-jadvalda keltirilgan.
Shakli va
o„lchami
Urug„doni olingan,
diametri 30 mm.dan
va qalinligi 4-5
mm.dan kam
bo„lmagan butun
dumaloq
Turli o„lchamdagi
butun dumaloq
yoki bo„laklangan
Turli
o„lchamdagi
butun dumaloq,
bo„laklangan
yoki ikkiga
bo„lingan
Quritish rejimi
Olma
Quritish uskunasining 1-lentasiga xom-ashyoni yuklash me‟yori
(kg/m
2
)
7,6
Lenta ustidagi havoning harorati,
0
C.
1-lenta
95
2-lenta
80
3-lenta
70
4-lenta
55
Uskuna lentasining harakatlanish tezligi (m/min)
35-55
1-lenta
85
2-lenta
65
3-lenta
40
4-lenta
25
Quritish
davomiyligi, min.
420
Foydalanilib bo„lingan havoning nisbiy namligi, (%)
20-25
•
100
Xom-ashyoga ishlov berish usuliga ko„ra quritilgan olmalar quyidagi turlarga
ajratiladi:
1)
po„stlog„i tozalanib, urug„doni olinib askorbin
kislota bilan ishlov berib
quritilgan;
Tajribani bajarish. 1-usul. Olmalarni yaxshilab yuvilganidan so„ng, pichoq
yordamida urug„ kamerasi olinadi va aylana qilib yassi holatda 3-4 mm qalinlikda
to‟g„raladi va analitik tarozida tortiladi. To‟g„ralgan olmalar qorayib qolmasligi uchun 5-
7% li askorbin kislotaga botiriladi. Toza byukslarni qopqog„i bilan birga analitik tarozida
tortib qiymati laboratoriya daftariga yoziladi. So„ngra olmalarni eritmadan olib suvi
sirqitilib byukslarga solinadi, analitik tarozida o„lchab, daftarga qayd qilinadi va quritish
shkafiga joylashtiriladi. 60-85
0
С haroratda 4-6 soat mobaynida
quritiladi va qurigan
olmalar byuks bilan birga og„zi yopilgan holatda eksikatorga solib, eksikatorning og„zini
mahkamlab 20-30 minut davomida sovitiladi. So„ngra sovitilgan olma qoqi byuks bilan
birgalikda analitik tarozida tortiladi va o„lchangan qiymat daftarga yozib olinadi.
2-usul. Olmalarni yaxshilab yuvilganidan so„ng, pichoq yordamida po„chog„i va
urug„ kamerasi olinadi hamda aylana qilib yassi holatda 3-4 mm qalinlikda bo‟laklarga
bo‟linadi va analitik tarozida tortiladi. To‟g„ralgan olmalar qorayib qolmasligi uchun 5-
7% li askorbin kislota va limon kislotaga 5-10 minut botiriladi. Toza byukslarni qopqog„i
bilan birga analitik tarozida tortib qiymati laboratoriya daftariga yoziladi. So„ngra
olmalarni limon kislota eritmasidan olib sirqitilib byukslarga solinadi, analitik tarozida
o„lchab, daftarga qayd qilinadi va quritish shkafiga joylashtiriladi. 60-85 °С haroratda 5-7
soat mobaynida quritiladi va qurigan olmalar byuks bilan birga og„zi
yopilgan holatda
eksikatorga solib, eksikatorning og„zini mahkamlab 20-30 minut davomida sovitiladi.
So„ngra sovitilgan olma qoqi byuks bilan birgalikda analitik tarozida tortiladi va
o„lchangan qiymat daftarga yozib olinadi.
Daftarga yozib olingan qiymatlar bo„yicha quyidagi formula yordamida quritish
jarayonida yo„qotilgan suv miqdori hisoblanadi (%):