Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
191
Boshqa mavzuli ma’lumotlarga quyidagilar kiradi:
•
suv toshqini zonalari;
•
demografiya;
•
energotizim;
•
suv tarmoqlari;
•
oqova suv tarmoqlari;
•
gaz va neft quvurlari.
MGAT ma’lumotlar bazalarining yagona topografik-geodezik asos bilan
uzviy bogʻliq u yoki bu jarayon holatini aks ettiruvchi toʻplamini oʻzida
ifodalaydi va bu quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi:
•
axborotni kompleks va yaqqol ifodalash;
•
axborotning fazoviy jihatdan aniq bogʻlanishi va
tizimga solinishi;
•
jarayonlar va hodisalarni, xulosalarni kartaga tushirgan holda dinamik aks
ettirish va modellashtirish imkoniyati;
•
iqtisodiy va statistik tahlil dasturlari bilan birga qoʻshgan
holda maqbul
boshqaruv qarorlarini tayyorlash.
6.2-rasm.
MGATning asosiy komponentlari (
Manba:
Samborskiy, 2010
)