Ruxsat etilgan tarmoq adapterlari ro’yxati Ruxsat etilgan adapterlar ro‘yxati oynasini ochish uchun Wireshark
instrumentlar panelidagi “Interface List” tugmasini bosish kerak.
6.4.- rasmRuxsat etilgan tarmoq adapterlari ro’yxati.
• amaliy ish uchun real adapter tanlanadi (“Virtual”);
• “options” tugmasi trafikni ushlash sozlamalari oynasini ochadi;
6.5.- rasm Trafikni ushlash sozlamalari oynasi.
• “details” tugmasi tarmoq adapteri statik xususiyatlari oynasini ochadi.
Trafikni ushlash sozlamalari oynasi Ushbu oyna rakamli tarmoq trafigini ushlashni quyidagi sozlanmalarini
o‘rnatish mumkin:
• Trafikni ushlash uchun interfeysni tanlash;
• Barcha tarmoq paketlarni qabul rejimida paketlarni ushlab olish (Capture
packets in promiscuous mode) – ushbu rejimni yoqish orqali dastur tarmoq adpteri
orqali kelayotgan barcha PDU (Protocol Data Unit) tarmoq paketlarini ushlash
mumkin. O‘chirilganda faqat ushbu adapterga adresslangan PDU paketlar ushlab
kolinadi
• MAC adreslarni o‘zgartirgichni yoqish (Enable MAC name resolution) (misol:
00:09:5b:11:22:33 -> Netgear_11:22:33)
Filtrni qo‘llash Filtrni qo‘shish uchun quyidagilar zarur:
• Filtrlar kiritish maydoniga filerni kiritish/tahrirlash;
• “Apply” tugmasini bosish.
Yashil rangli maydon filtri, filtr qurish qoidalari asosida kiritilganligini
anglatadi .
Qizil rangli maydon filtri xatolik bilan kiritilganligini anglatadi.
Filtrni qurish Wireshark dasturida filtrlash ikkita darajada bajarilishi mumkin:
• protokol bo’yicha filtrlash - ushlab olingan paketlar darajasida filtrlash,
bunda filtrlash belgilangan protokol bo’yicha bajariladi;
• protokol maydoni bo’yicha filter (Display filter) - ushlab olingan
paketlarning maydon qiymatlar darajasida filtrlash, bunda filtrlash protokol
sarlavxasidagi maydonlarning qiymatlari bo’yicha bajariladi.
Belgilangan protokol bo’yicha filtrlash uchun protokol nomini kiritish kerak
(misol: dhcpv6) filtr kiritish maydoniga kiritib “Apply” tugmasini bosish.
6.6.- rasm. Filtrni qo‘llash.
6.7.- rasm. Filtr qo‘llanilgandan so‘nggi jarayon.