Ijtimoiy tarmoqlar xavfsizligi. Ijtimoiy tarmoqlar bugun ko„pchilik uchun Internetning asosiy
qismiga aylanib ulgurdi. Ya‟ni ko„plab foydalanuvchilar bugun Internetga, asosan, ijtimoiy tarmoq-
larda vaqt o„tkazish uchun kiradi: yangiliklarni ham, video va boshqa ko„ngilochar ma‟lumotlarni
ham shu tarmoqlardan oladi; do„stlari bilan gaplashadi, suhbat quradi va hokazo.
Ommaviy ijtimoiy tarmoqlarga misol sifatida va
Muloqot kabi saytlarni keltirish mumkin. Internet foydalanuvchilarining shaxsiy daxlsizligiga eng
katta tahdid hozir ana shu tarmoqlardan kelishi mumkin. Chunki eng ko„p shaxsiy
ma‟lumotlaringiz, surat- laringiz va hatto kredit karta va bank ma‟lumotlaringizni shu saytlarga
kiritgan bo„lishingiz mumkin. Demak, bu ma‟lumotlar pand bermasligi uchun ijtimoiy
tarmoqlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak. Quyidagi tavsiyalarga amal qilish zarur:
Ijtimoiy tarmoqlarga, imkoni boricha, shaxsiy ma‟lumotlaringizni kamroq joylashtiring.
Shuni unutmaslik kerakki, ijtimoiy tarmoqlar xavfsizlik choralarini qanchalik kuchaytirmasin, u
yerga joylashtirilgan ma‟lumotlaringiz hech qachon to„la xavfsiz bo„la olmaydi. Eng yomon holatda
sayt xakerlar hujumiga uchrab, undagi yashirin suratlaringiz, yashirin yozishmalaringiz bir kunda
butun dunyoga oshkor bo„lib ketishi hech gap emas.
Bu yerning ommaviy maydon ekanini unutmang. U yerga biror surat yoki gap yozib qoldir-
dingizmi, u endi Internet serverlariga muhrlanib qoladi va bu gap-ma‟lumotlarni sahifangizdan
o„chirib yuborgan taqdiringizda ham, u server xotiralaridan o„chmasligi mumkin. Shuning uchun
har qanday gap-so„zni yozishdan oldin yetti o„lchab bir kesing.
Saytda ro„yxatdan o„tishdan oldin tarmoqdan foydalanish qoidalari bilan tanishib chiqing.
Uzundan uzoq bu qoidalarni ko„pchilik o„qimaydi, ammo bunday saytlar, odatda, mas‟uliyatni
zimmalaridan soqit qilish uchun ko„p masalalarda to„liq mas‟uliyatni foydalanuvchi zimmasiga
yuklaydi. Masalan, tarmoqqa qo„yilgan har bir surat saytning mulkiga aylanadi, degan shart bo„lishi
mumkin. Agar bu kabi shartlarga rozi bo„lmasangiz, saytga a‟zo bo„lmang.
Saytning sozlamalar panelidan (Settings) xavfsizlik bo„yicha mavjud imkoniyatlarni
o„rganib chiqing. Yozayotganlaringiz yoki sahifangiz kimlarga ko„rinadi, kimlar sizga xat yoza
oladi kabi masalalarda shu paneldan o„zingizga mos holatni tanlab olishingiz mumkin.
Shubhali havolalarni ochmang. Ular tarmoqdagi profilingizga kirishni ko„zlovchi zararli
dasturlar bo„lishi mumkin. Bu esa sizning nomingizdan do„stlaringizga istalmagan xat va havolalar
ketishiga sabab bo„lishi mumkin.
Do„slaringiz bilan qiladigan maxfiy chatlaringiz ham, aslida, kuzatuvdan xoli emas. Sayt
ma‟muriyati yoki hukumat idoralari, xohlasa, bu ma‟lumotlarni ochib ko„ra olishlari mumkin.
Mobil Internetning insoniyat uchun foydasi va imkoniyatlari kundan kunga oshib bormoqda. Shu
bilan birga xavfsizlik borasida ham muammolar kamaygani yo„q. Barcha kerakli avtiviris va boshqa
axborot xavfsizligini ta‟minlovchi dasturlarga ega bo„lsangiz ham, sizning Internetdagi faoliyatingiz
hech qachon yuz foiz xavfsiz bo„lmaydi. Parolni murakkab tanlash yoki zararli saytlarga kirmaslik
orqali sizga bo„ladigan xavf darajasini minimumga tushirishingiz mumkin, ammo agar xakerlar
shaxsan sizini hujumga olishni qasd qilsa, ular tahdididan omon chiqishingiz ehtimoli juda kam.
Albatta, oddiy odamlarning qasddan qilingan xakerlar hujumiga duch kelishi deyarli uchramaydi.
Shuning uchun xulosa sifatida sizga mobil Internetdan xavfsiz foydalanish bo„yicha tavsiya-
larimizni taqdim etamiz.
Imkoni boricha shaxsiy ma‟lumotlaringizni Internet saytlariga va tarmoqlariga kamroq
kiriting.
Notanish odamlar bilan muloqot qilmang va ulardan kelgan elektron pochta maktublaridagi
sayt manzillarini va ilova qilingan fayllarni aslo ochmang. So„nggi paytlarda hatto o„zbek tilida
ham spam va zararli emaillar kelmoqda.
Nazorat savollari
1. Mobil qurilmalarda xavfsizlikni yo„llarini gapiring.
2. Elektron pochtadagi xavfsizlik qanday?
3. Mobil qurilmalarni himoyalash usullari qanaqa?
Ijtimoiy tarmoqlar xavfsizligi deganda nimani tushunasiz?
|