|
-jadval. Korxonalar personalini rag‘batlantirishning iqtisodiy va noiqtisodiy omillari.4
|
bet | 6/8 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 358 Kb. | | #120733 |
Bog'liq Korxona personalni boshqarishning ijtimoiy uslublari2-jadval. Korxonalar personalini rag‘batlantirishning iqtisodiy va noiqtisodiy omillari.4
Iqtisodiy motivlar
|
Noiqtisodiy (tashkiliy va ma‘naviy) omillar
|
Maqsadli motivlar
|
Mehnatni boyitish motivlari
|
Dahldorlikni oshirish omillari.
|
1
|
2
|
3
|
4
|
Ish haqi Tadbirkorlik foydasiTurli imtiyoz va mukofotlar berish yoki jarima mukofotdan mahrum etish va h.k.
|
xodimlar oldiga ular faoliyatini yuksaltiruvchi aniq va ravshan maqsadlarni qo‘yish
|
Xodimlarning ish faoliyati doirasini kengaytirish xodimlar mehnatini boyitish;murakkab ish berish; yanada yuqoriroq boshqichdagi ish berish va h.k.
|
Sotsial masalalarni yechishda xodimlarga hal qiluvchi ovoz berish qarorlarni qabul qilishda xodimlarni jalb qilish xodimlarga mas‘uliyat yuklash va vakolat berish va h.k
|
Xizmat ko‘rsatish korxonalarida personalni boshqarish va mehnat natijalarini rag’batlantirishda motivatsiyaning quyidagi iqtisodiy va noiqtisodiy usullari qo‘laniladi. Ishga qiziqtirish nazariyalarida rag‘batlantirish shunchaki pul va imtiyozlardan ancha kengroq ma‘no kasb etadi. Rag‘batlantirish inson o‘zi uchun
qadrli deb hisoblaydigan hamma narsani qamrab oladi.Hozirgi davrda insonning mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishga qiziqishi sabablari ancha murakkab, odatda ularni tushunib yetish qiyin, demakki bu qiziqishga ta‘sir o‘tkazish ham oson emas.
Insonning qiziqishi tarkibiga uning xatti-harakatlari asosi, deb qarash mumkin va bu tarzda o‘zini tutishga da‘vat qiluvchi ichki kuch sifatida qaraladi. Bu tarkib muayyan barqarorlikka ega. Shunga qaramasdan, insonni tarbiyalash jarayonida, uning ta‘lim saviyasi oshishi bilan qiziqish tarkibi ham o‘zgarib boradi. Hozirgi vaqtda personalga ma‘muriyat tomonidan qo‘shimcha imtiyozlar berish tajribasi keng yoyilmoqda. Ular quyidagilardan iboratdir: xodim maqomi nufuzini belgilovchi, xodim ijtimoiy himoyalanganligini ko‘rsatuvchi, bevosita bajarilgan ish va ishlab chiqarish vazifasi uchun belgilangan imtiyozlar. Mukofotlash tariqasida u yoki bu imtiyozni tanlash ma‘muriyat vakolati hisoblanadi.
|
| |