5.2-rasm. Vintli strubsina: 1 - obechayka; 2 - strubsina; 3 - siqish vinti.
Ulanayotgan joylar o„lchamlaridagi xatoliklar yo„l qo„yiladigan
chegara doirasida bo„lishi lozim: xalqa choklaridagi siljishlar apparat
listining 10% dan oshmasligi lozim, ikki qatlamli po„latlarda esa qoplama
qatlamning qalinligidan oshmasligi kerak. Ulanayotgan joylarni bir-biriga
keltirish, masalan joyida tortish, tarqatish, ustma-ust qo„yish mashina
zavodlarida qo„llaniladigan asboblar va moslamalar: vintli strubsinlar (5.3-
rasm), tortadigan ponalar (5.4-rasm) va boshqalar yordamida amalga
oshiriladi.
5.3-rasm. Obechaykalarni uchma- uch o‘rnatish 5.4-rasm. Ulanayotgan qirralar o‘rtasidagi tirqishni to‘g‘rilash uchun qo‘llaniladigan tortuvchi ponalar Payvandlab ulanadigan joylarda obechayka listlarining qalinligiga
qaramasdan 2-4 mm oralig„ida bo„lishi kerak bo„lgan zazorlar yaxshilab
nazorat qilinadi. Payvandlanadigan qirralar metall cho„tkalar bilan
yaxshilab tozalanadi. Ushlash (prixvatka) xuddi to„liq payvandlash singari
loyihada ko„zda tutilgan elektrodlar yordamida bajariladi.
Hududdagi payvandlash olib boriladigan joy chokning ifloslanishining
oldini olish uchun atmosfera yog„ingarchiliklari va shamoldan
himoyalangan bo„lishi lozim. Payvandlashni g„ildirakli stendda bajargan
ma‟qul (5.5-rasm), uning ramasiga bir yoki ikkita payvandlash apparati
o„rnatiladi. Ichki chokni payvandlash uchun avtomatlardan biri
apparatning ichiga joylashtiriladi.
5.5-rasm. Apparat ulanadigan joylarni payvandlash uchun g‘ildirakli stend: 1 - stendning asosi 2, 8- harakatlanadigan va statsionar g„ildiraklar, 3, 5 -
payvandlash avtomati 4 - rama 6 apparat, 7 - flyus uchun vanna, 8 - statsionar
g„ildiraklar, 9 - payvandlash avtomatining harakatlanadigan ramasi.
Payvandlash tugaganidan keyin yig„ilgan apparatning yo„l qo„yiladigan
chegara doirasida bo„lishi lozim bo„lgan barcha o„lchamlari tekshiriladi.
Mas‟ul ustunli apparatlarning korpuslari quyidagi talablarga javob berishi
kerak: uzunlikdagi xatoliklar loyihadagidan 0,3% oshmasligi lozim; 1 m
joydagi silindr hosil qiladigan qiyshiqlik 2 mm dan oshmasligi, 10 metrdan
baland bo„lgan apparatlar uchun esa -3 mm dan oshmasligi kerak.
Ko„plab ustunli apparatlar ichida rektifikatsion ustunlar ancha murakkab
ichki qurilmalar bilan jihozlanganligi va keng tarqalganligi bilan ajralib
turadi va shu sababli ushbu ustunlarning asosiy uzeli bo„lgan rektifikatsion
tarelkalarning montaji va ta‟mirini atroflicha ko„rib chiqamiz. Rektifikatsion
tarelkalarni o„rnatish uslubi ularning konstruksiyasi va texnologik vazifasiga
bog„liq. Ularni ustunlarni vertikal (ishchi holat) va gorizontal holatda qo„yib
ham yig„ish mumkin. Ikkinchi usul montaj ishlarining umumiy
davomiyligini qisqartirish imkonini beradi, biroq apparatni ko„tarish uchun
katta yuk ko„taradigan moslamalardan foydalanishni talab qiladi.
Tarelkalarning ustunlarning ichiga lyuk orqali yoki korpusning erkin
burchagi orqali (bloklab yig„ishda) olib kiriladigan qismlarga ajraladigan
detallari belgilangan ketma-ketlikda yig„iladi.
5.6-rasmda tarnovsimon tarelkalar uchun qalpoqchalar va to„kish
plankalarini mahkamlash uzeli ko„rsatilgan. Tarnov yoki stakan ish
rejimiga bog„liq holda tarelkadagi suyuqlik sathidan 10–25 mm yuqorida
turishi kerak.