4.Urdushev X. Informatika va axborot texnoljgiyalari. SamQXI.uz
4
Bir butun kompyuter, yoki uning tarkiy qismlari o’z-o’zidan axborotlarni
qayta ishlay olmaydi. Kompyuterning ishlashini turli xil funksiya va vazifalarni
bajaruvchi
dasturlar
boshqaradi.
Hisoblash tizimining dasturiy ta’minoti
dasturli konfigurasiya
deb ataladi.
Hisoblash tizimlari fizik tugin va bloklarda ajratilgani singari, dasturlararo ham
o’zaroaloqa mavjud bo’ladi, ko’plab dasturlar boshqa quyi darajadagi dasturlarga
tayangan holda ishlaydi. Dasturiy ta’minot darajalarini piramidaga o’xshash
konstruksiyaga qiyos qilish mumkin.
Dasturiy ta’minotning darajali tuzilishi.
1)
Dasturiy ta’minotning bazaviy darajasi
. Bu dasturiy ta’minotning eng quyi
darajasidir. U bazaviy apparat vositalari bilan o’zaroaloqani ta’minlashga javob
beradi. Qoidaga ko’ra, bazaviy dasturiy vositalar, bevosita bazaviy uskunalar
tarkibiga kiradi va doimiy xotira (ROM) deb ataluvchi mikrosxemalarda saqlanadi.
Dasturlar va berilganlar doimiy xotira mikrosxemalarini ishlab chiqarish etapida
ularga yoziladi. Demak, bazaviy dasturlar doimiy xotira qurilmasida saklanadi.
Kompyuterni ekspluatasiyasi davomida bazaviy xotira o’zgarmaydi va ularni
o’zgartirish ham mumkin emas.
Bazaviy dasturiy ta’minotni o’zgartirish texnik jihatidan maqsadga muvofiq
hisoblangan
holatlarda,
operativ
xotira
mikrosxemalari
o’rniga
-
qaytadasturlanuvchi doimiy xotira
(ERROM) qurilmasi ishlatiladi.
2)
Tizimli darajadagi dasturiy ta’minot
. Tizimli daraja – bu, oraliq darajadagi
dasturiy ta’minotdir. Sababi, bu darajada ishlovchi dasturlar, kompyuter tizimida
ishlovchi o’zga dasturlarni bazaviy darajadagi dasturlar va bevosita apparat
ta’minoti bilan o’zaroaloqasini ta’minlash vazifasini bajaradi. Masalan, hisoblash
4.2-rasm.
Apparat ta’minoti