• Tayanch so’zlar: Yer qobigi, mineral resurslar, qazilma boylik, yonuvchi foydali qazilma, metal foydali qazilma, tog jinsi, mineral xomashyo, energetik xomashyo, rekultivatsiya.
  • LANDSHAFTLARNI MUHOFAZA QILISh. Reja: 1 . Landshaftlar
  • 2. Tabiiy va antropogen landshaftlar. 3. Insonning landshaftlarga tasiri va uning ekologik oqibatlari. 4. Alohida muhofaza qilinadigan xududlar ekologiyasi.
  • YER OSTI QAZILMA BOYLIKLARINI MUHOFAZA QILISh




    Download 59 Kb.
    bet2/3
    Sana10.04.2017
    Hajmi59 Kb.
    #4009
    1   2   3

    YER OSTI QAZILMA BOYLIKLARINI MUHOFAZA QILISh

    Reja:

    1 . Yer osti qazilma boyliklarini o'zlashtirish va tabiatga ta'sir. 2. Qazilma boyliklardan oqilona foydalanish va atrof muhitni ifloslanishdan saqlash muammolari.

    3. Tabiiy komplekslarni muhofaza qilish va buzilgan yerlarni tiklash muammolari.

    4. O’zbekistonning mineral xom ashyo boyliklaridan foydalanishning ekologik muammolari.

    Tayanch so’zlar:

    Yer qobig'i, mineral resurslar, qazilma boylik, yonuvchi foydali qazilma, metal foydali qazilma, tog' jinsi, mineral xomashyo, energetik xomashyo, rekultivatsiya.

    Yer osti qazilmalarini muhofaza qilish deganda insonning kuchli ta'siri ostida bo’lgan yer qatlamini muhofaza qilish, o'zgartirish va foydali qazilmalardan oqilona foydalanish masalalari tushuniladi. Insoniyat xo'jalik faoliyati natijasida yerning ustki qatlamiga kuchli ta'sir ko’rsatadi. Yer po'sti ustki qatlamida joylashgan mineral resurslar insoniyat hayotida juda muhim rol o'ynaydi. Mineral resurslar deganda xalq xo'jaligida keng ishlatiladigan turli qazilma boyliklar tushuniladi. qazilma boyliklar xalq xo'jaligida ishlatilishiga qarab yonuvchi foydali qazilmalar-ko'mir, neft, gaz; metall foydali qazilmalar- turli rudalar;

    Metallar (yun. metalleuo - qaziyman, yerdan qazib olaman) - oddiy sharoitda yuqori elektr oʻtkazuvchanligi, issiq oʻtkazuvchanligi, elektr oʻtkazuvchanligi, elektr magnit toʻlqinlarini yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan oddiy moddalar. M.

    metall bo'lmagan foydali qazilmalar tog' kimyo xom ashyolari, olovga chidamli materiallar, qurilish materiallari va boshqalarga bo'linadi. Insonlar qadimdan yer ostidan kerakli foydali qazilmalarni olib ishlatib kelgan. Jamiyat tarixi asosiy ishlatilgan qazilmalar nomiga mos ravishda «tosh davri», « bronza davri», "temir davri"-deb nomlangan. Vaqt o'tishi bilan foydali qazilmalarni qidirib topish va ishlatish suratlari ham oshib bordi. Hozirgi kunda insoniyat ehtiyojlari uchun yiliga 120 mlrd. tonnadan ortiq foydali qazilmalar, turli jismlar ishga solinmoqda. Foydali qazilmalar xalq xo'jaligining turli tarmoqlari uchun xom ashyo bo’lib xizmat qiladi, Fan va texnikaning rivojlanishi, insoniyat ehtiyojlarining o'sishi natijasida foydali qazilmalarni qidirish, ishlatish hajmi ortib bormoqda. Hozirgi davrda insoniyat foydalanadigan minerallar va tog' jinslarining soni 3500 dan ortiqdir. Ulardan 250 turi mineral xom ashyolar: yoqilg'i va energetik xom ashyo- neft, gaz, ko'mir, uran va boshqalar; qora va rangli metallar; kimyoviy xom ashyolar, qurilish materiallari va hokazolardir. qazilma boyliklar tugaydigan va qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslarga kiradi. qazib olish jarayonida texnologiyaning talabga to'la javob bermasligi natijasida ko'mirning 45 foizi neftning 60 foizigacha, metallarning 25 foizigacha qolib ketadi. Metall rudalari boyitilganda metallning bir qismi va rudamas minerallar tashlab yuboriladi. Bunday nobudgarchiliklar konlarning tezda yaroqsiz ahvolga kelishiga sabab bo’ladi. Mineral xom ashyolarni ochiq va yopiq (shaxta) usullarida qazib chiqarish mumkin. Ochiq usulda olinganda qazilmadan ancha to’liq foydalanish mumkin, lekin atrof muhitga salbiy ta'sir juda oshib ketadi. Yer osti qazilmalaridan isrofgarchilik bilan foydalanish mineral resurslar tanqisligiga sabab bo'ladi.

    Insoniyat mineral xom ashyolar yidirib yer ostiga tobora chuqur kirib bormoqda. Masalan, Namangan viloyatida ochilgan Mingbuloq neft koni 5 ming metr chuqurlikda joylashgan.

    Namangan - Namangan viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Aholi soni boʻyicha Fargʻona vodiysida oldingi oʻrinda. Oʻzbekistonning yirik industrial shaharlaridan biri.

    So'ngi yillarda okeanning hayotga eng boy qirg'oq zonasi (shelf qismi)da neft-gaz konlari tobora ko'proq ishga solinmoqda. Bu o'z navbatida okean suvlari ifloslanishining keskin kuchayishiga olib keldi.

    Hozirgacha aniqlangan qazilma boylik zahiralari isrofgarchilik bilan foydalanilganda lez tugab qolishi mumkin. Ba'zi hisoblarga qaraganda neft va gaz zahiralari XXI asrning o'rtalarigacha yetishi mumkin xolos. Bunday sharoitlarda yoqilgi qazilmalaridan oqilona foydalanish va yangi energetik manbalarni ishga solish muhim ahamiyat kasb etadi.

    Tog'-kon sanoatida mineral qazilma boyliklar olinayotganda atrof muhitga salbiy ta'sir ko’rsatiladi. O'n minglab gektar unumdor yerlar industrial dashtlarga aylanadi. Suv, havo, tuproq ifloslanadi, o’simlik va hayvonlar zarar ko’radi. Tashlandiq yerlarni tiklash rekultivatsiya deb yuritiladi. Rekultivatsiya ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1-kon texnik rekultivatsiya, 2-biologik rekultivatsiya. Birinchi bosqichda yer yuzasi tekislanadi, holati yaxshilanadi va biologik rekultivatsiyadan so'ng tuproq qatlami va o'simligi tiklanadi.

    Yer ostidan turli zararli chiqindilarni joylashtirishda boshqa turli maksadlarda ham foydalaniladi. Tog'-kon sanoati chiqindixonalarida minglab tonna zararli birikmalar saqlanadi va atrof muhitga doimiy xavf solib turadi. Geologik muhitga inson ta'sirini me'yorlashtarish va undagi salbiy o’zgarishlarning oldini olish muhim ahamiyatga egadir.

    O’zbekiston Respublikasi mineral xom ashyo resurslariga boydir. Har yili o'nlab mineral xom ashyo konlari ishga tushirilmoqda. qazilma boyliklardan to’liq foydalanishning ta'minlanmaganligi natijasida tog'-kon sanoatida hosil bo'ladigan chiqindilar atrof muhitning kuchli ifloslanishiga sabab bo'lmoqda. Respublikada har yili sanoatning turli tarmoqlarida 100 million tonnadan ortiq chiqindilar vujudga keladi va ularning yarmi zaharlidir. Hozirgacha yer osti va yer usti chiqindixonalarida 2 mlrd. tonnadan ortiq chiqindi to'plangan. Zilzila, surilma va sel xavfi bo’lgan O’zbekistonmng tog'oldi va tog'li hududlarida joylashgan chiqindixonalar ekologik xavfsizlik talablariga to'la javob bermaydi. Chiqindilar muammosini hal qilish (Tzbekistondagi eng dolzarb ekologik muammolardan hisoblanadi.

    Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.

    1. Er osti qazilmalarini muhofaza qilish deganda nima tushuniladi?

    2. Qanday foydali qazilmalarni bilasiz?

    3. Yer osti qazilmalarining jamiyat hayotidagi rolini baholang?

    4. Mineral resurslarni qazib olish va uning ekologik oqibatlarini tushuntiring?



    LANDSHAFTLARNI MUHOFAZA QILISh.

    Reja:

    1 . Landshaftlar haqida tushuncha.

    Landshaft (nem. Land - yer, schaft - manzara) - 1) tipologik tabiiy komplekslarni umumlashtiruvchi tushuncha: geologik zamini, relyefi, iqlimi, tuproqlari, oʻsimlik turkumi, hayvonot dunyosi, gidrologik rejimining bir xilligi bilan ajralib turadigan va tabiiy chegaraga ega boʻlgan hudud.



    2. Tabiiy va antropogen landshaftlar.

    3. Insonning landshaftlarga ta'siri va uning ekologik oqibatlari.

    4. A'lohida muhofaza qilinadigan xududlar ekologiyasi.

    Tayanch so'zlar:

    Tabiiy komponent, kompleks, landshaft, antropogen landshaft, tabiiy landshaft, ob'ekt, qo’riqxona, tabiiy yodgorlik, geologik jins.

    Tabiat komponentlari-tog' jinslari, suv, havo, tuproq; o’simlik va hayvonlar o'ziga xos xususiyatlari bilan rivojlansa ham o'zaro uzviy bog'langan.Ular o'rtasida to'xtovsiz modda almashinuvi amalga oshadi va natijada tabiiy-hududiy komplekslar-landshaftlar hosil bo'ladi. Cho'l o'rmon, dasht, to'qay va boshqa landshaftlarni ajratish mumkin. O'zaro ichki aloqalari va birligiga ko’ra boshqa joylardan farq qiluvchi, tabiiy chegaralarga ega bo’lgan hududiy komplekslarga landshaftlar, deyiladi. Insonlar malum bir landshaftda yashaydilar va uni o'z ehtiyojlariga moslab o'zgartiradilar. Insonning ta'siri landshaftning imkoniyatlaridan oshib ketsa, undagi muvozanat buziladi. Natijada landshaft butunlay o^zgarishi hatto yo'q bo'lib ketishi mumkin. Landshaftdagi cfzgarishlar o'z navbatida insonlarga ham kuchli ta'sir ko’rsatadi. Shuning uchun tabiatni muhofaza qilishning asl mohiyati va maqsadiga ko'ra landshaftlarni muhofaza qilishdir. Hozirgi vaqtda yer yuzida inson ta'siriga uchramagan tabiiy lan-dshaftlar kam qoldi. Inson ta'sirida o'zgartirilgan landshaftlar antropogen landshaftlar, deyiladi. Antropogen landshaftlar bajaradigan funksiyalari (qishloq xo'jaligi landshaftlari, sanoat landshaftlari, shahar landshaftlari va boshqalar) va o'zgarish xarakteriga (kam o'zgartirilgan, kuchli o'zgartirilgan) ko'ra farqlanadi. Yer yuzidagi landshaftlarning 60% idan ortiqrogM antropogen landshaftlarga kiradi. Inson tomonidan ilmiy asosda o'zgartirilgan, tartibga solib turiladigan, eng yaxshi yashash sharoitlari va iqtisodiy samaradorlikni ta'minlaydigan madaniy landshaftlar ham mavjud. Landshaftlarni muhofaza qilish deganda ulardagi o'ziga xos muvozanat holatini saqlash tushuniladi. Landshaftlarni muhofaza qilishning turli shakllari mavjutdir: a) landshaftlarni to'la muhofaza qilish.

    b) landshaftlarning tabiiy qiyofasini saqlagan holda ayrim tabiat ob'ektlarining muhofazasi; v) qulay antropogen landshaftlarni yaratish va boshqalar.

    Landshaftlarni va alohida tabiiy obektlarni qo’riqlash alohida muhofaza qilinadigan hududlarni tashkil qilish orqali amalga oshiriladi. Bular qo’riqxonalar, zakazniklar, milliy parklar, tabiat yodgorliklari va boshqadardir. Alohida muhofaza qilinadigan xududlar XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab tashkil qilina boshlagan. Hozirgi kunga kelib bunday xududlarning soni yer yuzida 3 mingdan ortib ketgan va quruqlikning 3% idan ortiqroq maydonini egallaydi.

    Qo’riqxona deganda insonning xo'jalik faoliyati butunlay taqiqlangan, tabiiy kompleks asl holida saqlanadagan hududlar tushuniladi. Suv qcf riqxonalari ham mavjud. Qo’riqxonalarda tabiiy muhit holatini o'rganish bo'yicha doimiy ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Biosferada bo'layotgan o'zgarishlarni o'rganish maqsadida xalqaro tashkilotlar (YUNESKO, YUNEP, TMQXI) tashabbusi bilan biosfera qo’riqxonalari tashkil qilinmokda. Yer yuzida 250 dan ortiq biosfera qo’riqxonalar tashkil qilingan. Ularda atrof muhit holatini kuzatish va nazorat qilish kompleks dasturi amalga oshiriladi.

    Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.

    O'zbekistondagi Chotqol qo’riqxonasi biosfera qo’riqxonasi nizomini olgan. Milliy parklarda landshaftlar muhofaza qilniadi va aholi ham dam olishi mumkin. Bu landshaftlarni muhofaza qilishning ilg'or zamonaviy formasi hisoblanadi.

    Zakazniklarda (chet elda rezervatlar) tabiat kompleksining alohida komponentlari muhofaza qilinadi va ba'zi tabiiy resurslardan foydalanish mumkin. Ma'lum maqsadga erishilganidan so'ng ayrim zakazniklardagi muhofaza tartibi bekor qilinishi mumkin. Turli mamlakatlarda ajoyib tabiat yodgorliklari- g'orlar, buloqlar. ming yillik archalar, geologik jinslar ochilib qolgan hududlarning muhofaza qilish maqsadida ham qo'riqxonalar tashkil qilinishi mumkin. O’zbekistonda Kitob geologik qcf riqxonasi mavjud. O’zbekiston Respublikasida hozirgi kunda 9 ta qo’riqxona, 2ta milliy park, 8ta davlat zakaznigi faoliyat ko’rsatmoqda. Muhofaza qilinadigan hududlar 2mln. gektardan ortiq maydonni egallagan bo"lib bu pespublika hududining 4?n ortig'ini tashkil qiladi. Ajoyib tabiat go'shalari tog' qayir va to'qay o'rmonlari muhofazaga olingan.

    Qo’riqxonalarda 350 dan ortiq hayvon turlari 700 dan ortiq o’simlik turlari himoyaga olingan. Ulardan qor barsi, buxoro bug'usi, Menzbir sug'uri xalqaro «Qizil kitobga» kiritilgan. Aloxida muhofaza qilinadigan hududlar tartibini buzganligi uchun moddiy va jinoiy javobgarlik belgilangan. O’zbekistonda 50 dan ortiq asosiy landshaft turlari mavjud bo’lib o'z navbatida qo’riqxonalar soni ham shunga muvofiq bo'lishi kerak. Chunki qo’riqxonalar o'z oldiga barcha tabiiy landshaftlarni etalon sifatda saqlab qolish vazifasini qo’yadi. (Tzbekistonda Ugom-Chotqol va Zomin milliy parklari ham faoliyat ko’rsatmoqda. Turizm va aholi dam olishining landshaftlarga ta'siri katta. Yer yuzida I mlrd.dan ortiq aholi turizm bilan shug'ullanadi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar aholisining 60 foizi turistlardir. Bizning respublikamizda turizm mahalliy aholi o'rtasida ommalashgan emas. Aholi dam oladigan rekreasiya zonalarida landshaftlarni muhofaza qilish tadbirlarini o'z vaqtida o'tkazish alohida ahamiyatga ega. O'zbekistonning yirik shaharlari va poytaxt Toshkent shahrida va shahar atrofida aholi uchun dam olish joylari etarlicha tashkil qilinmagan.

    Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan.

    Natijada noyob tog' komplekslariga ta'sir tez oshib bormoqda. Agar ushbu muammo yaqin yillar ichida hal qilinmasa tog' zonasidagi ekologik muvozanatni tiklab bo'lmay qoladi.
    Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

    1 .Landshaft deb nimaga aytiladi?

    2.Landshaft qanday komponentlardan iborat?

    3.Qanday alohida muhofaza qilinadigan hududlarni bilasiz? 4.O'zbekistondagi mavjud qo’riqxonalar haqida ma'lumot bering?



    5.Aholi dam olishining landshaftlarga ta'siri va uning ekologik oqibatlarini tushuntiring?

    Download 59 Kb.
    1   2   3




    Download 59 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    YER OSTI QAZILMA BOYLIKLARINI MUHOFAZA QILISh

    Download 59 Kb.