o’tishi, arqoq iplarini tanda iplari ustidan to’lqinsimon ko’tarilib egilib o’tishi
deyiladi.
To’lqin uzunligi L (8.2-rasm) to’qimaning o’rilishiga va texnologik zichligiga
ham bog’liq.
8.2-a rasmda polotno o’rilishi uchun to’qimaning kesimi keltiril- gan. Polotno
o’rilishidagi kesimda iplar kuchlar ta'sirida o’z shaklini o’zgartirmagan holda
keltirilgan, 8.2-b rasmdagi atlas o’rilishida esa
8.2-rasmdagi a) polotno o’rilishli to’qimanining kesimi; b) atlas o’rilishli
to’qimaning kesimi.
to’qima to’qilgandan so’ng gorizontal va vertikal yo’nalishda o’z shaklini
o’zgartirgan holda keltirilgan.
To’qimaning geometrik zichligi bilan texnologik zichlik orasidagi bog’liqlik
quyidagicha bo’ladi:
𝑙
𝑇
=
100
𝑃
𝑇
, 𝑙
𝑎
=
100
𝑃
𝑎
(1)
Bunda: P
Т
va P
a
—texnologik zichlilik.
Bizga ma'lumki, to’qimani texnologik zichligi (P
Т
, P
a
,) deb, bir sm yoki 1dm
da joylashgan iplar soniga aytiladi.
2-rasmda to’qimaning tanda va arqoq iplari bo’yicha polotno o’rilishi
uchun
kesimlari keltirilgan.
To’qimaning tuzilishi fazalari tandaiplari va arqoq iplari to’lqini
balandligi
ℎ
𝑡
va
h
a
ga nisbati orqali aniqlanadi. Bularning nisbati koeffitsient
𝜑
ℎ𝑡
𝜑
ℎ𝑎
orqali belgilansa, u holda formula quyidagicha
𝜑
ℎ𝑡
=
ℎ
𝑡
ℎ
𝑎
ko’rinishda yoki arqoq
bo’yicha 𝜑
ℎ𝑎
=
ℎ
𝑎
ℎ
𝑡
ko’rinishda bo’ladi.
To’qimaning fazasini quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:
𝜙 =
9𝜑
ℎ𝑡
+1
𝜑
ℎ𝑡
+1
.
(2)
To’lqin uzunliklarining nisbati koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi:
𝜑
ℎ𝑡
=
ℎ
𝑡
ℎ
𝑎
.
(3)
𝜑
ℎ
= 𝜑
ℎ𝑡
: 𝜑
ℎ𝑎
1-jadvalda N. G. Novikov tomonidan yaratilgan
to’qimaning to’qqizta fazasini aniqlash bo’yicha
va laming koeffitsientlari
keltirilgan.
Texnologik jarayonlar o’timlari.
To’qimachilik matolarining sifat ko’rsatkichlari. Mahsulot sifatini o’lchash va
baholashning nazariy va amaliy jihatdan bog’lanish masalalari hozirgi kunda
mustaqil ilmiy yo’nalish sifatida shakllanib bormoqda. To’qimachilik matolarining
sifat ko’rsatkichlarini standanlashtirishda «sifat» tushunchasi va uni baholash
usullarini ko’rib chiqish lozim.
Mahsulot sifati -mahsulotning jami xossalaridan iborat bo’lib, ishlatilish
davrida iste'molchilar talabini to’liq qondirish demakdir.
Mahsulot sifatini ishlatilish davrida aniqlash talab darajasiga qarab o’zgarib
boradi.
Shu sababli, bir yoki boshqa turdagi mahsulotlar uchun, ayniqsa, ko’p
maqsadlarda ishlatiladigan mahsulotlarning sifatini baholash doimiy o’lchamda
bo’lmaydi. Masalan,; zig’ir gazlamasidan engil yoping’ich va maxsus kiyim-kechak
tayyorlanadi, lekin ularning sifat ko’rsatkichlari turlicha bo’ladi.
Ko’pgina ilmiy ishlar va adabiyotlarda
«sifat » tushunchasi kengroq ishlatiladi
va unga berilayotgan ta'riflar ham turlichadir. Prof. A.N.Solovyov «sifat»
tushunchasini quyidagicha baholaydi:
Material sifati —bu talab xossalariga bog’liq bo’lib, materialning qayta
ishlanishi va ishlatilishi uchun yaroqliligi demakdir.
Mahsulotning sifat ko’rsatkichi —GOST 15467-70
standartiga binoan
mahsulot xossasining miqdoriy xususiyati bo’lib, sifat tarkibiga kiradi, ya'ni uni
yaratish va ishlatish hamda iste'molchilarga yetkazishdagi talabini qondirish.
To’qimachilik matolarining sifat ko’rsatkichlari bo’yicha talab shartlari
standartlar, texnik shartlar yoki qandaydir bir me'yoriy-texnik hujjatlarda keltiriladi.
Barcha mahsulotlarning sifat ko’rsatkichlari ifodalanishi bo’yicha
o’lchamli va
o’lchamsiz (nisbiy yoki balli)ga bo’linadi.
Sifatni baholash darajasi —bu jarayonlarning jami bo’lib,
sifat
Хом ашё омбори
Бабинага ўраш, қайта ўраш
Тандалаш
Танда ғалтаги
Охорлаш
Тўқув ғалтаги
Ўтказиш ёки улаш
Бабинага қайта ўраш
Найчалаш
Намлаш
Тўқувчилик
Саралаш
Хом тўқима
ko’rsatkichlarining
nomenklaturasini
o’z
ichiga
oladi
va
mahsulot
sifatiniboshqarishda ularning sonli qiymatini, shuningdek,
bazali va nisbiy
ko’rsatkichlarini aniqlaydi.
Mahsulotxossasi—mahsulotning yaratilishi, ishlatilishi yoki iste'molida yuzaga
keluvchi obyektiv imkoniyatlar.
Hozirgi paytda me'yoriy-texnik hujjatlarning talablarini hisobga olgan holda,
to’qimachilik materiallarining sifat ko’rsatkichlarini baholashda mahsulotning navi
aniqlanadi, attestatsiyalash davrida esa uning sifat bosqichi belgilanadi.
Mahsulot sifatini nazorat qilish tekshirishga bog’liq bo’lgan mahsulot sifat
ko’rsatkichlari talablarida belgilanadi.
Sinov —ob'ektni miqdoriy yoki sifat xossalari bo’yicha eksperimental aniqlash
demakdir.
Sinov usuli —sinov ishlarini o’tkazish uchun belgilangan tamoyil- larning
qo’llanilishidagi jamiqoidalar.
—
Mahsulot sifati boshlang’ich qiymatga ega. Shu sababli, mahsulot
sifatini baholash yoki o’lchashda quyidagilarni aniqlash va asoslash lozim:
—
to’la-to’kis ishonchli baholash usullari material xossalarining me'yoriy
shartlariga bog’liqligi bo’lib, bu xossalarni aniqlashda xatoliklar hisobga olinadi;
—
sifat ko’rsatkichlarini tanlash materialning ishlatilishga to’la-to’kis
yaroqliligini ko’rsatadi;
—
ta'minlovchi, imkoniyatlarini hisobga olgan holda me'yoriy shartlarning
ratsional darajasi.
Mahsulot sifat ko’rsatkichini ifoda etgan birligiga ko’ra quyidagilarga ajratish
mumkin:
—
miqdoriy birliklarda aks etgan;
—
miqdoriy bo’lmagan birliklarda aks etgan;
—
asosga binoan sinash yo’li bilan olingan;
—
birgina xossasini ifoda etuvchi;
—
barcha xossasini ifoda etuvchi.
Mahsulot sifatini baholashda natijaning qanchalik to’g’ri va haqiqatga yaqin
bo’lishi ham muhim ahamiyatga ega.
Masalan, bir to’p matoning sifat ko’rsatkichini aniqlashda, odatda,
oddiy
standart sinash usulidan fiydalaniladi. O’lchash xatoligi 5%dan oshmaydigan
maxsus asbob-uskunalar yordamida bajariladi. Sinov ishlarini olib borishdan oldin
namuna belgilangan sharoitda saqlanishi lozim. Bunda boshlang’ich ko’rsatkichlari
belgilash katta ahamiyatga ega. Boshlang’ich ko’rsatkichlar o’z navbatida to’g’ri
yoki noto’g’ri, ahamiyat)i ydki ahamiyatsiz bo’lishi mumkin. Tekshirish orqali
aniqlangan o’lchashlar mahsulot sifat darajasini mujassamlashtirgan negizli
ko’rsatkichlarbilan taqqoslanadi.