• Navoiy: Orazin yopg’och ko’zimdan sohilur har lahza yosh, Bo’ylakim paydo bo’lur yulduz nihon bo’lg’och quyosh. Avtor
  • Avtor: Lutfiy yosh shoirning she’riy iste’dodi va mahoratiga ana shunday yuksak baho bergan edi. I- boshlovchi
  • II- boshlovchi
  • 21-oktyabr “Ona tilim jonu dilim” ertalik “Til-millat ko’zgusi” Tadbir senariysi




    Download 255,5 Kb.
    bet31/36
    Sana20.12.2023
    Hajmi255,5 Kb.
    #125140
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
    Bog'liq
    21 oktyabr Til bayrami

    I- boshlovchi: Kelinglar, Navoiy bobomizning o’zbek tilini rivojlantirishdagi
    beqiyos xizmatlarini sahna ko’rinishlari orqali tomosha qilaylik.
    Avtor: Hirotda o’zbek va fors-tojik adabiyotining atoqli arboblari yashab,
    ijod etar edilar. O’zbek adabiy tilining rivojiga katta hissa qo’shgan
    shoir Lutfiy edi. Bir kuni yosh Alisher Navoiy Lutfiy huzuriga keldi.
    U o’zining yozgan g’azallaridan birini keksa shoirga o’qib berdi.
    Navoiy:
    Orazin yopg’och ko’zimdan sohilur har lahza yosh,
    Bo’ylakim paydo bo’lur yulduz nihon bo’lg’och quyosh.
    Avtor:
    Lutfiy Navoiy va boshqa suhbatdoshlariga qarata dedi:
    Lutfiy: Olloh nomiga qasamyod qilib aytamanki, o’zim yozgan turkiy va fors tilidagi o’n- o’n ikki ming baytni shu g’azalga jon-jon deb almashar va shunda o’zimni yutib chiqqan deb hisoblar edim.
    Avtor:
    Lutfiy yosh shoirning she’riy iste’dodi va mahoratiga ana shunday yuksak baho bergan edi.
    I- boshlovchi: O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi O’zbekistonning mustaqillikka erishish, o’zbek adabiyotining jahon so’z san’atidan o’z munosib o’rnini egallashi buyuk Navoiy orzularining ushalishi hisoblanadi.
    II- boshlovchi: Navoiy bir o’rinda so’zni “Javhari ruh” deydi. Tildagi nafosat va jozibali unsurlar tilning qalbida yashiringandirki, shuning uchub ham til qalbida yo’l topishda Alisher Navoiy hayratlanarli unsurlarni kashf etgan.
    Sahna.
    Avtor: Bir kuni Jomiy bilan Navoiy odatdagidek uzoq suhbat qurdilar.
    Jomiy bir qo’lyozmani uzatib, kuldi.
    Jomiy: Ushbuni bir ko’zdan kechirgaysiz.
    Avtor: Navoiy kitobni olib o’pdi, so’ng unvonli sahifani ochdi. Unda Jomiyning o’z qo’li bilan kitob nomi: “Tuhfatul ahror” yozilgan edi. Jomiy Navoiyning turkiy tilda “XAMSA” yozish istagi borligini bilardi. U ushbu kitobni Navoiyga ko’rsatar ekan, uni o’sha maqsadning ijrosiga chorlamoqda edi.

    Download 255,5 Kb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




    Download 255,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    21-oktyabr “Ona tilim jonu dilim” ertalik “Til-millat ko’zgusi” Tadbir senariysi

    Download 255,5 Kb.