• Kuntug’mish
  • Xalq og’zaki ijodidan parcha. “Kuntug’mish” dostoni”. 8-Ye sinf




    Download 255,5 Kb.
    bet20/36
    Sana20.12.2023
    Hajmi255,5 Kb.
    #125140
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
    Bog'liq
    21 oktyabr Til bayrami

    Xalq og’zaki ijodidan parcha. “Kuntug’mish” dostoni”. 8-Ye sinf
    o’quvchilari ijrosida.
    Muallif:
    Xalq og’zaki ijodining durdona asarlaridan bo’lgan “Kuntug’mish” dostonidan parcha. Podshoh Kuntug’mish o’z bolalarini qatl qilish marosimida.
    Mohiboy:
    O’laman deb mard qavlidan toyama,
    Yo’qchilik jo’mardning ko’zin o’yama
    Oq suvdan yilqingni o’zim haydadim
    Qo’lingdan kelganin qilgin ayama.
    Mardlarning parvoyi bo’lmas o’limdan
    Musulmonman kalima kelar tilimdan.


    Xolbeka:
    Qaladin qalampir yuklar qalachi
    Durdonadan anbar tog’ning og’ochi
    Analhaq deb Mansur senga osildi,
    Assalomu alaykum dorning og’ochi
    Shonaman taralar qizlarning sochi
    Madad qiling bobo Zangi podachi
    Analhaq deb Mansur senga osildi
    Assalom alaykum, dorning og’ochi
    Mohiboy:
    Ye sho’rlik qismati qattiq enam. Bu dunyoga kelib biror shod bo’lmay yig’lab o’tgan enam. Taqdiringga ko’n-da. Bu og’ochning qo’lidan nima keladi?
    Bizlar chiqdik ena Zangar elidan
    Bog’bon uzar bog’ning toza gulidan
    Yig’lasang Xudoga yig’la enajon

    Nima kelar quv og’ochning qo’lidan


    Podshoh tolibdir taxt bilan tog’ga
    Ko’ngli kelar doim zakotmand bojga
    Nima kelar quv og’ochning qo’lidan
    Kofirmisan, elinasan og’ochga.


    Gurkiboy:
    Ooo jallodlar, avval meni o’ldiringlar, mening oldimda Mohi o’lmasin, mening ko’zim ko’rmasin. Mening yoshim katta, yo’l meniki
    Beklar minar bedov oting tolmasin,
    Hyech kimsa dunyoda bizday bo’lmasin
    Mendan burun Mohi bebaxt o’lmasin
    Mohining o’ligin ko’zim ko’rmasin
    Zolim jallod, bilmaganin bildirgin
    Yig’latma Mohini, o’ynab-kuldirgin
    Meni o’ldir Mohini qo’y jallodlar,
    Yoshim ulug’, avval meni o’ldirgin.
    Mohi: e jallodlar, gunohni men qildim. Gurkiboy meni shuncha qaytardi,
    aytganini qilmadim. Gurkining gunohi yo’q, meni o’ldiringlar, Gurkini ozod
    qilinglar. Gurkining qoniga zomin bo’lmayin.
    Kuntug’mish:
    Bolam kepti, necha tog’lardan osha
    Ikki zulfi gardiniga yarasha
    Po’shta-po’sht tomoshabin jonlarim
    O’lganin nesin qilasizlar tomosha
    Qo’ldan ketgan davr ilan davronlarim
    Vayron bo’lib ko’shk ilan ayvonalrim
    O’lganin nesin qilasizlar tomosha
    Yo’l bering tomoshabin jonlarim
    Bolamning oldida men dod aylayin
    O’z holima necha faryod aylayin
    O’lganin nesin qilasizlar tomosha
    Qochinglar bolamni ozod aylayin.
    Xolbeka:
    Men seni shahzoda dedim, mard dedim
    Sen qanday siynamga qo’ygan dard eding.
    Chiqsin ko’zing tanimading bolangni
    Ne tiling buni dorga tort deding
    Armon bilan bilganim bildirding
    Zor yig’latib ko’zim yoshga to’ldirding
    Ne tilingman buni dorga tor deding
    Podshoh bo’lib o’z bolangni o’ldirding
    Yura bilmay yurar yo’ldan toyrildim
    Ucha bilmay qanotimdan qayrildim
    Ne tilingman buni dorga tort deding
    Armon bilan men bolamdan ayrildim.

    Download 255,5 Kb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




    Download 255,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xalq og’zaki ijodidan parcha. “Kuntug’mish” dostoni”. 8-Ye sinf

    Download 255,5 Kb.