So‘zdan harf olib tashlash orqali so‘z hosil qilish Har bir guruhga alohida-alohida topshiriqlar quyidagicha berilsa, maqsadga
muvofiq bo‘ladi. Masalan:
1- guruhga: So‘zning oxirgi harfini olib tashlash orqali.
Ko‘chat – ko‘cha
Shodi – shod
Aziza – Aziz
2- guruhga : So‘zning o‘rtasidagi harfni olib tashlash orqali.
Qattiq – qatiq
Ekkan – ekan
3- guruhga: So‘zning bosh harfini olib tashlak orqali
Choy – oy
Qasr – ars
Soy – oy
162
Solmoq – olmoq
“Topishmoq o‘yini ” O‘yinning sharti: O‘quvchilar 3-guruhga bo‘linadi. Kataklarda yashiringan
so‘zlar har bilan guruhga alohida-alohida beriladi:
O‘qituvchi: Qator-qator sirli katak,
Bizga yaqin inoq o‘rtoq
O‘ylab topib, biling sirin
Kataklarda ne yashirin.
“
O‘zbekiston” guruhiga ;
Uyning ustki qismini va biror asarning alohida kitob holdagi nashrini
antlatuvchi so‘z?
“
Nihol” guruhiga: Ijtimoiy guruhlarni va maktabdagi o‘quv tarbiyaviy ishning bosqichlarini
anglatuvchi so‘z?
“Umid” guruhi: Ma’danlardan birining va shaxmat donasining nomini bildiruvchi so‘z?
Topilgan so‘zlarning ma’nosini izohlab, qaysi so‘z turkumiga oid ekanligini
aniqlang, so‘ngra shu so‘zlar ishtirokida sodda gaplar tuzing deb topshiriq beriladi.
“U kimdir, u nimadir?” (Topishmoqli o‘yin)
Ot so‘z turkumi o‘tib bo‘lingach, o‘quvchilarga savol-topishmoq, ya’ni biron
narsaning tasvirini keltirib nomi aytilmaydi va “u kimdir?” yoki “u nimadir?” deb
so‘raladi. Masalan:
Ish buyursang qilmaydi, yotishni o‘yinni hush ko‘radi, kimdir ............ (Dangasa)
Quchog‘iga juda ko‘p bolalar sig‘adi, U hammasiga bilim ham tarbiya berib
ulguradi, u nimadir (Maktab)
163
Bu o‘yin orqali o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini, nutqini o‘stirish mumkin.