31
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA KO‘RIK TANLOVLAR ORQALI
O‘QUVCHILARDA 4K KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH
(Kamalak yulduzlari ko‘rik tanlovi misolida)
Xojiyeva Munira Xolboyevna
Isroilova Muhabbat Abduvaliyevna
Bulungʻur tumani 34-maktab o‘qituvchilari
Annotatsiya.
Maqolada boshlang‘ich sinflarda ko‘rik tanlovlar orqali
o‘quvchilarda 4k ko‘nikmalarini shakllantirishning turli usullari haqida ma’lumot
berilgan.
Kalit so‘z
: tarbiya, ta‘lim, ko‘nikma, tanlov, kollaboratsiya, kommunikativlik,
kreativ fikrlash, kritik fikrlash.
Yosh avlodga tarbiya berishdek murakkab vazifani
hal etishda maktab juda
katta ahamiyat kasb etadi. Ayni shu joyda yoshlarimiz ijtimoiy jamiyat va ilmiy
texnika taraqqiyoti talablariga javob bera oladigan mukammal ma’lumotlarni oladilar.
Maktab yoshlarining dunyoqarashlariga poydevor hamda g‘oyaviy e’tiqodlari uchun
negiz yaratadi, ularning irodalarini shakllantiradi, xalqimiz baxtsaodati yo‘lida sidqi
dildan mehnat qilishga taayyorlaydi. Shuning uchun
ham mamlakatimizda qabul
qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun (2020 yil 23.09) ta’lim tizimining buguni va
kelajagiga umid bilan qarashga undaydi. Hozirgi zamon maktabi tubdan
yangilanmoqda.
O‘quvchilarga tarbiya berish, ularga ta’lim berish bilan mustahkam va yaxlit
birlikda amalga oshiriladi. Ammo, tarbiyaning o‘z
vazifasi, mazmuni, shakl hamda
uslublari bor. O‘quv tarbiyaviy jarayon uzviyligi maktab oldiga qo‘yilgan ehg muhim
pedagogic qoidalardan biri hisoblanadi, shunig uchun
ham sinfdan va maktabdan
tashqari tarbiyaviy ishlar bevosita o‘quv jarayoni bilan bog‘langandir. Darsdan
tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarda asosiy vazifalari bo‘lmish ilm olishga ishtiyoq
uyg‘otish, qobiliyati va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratishdan
maktabni muvaffaqiyatli tugatish, kasb-korga intilish hissini tarbiyalashdan iboratdir.
32
Yoshlarning
kundalik ehtiyojlari, intilishlari, talab va qiziqishlarini faqat dars
jarayoni bilan qondirib bo‘lmaydi. Sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlar
o‘quvchilar faoliyatining barcha qirralarini qamrab olmog‘I lozim. Har bir o‘quvchi
bilan
yakkama-yakka ishlash, uni ijtimoiy-ruhiy jihatdan o‘rganish sinf faoliyatiga
yangicha mazmun olb kiradi.
Tarbiya deganda shakllanayotgan shaxsda shaxsiy,
axloqiy sifatlarni
shakllantirishni tushunamiz. Tarbiya, ta‘lim berish bilan mustahkam aloqada bo‘lgani
holda o‘ziga xos qonuniyatlarga ham egadir. Ta‘lim – tarbiya yagona jarayondir.
Lekin ular bir-biriga aynan o‘xshash emas. Ta‘lim va tarbiyaning birligi avvalo,
ularning maqsadining umumiyligidadir.
Boshlang‘ich ta’lim – shaxs shakllanishi davrining eng muhim bosqichi. Bu
davr bola ong ostida olamni anglash, tasavvur va bilimlar poydevorini tiklash pallasi
bo‘lgani uchun ham nozik e’tibor talab etadi.
Uzluksiz ta’limning asosi hisoblangan boshlang‘ich ta’lim jarayonida XXI asr
ko‘nikmalari hisoblangan 4K ko‘nikmalarini shakllantirish va uni muntazam ravishda
rivojlantirib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshlang‘ich sinflarning dars mashg‘ulotlarida 4K
ko‘nikmalarini
shakllantirishning
didaktik
imkoniyatlari keng hisoblanadi.
4K yondashuvi o‘z nomi bilan 4 ta
tamoyilni o‘z ichiga oladi: