Kirish. Bizga ma’lumki Yevropada XV asrning 40-yillarida kitob nashriyotining paydo boʻlishi bilan
kitobxonlik madaniyatining yangi bosqichi boshlandi. Kitob ta’limi bora-bora shaxsiy muloqotning barcha
an’anaviy shaklini siqib chiqarib, ommaviy ta’lim uchun muhim poydevor yaratdi. Shu bilan birga, biz
uchun har jihatdan mukammal boʻlgan yangi fan kurtaklari – didaktika vujudga keldi, bu esa oʻz navbatida
ilmda yuz berayotgan barcha yangiliklarni oʻqitish uchun qulay boʻlgan darsliklar shakliga keltiradigan
oʻqituvchining yangi qiyofasi shakllandi. Insoniyat tarixida axborotlarni eslab qolish, saqlash, uzatish,
oʻzgartirishga imkon beradigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining paydo boʻlishi va jadal
rivojlanishi XXI asrning yangi ta’lim paradigmasi – axborot madaniyatini yaratishga olib keladi. Shu bilan
birga, bu jarayonlar oʻz navbatida talabalar bilish faoliyatinining imkoniyati cheksiz ravishda oshib boradi
va pedagogning roʻli ham oʻzgaradi. U talabalar uchun nafaqat fanga doir bilimlarni yеtkazuvchi, balki
ma’lumot dengizida “losman” boʻlib, kerakli ma’lumotni tanlab olishga, uni mantiqiy tushunishga va
zamonaviy ta’limning kompetentlik tamoyillariga javob beradigan kasbiy faoliyatida samarali foydalanishga
yordam beradi.
Asosiy qism. Jamiyat rivojlanishining zamonaviy bosqichi mutaxassisning ilmiy darajasi va
kompetentligiga qoʻyiladigan yangi talablarni taqozo etmoqda. Talabalarga taqdim etilayotgan bilimlar
hajmining oʻsishi sharoitida, auditoriya mashgʻulotlarining qisqartirilishi, oʻquv jarayonini yanada
mukammallashtirishga sabab boʻlmoqda. Oʻquv jarayonining samaradorligini oshirish oliy ta’limning asosiy
vazifalaridan biri boʻlib, uni oʻquv jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali hal
https://buxdu.uz
2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
217
qilish mumkin.
Kompyuter grafikasi vositalari oʻqitish metodikasiga yondashuvni tubdan oʻzgartirdi: magnit va elektr
maydonlari, kimyoviy reaksiyalar va boshqalar kabi koʻzga koʻrinmaydigan jarayon va hodisalarni
vizuallashtirish ularni kuzatish va tushunishni yaxshilash imkonini beradi.
Ta’limda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini P.F.Anisimov, P.M.Bisirkin,
A.V.Gololobov, Y.F.Katxanova, A.M.Leybov, A.V.Sobolovalar oʻz tadqiqotlarida ilmiy isbotlashgan.
Kompyuter texnologiyalari oʻquv jarayonidagi mexanik takrorlash uchun zarur boʻlgan vaqtni
qisqartiradi. Masalan, talabalar darsning nazariy bayonlarini yozish oʻrniga, darslikni ma’lumot
tashuvchilarga koʻchirib olishlari mumkin va bu dars vaqtining ma’lum qismini tejashga yordam beradi.
Grafik yoki kurs ishlarini, shuningdek, kurs va diplom loyihalarini bajarishda pedagogning yoʻllanma va
maslahatlari zarur boʻladi. Talabalar tomonidan berilgan savollar yildan-yilga takrorlanadi. Agar ushbu
savollar elektron darslikka kiritilsa, yoʻllanma va maslahat berish uchun ajratilgan vaqt qisqartiriladi. Agar
test yozma nazorati an’anaviy usulda emas, zamonaviy kompyuter vositalaridan foydalanib tashkillashtirilsa,
bu pedagog vaqtining yana bir qismini tejash imkonini beradi.
“Qurilish chizmachiligi” fanida kompyuter texnologiyalarining qoʻllanilishi kundan-kunga rivojlanib
bormoqda. Bu esa talabalarning fazoviy tasavvurini oshirishga xizmat qiladi. Soʻnggi yillarda kompyuter
grafikasiga boʻlgan talab oshib borishi “Qurilish chizmachiligi” fanini yanada chuqurroq oʻrganishni talab
etmoqda. Kuzatuvlar shuni tasdiqlaydiki, kompyuter grafikasi fani oliy ta’limdagi texnik yoʻnalishlar uchun
yangi fan sifatida joriy etilmoqda. Kompyuter grafikasi fani chizma geometriya va muhandislik grafikasi
qonuniyatlariga tayanadi. Tayyorlanayotgan muhandis-pedagoglar kompyuter vositalaridan va grafik
dasturlarda loyihalash ishlarini mustaqil ravishda bajarishlari talab etilmoqda.
Lekin yuqoridagi keltirib oʻtilgan ilmiy tadqiqotlada qurilish chizmachiligida grafik dasturlardan
(ArchiCAD) foydalanish va ularning uzviy bogʻlanishi haqida alohida toʻxtalib oʻtilmagan. Ba’zi bir ishlarda
qurilish chizmachiligida grafik dasturlardan AutoCAD dasturidan foydalanish boʻyicha qator tavsiyalar
berilgan. Hozirgi kunga kelib bu dasturdan qurilish chizmachiligi fanida foydalanish samarali vosita
hisoblanmaydi. Bunga bir qator omillar mavjud:
- ArchiCAD dasturi asosan ikki oʻlchamli chizmalar uchun qulay hisoblanadi;
- ArchiCAD dasturida ikki oʻlchamli chizmalar alohida-alohida (obyektning 2d va 3d holati)
bajariladi;
- alohida-alohida chizilgan chizmalarni barcha talabalar bir xilda tushunishlari qiyin boʻladi;
- ArchiCAD dasturida tayyor standart belgilarni oʻzgartirish uchun uning funksional buyruqlariga
kirish talab etiladi;
- ArchiCAD dasturida standart shartli belgilar soni juda kam va ular ham cheklangan.
Grafik dasturlar ichida koʻplab dasturlarda bir yoʻla ham 2d chizma ham 3d model koʻrinishlarini
chizish mumkin boʻlgan funksiyalar mavjud. Lekin koʻpchilik grafik dasturlarda yaratilgan davlarning
standartlari kiritilgan boʻladi, ularning ba’zilarini oʻzgartirish imkoni mavjud boʻlsa, ba’zilariniki mavjud
boʻlmaydi. Bu holat ba’zi noqulayliklarni keltirib chiqarishga sabab boʻladi.
BIM dasturlari ichida ba’zi bir shunday dasturlar mavjudki, ular aynan qurilish sohasi uchun
moʻljallangan dastur hisoblanadi. Bular ArchiCAD, Revit, Lira, Grasskoper va boshqalar. Bu dasturlar
ichidan ArchiCAD grafik dasturi qurilish chizmachiligi fanidagi mavzularni tushuntirish uchun juda qulay
hisoblanadi. Bunga quyidagi omillar asos boʻlib xizmat qiladi:
- ArchiCAD grafik dasturi uncha kuchli hisoblanmagan kompyuterlarda ham ishlash imkoniyati
mavjudligi;
- ArchiCAD dasturining yеngil ishlashi (2d va 3d chizmalarda ham bir hil ishlaydi);
- ArchiCAD dasturida bir yoʻla ham 2d oʻlchamli chizma ham 3d koʻrinish hosil qilinishi;
- buyruqlar panelidagi buyruqlarning qurilish sohasiga bogʻlanganligi;
- shartli belgilarning parametrlarini oson oʻzgartirish mumkinligi;
- tayyor 3d modellarni 2d holatda ham oʻzrgartirilish funksiyasining mavjudligi;
- oddiy va murakkab qirqimlarning avtomatik tarzda bajarilishi;
- Standart kutubxonasiga boshqa joydan olingan modellarning oson bogʻlanishi va ularning
parametrlarini standart kabi oʻzgartirish imkoniyatining mavjudligi;
- tayyor boʻlgan hujjatlarni bitta loyiha albomiga yigʻilish imkoniyatining mavjudligi.
ArchiCAD grafik dasturining imkoniyatlari va uning chizmachilik fanlari bilan uzviy bogʻliqligi
haqida hech qanday ilmiy ish qilinmagan. Faqatgina rus mutaxassislari bu grafik dasturning qulayligi va
imkoniyatlari haqida kitob yozishgan. A.L.Lansov, S.Titov, N. Malova, A. Dneprov, P. Vasilyev, E.
Kustova, O. Ivanova, A. Orlov, K. Gleni, D. Ridder, V.G.Proxorskiy, E.Felistov, G.A.Jadayev kabi olimlar
ArchiCAD grafik dasturining imkoniyatlari haqida oʻz kitoblarida batavsil yoritib betishgan.
https://buxdu.uz
|