54-MAVZU.
O ZBEKISTON DUNYO XARITASIDA
1. Xaritaning qanday turlari bor?
2. Dunyoning siyosiy xaritasida nimalar tasvirlanadi?
O‘zbekiston Respublikasi O‘rta Osiyoning markaziy qismida, dengiz va okeanlardan
uzoqda joylashgan. Geografi k o‘rniga ko‘ra, Yevropadagi Ispaniya, Italiya, Gretsiya kabi
mamlakatlar bilan deyarli bir xil kenglikda joylashgan. O‘zbekiston dengizga bevosita
chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan, dunyo okeaniga chiqish uchun kamida ikkita dav-
lat hududini kesib o‘tishi zarur bo‘lgan dunyodagi ikkita davlatning biri hisoblanadi
(ikkinchisi Lixtenshteyn davlati).
O‘zbekiston Respublikasining maydoni 448,9 ming km
2
. 2018-yil holatiga ko‘ra, mam-
lakatimiz hududining kattaligi bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida 55-o‘rinda turadi.
O‘zbekiston aholisi 2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, 35,3 mln kishini tashkil etadi.
Aholi soni bo‘yicha dunyoda dastlabki 50 ta davlat qatoriga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishi jihatidan Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahridan iborat. Bu ma’muriy-hududiy birliklar
9
b o b
-
MENING
VATANIM
122
9-bob. MENING VATANIM
o‘z navbatida tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar kabi tarkibiy qismlar-
dan iborat. Respublika poytaxti – Toshkent shahri mamlakatning shimoli-sharqiy qismida
joylashgan.
1. Toshkent shahri
2. Andijon viloyati
3. Buxoro viloyati
4. Farg‘ona viloyati
5. Jizzax viloyati
6. Namangan viloyati
7. Navoiy viloyati
8. Qashqadaryo viloyati
9. Samarqand viloyati
10. Sirdaryo viloyati
11. Surxondaryo viloyati
12. Toshkent viloyati
13. Xorazm viloyati
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi
O‘zbekistondagi aholi soni bo‘yicha eng yirik shaharlarga Toshkent, Samarqand, Naman-
gan, Andijon, Nukus, Farg‘ona, Buxoro, Qarshi shaharlari kiradi.
13
1
12
2
3
4
6
5
7
14
8
9
11
10
O‘zbekiston 5 ta davlat bilan chegaradosh. Bular: Qozog‘iston (shimol va g‘arb-
da), Qirg‘iziston (shimoli-sharq va sharqda), Tojikiston (janubi-sharqda), Afg‘o niston
(ja nubda), Turkmaniston (janubi-g‘arbda). Davlat chegaralarining umu miy uzunligi
6221 km. Eng uzun chegara Qozog‘iston bilan, eng qisqa chegara esa Afg‘oniston
(Amudaryo orqali o‘tadi) bilan bo‘lgan davlat chegarasiga to‘g‘ri keladi.
123
9-bob. MENING VATANIM
1. O‘zbekistondan qaysi yo‘nalishlarda dunyo okeaniga chiqish qulay?
2. O‘zbekiston qaysi sohalarda jahonda yetakchi o‘rinlarda turadi?
124
9-bob. MENING VATANIM
Mozaika tayyor bo‘lganidan keyin quyidagi topshiriqlarni bajaring:
1. Mamlakatimizning eng sharqiy va janubiy qismlarida joylashgan viloyatlarni aniqlang.
2. O‘zbekistonning qaysi ma’muriy-hududiy birliklari ikkita davlat bilan chegaradosh?
Amaliy mashg‘ulotni bajarish orqali O‘zbekiston ma’muriy-hududiy birliklarining joylash-
gan o‘rni, mamlakatimizga chegaradosh davlatlar hamda ularning joylashuvi haqidagi bilim-
lar mustahkamlanadi.
|