107
1-guruh uchun topshiriq
Qum konlarining turlari. Qum olish texnologiyasi. Tabiiy qumga qo‘yiladigan
texnik talablar. Tog‘ jinslarini maydalash asosidagi qumlar.
Qumning yiriklik moduli.
2-guruh uchun topshiriq
Qum olish usullarini aytib bering. Zich tog‘ jinslari asosidagi maydalangan
qumni olishni tushuntirib bering. Qumning donadorlik tarkibi.
3-guruh uchun topshiriq
Qum fizik xusiyatlari. Qumlarda organik aralashmalar, loy va chang. Qum
olishda ishlatiladigan mashina va mexanizmlar. Qumni tozalash va boyitish ishlari.
Qum, bu mayda to‘ldiruvchi bo‘lib, uning tabiiy (boyitilgan va
fraksiyalangan) va maydalangan (boyitilgan, fraksiyalangan, shu bilan birga tog‘
jinslarini chaqiq toshga aylantirishdagi maydalash chiqindilari) turlari mavjud.
Tabiiy qumni qazib olish
Tabiiy qum, qum va qum-shag‘alli konlardan qazib olinadi. Qum-shag‘alli
aralashmani navlarga ajratishda qum olinadi.
Qum konlari kelib chiqish sharoitiga ko‘ra boshqa
foydali qazilmalar kabi
tog‘ oldi, tekislik va suvda olinadigan turlarga bo‘linadi. Tog‘ oldi jinslari tog‘
yonbag‘irlarida joylashadi. Bunda qumni qazib olish joyi o‘rab turgan atrof-muxit
va transport yo‘llaridan tepada joylashgan bo‘ladi. Bu konlarda hamma vaqt quruq
qum uchraydi.
Tekislik konlarida qum yer yuzasidan pastda va ba'zan grunt suvlaridan
pastda yuzaga keladi va yig‘iladi. Bu konlar quruq yoki nam holatda bo‘ladi.
Qumni qazib olish usulidan kelib chiqib, kondan suvni yo‘qotish uchun quritiladi
(drenajda) yoki qumni olish uchun suv bilan to‘ldiriladi.
Suvli
konlarda qum daryo, ko‘l va boshqa suv havzalaridan suv ostidan
olinadi.
Shunday qilib, konlarda qumlar ochiq usulda yoki yopiq usulda ishlab
chiqariladi. Qumni ochiq usulda qazib olish eng ko‘p tarqalgan. Konlardagi qumlar
zamin, gil va boshqa jinslar ostida yig‘iladi. Bu qavatni ochish qavati deyiladi va
uni hajmining foydali qazilma hajmiga nisbati ochish koeffitsientini ifodalaydi.
Ochish ishlari, kon chegarasidagi
ochish qavatini olib tashlash, foydali
qazilmalar ustini ifloslantiruvchi va boshqa zararli
jinslardan tozalash uchun
bajariladi. Konlarni ochishda buldozer, skreperdan foydalaniladi va ba'zan
katta
hajmdagi ochishda ekskovatorlarda chuqurlarga jo‘natish bajariladi.
Konlarda ochish ishlari bajarilgandan so‘ng, transport yo‘llari va ishlash
pog‘onalari hosil qilishda transheyalar yotqiziladi (rasm-3.5).
Ishlash pog‘onalari balandligi 6-10m va undan yuqorini tashkil etadi. U
bevosita ekskavator cho‘michi balandligiga bog‘liq.
Agar qum konda katta
qatlamda mavjud bo‘lsa, u holda uni qayta ishlash qavatma-qavat bajariladi. Qazib
olish qavatining eni ekskavator cho‘michi radiusiga bog‘liq holda 1,2-1,3m ni
tashkil etadi.
Ochiq konlarda qumni qazib olishda turli tipdagi ekskavatorlar, skreperlar va
boshqa mashinalar ishlatiladi. Eng ko‘p bir cho‘michli to‘g‘ri kurakli ekskavatorlar
108
(cho‘mich sig‘imi 0,25-15m
3
) qo‘llaniladi. Bunday ekskavatorlarning cho‘michi
balandligi 6-30m bo‘lib, qazish radiusi 6-40m ni tashkil etadi.
To‘g‘ri kurakli bunday ekskavatorlar ishlash pog‘onasining pastki
maydonida transport vositalari bilan bir qatorda joylashadi.