• Topshiriq
  • Hisobot tarkibi
  • Qisqacha ma’lumot
  • 2 amaliyot ishi




    Download 66.22 Kb.
    bet1/3
    Sana24.11.2023
    Hajmi66.22 Kb.
    #104561
      1   2   3
    Bog'liq
    2-амалий иш
    awfdawesrbgsas vte rgt serg, xakerlar haqida, TTva TL 2-topshiriq, TOK, Документ Microsoft Word, Kompyuter tarmoqlari va ularning turlari, jismoniy tayyorgarlik, Web OOP, 7, Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov. (1), Topshiroq 1 Xasanov M, 3513-Article Text-6940-1-10-20220528, test tarmoq, Karimberdiyev H.F., MobaXterm 20.0.0.101root 20230426 115834

    2 - amaliyot ishi




    GSM standartining umumiy tarmog‘i sxemasini o‘rganish


      1. Ishdan maqsad


    GSM standartidagi raqamli sotali radioaloqa tizimining asosiy texnik xarakteristikalari, tuzilishlari va interfeyslarini o‘rganish.


      1. Topshiriq





    1. GSM standartining umumiy xarakteristikalari bilan tanishish.

    2. Uskunaning funksional sxemasi va xarakteristikalarini o‘rganish.

    3. HLR va VLR registrlarida saqlanadigan ko‘p davomli ma’lumotlar tarkibi bilan tanishish.

    4. Tarmoqning abonent asliligi bilan tanishish, protsedurasi bilan tanishish.

    5. Hisobot tuzish.
      1. Hisobot tarkibi





    1. Ish nomi va maqsadi.

    2. GSM standartida raqamli sotali radioaloqa tizimining tuzilish sxemasini chizing va qurilmalarning xarakteristikalarini yozing.

    3. Harakatdagi mobil aloqa telefonining strukturaviy sxemasini chizing.



      1. Qisqacha ma’lumot


    GSM (Global System for Mobile communications) standarti zamonaviy raqamli tarmoqlardan biri sanaladi, u birinchi navbatda, ISDN va IN (Intelligent Network) bilan chambarchas bog‘liqdir. GSM asosiy funksional elementlari ishlab chiqiladigan sotali aloqa global tizimining UMTS (Universal Mobile Telecommunications System) xalqaro standartga kiritiladi. 1990 yilda GSMning birinchi faza spetsifikatsiyasi e’lon qilingan. 1991 yilning o‘rtalariga kelib, GSMning tijorat xizmatlari qo‘llab-quvvatlandi, 1993 yilga kelib, 22 mamlakatlarda 36 ta GSM tarmoqlari faoliyat boshladi va 25 mamlakat GSM


    yo‘nalishini tanladi yoki uni qabul qilish masalasini qo‘ydi. 1992 yil iyunida GSM standarti mobil aloqa raqamli sotali tizimi (MAST) uchun federal standarti sifatida Rossiyada qabul qilingan.
    1996 yilning yanvaridan Moskvada va viloyatida GSM (900 MGs) standartining tijorat ekspluatatsiya tarmog‘i boshlandi. Moskvada GSM tarmog‘ining operatori bo‘lib «Mobilnie TeleSistemi» (MTS) kompaniyasi hisoblanadi. «MTS»ni tijorat ekspluatatsiya qilishning birinchi kunlarida Rossiyada birinchi marta o‘z tarmoqlarining GSM standartining MAST abonentlari bilan abonementlarning avtomatik roumingi Germaniyada, Shvetsariyada, Finlandiyada va Angliyada ochildi. Boshqa hududdagi «MTS» GSM tarmoqlarining operatorlari bilan birgalikda GSM federal tarmog‘ini yaratish va uni Yevropa, Osiyo, Avstraliya va Afrika davlatlarini qamrab oluvchi sotali aloqaning global tarmog‘i bilan integratsiyalashni tashkil etdi.
    GSM tarmog‘i ITU-T (Intemational Telecommunication Union- Telecommunications Standardization Sector) ta’riflariga muvofiq quyidagi:
    axborotni o‘tkazish bo‘yicha (bearer services); aloqani ko‘rsatish (teleservices);
    qo‘shimcha (supplementary services) xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin.
    GSM tizimi ma’lumotlarni uzatish raqamli tizimi hisoblanadi, raqamli oqim ko‘rinishida kodlanadi va uzatiladi. Bundan tashqari, ma’lumotlarni uzatishning turli xizmatlarini taqdim etadi. GSM abonentlari oddiy telefon tarmoqlarining ISDN abonentlari bilan foydalana olishning turli usullari va protokollaridan, masalan, X.25 yoki X.32 foydalanib paketlarni kommutatsiya qilish tarmoqlari va kanallarni kommutatsiya qilish aloqa tarmoqlari bilan axborot almashinuvini amalga oshirishi mumkin. Faksapparat uchun tegishli adapterdan foydalanganda amalga oshiriladigan faksimil xabarlarni uzatish mumkin. Analog tizimlarda bo‘lmagan GSM noyob imkoniyatlari bo‘lib ma’lumotlarni oraliq bilan saqlash rejimida uzatiladigan SMS (Short Message Service) (160 baytgacha) qisqa xabarlarni ikki yo‘nalishli uzatish hisoblanadi. SMS abonenti hisoblangan adresatga xabar uzatilishi, keyin olinganligi to‘g‘risida tasdiq jo‘natuvchiga
    yuborilishi mumkin. Qisqa xabarlar keng eshittirish rejimida, masalan, hududda yo‘l harakati shartlari o‘zgarganligi to‘g‘risida abonentlarga xabar berish uchun, foydalanish mumkin. Qo‘shimcha imkoniyatlar ko‘rinishida amaldagi xususiyatlar axborotni o‘tkazish va aloqani taqdim etish bo‘yicha xizmatlarni bayon etadi (masalan, harakatdagi abonentga ulanish mumkin bo‘lmagan holatda chaqiruvni qayta yo‘naltirish). CHaqiruvni identifikatsiyalash, chaqiruvni navbatga qo‘yish, bir nechta abonentlar bilan bir vaqtda so‘zlashish va boshqalar kabi yangi imkoniyatlar yuzaga kelishi kutilmoqda.
    862…960 MGs chastotalar diapazonida mobil aloqa chastota spektridan foydalanishga taalluqli bo‘lgan 1980 yil SERT tavsiyalariga muvofiq er usti mobil aloqa raqamli umumevropa sotali tizim uchun GSM standarti ikkita chastotalar diapazonida 890…915 MGs (mobil stansiyalar uzatkichlari uchun –MS), 935…960 MGs (tayanch stansiyalar uzatkichlari uchun –BTS) uzatkichlarning ishlash ko‘zda tutiladi.
    GSM standartida kanallarni vaqt bo‘yicha bo‘lish bilan tor polosali ko‘p stansion foydalana olishdan (NB-TDMA) foydalaniladi. Kadrning TDMA tuzilmasida 124 eltuvchidan har biridagi 8 vaqtli pozitsiyalarni o‘z ichiga oladi.
    Axborot xabarlarini uzatishda radio kanallardagi xatolardan muhofaza qilish uchun joyini o‘zgartirish bilan blokli va o‘rovli kodlash qo‘llaniladi. Mobil stansiyalar joyini o‘zgartirishning kichik tezligida samarali kodlash va joyini o‘zgartirishni oshirish sekundiga 217 sakrashlar tezligi bilan aloqa seansi jarayonida ishchi chastotalarni (SFH) sekin qayta ulanishiga erishiladi.
    Shahar sharoitlaridagi radio to‘lqinni ko‘p nurli tarqatish bilan yuzaga kelgan qabul qilinadigan signalarning interferension so‘nish bilan ko‘rashish uchun aloqa apparaturada 16 mks gacha kechikish vaqtining o‘rtacha kvadratik og‘ish bilan impulsli signallar to‘g‘rilanishini ta’minlaydigan ekvalayzerlardan foydalaniladi.
    Sinxronlash tizimi aloqaning maksimal uzoqligiga yoki yacheyka (sota)ning maksimal radiusiga 35 km mos keladigan signallarning 233 mks gacha kechikishi mutlaq vaqtini to‘ldirishga mo‘ljallangan.
    GSM standartda minimal og‘ish bilan Gauss manipulyasiya (GMSK); manipulyasiya indeksi – 0,3 tanlangan. Nutqni qayta ishlash tanaffuslarda yoki so‘zlashuv oxirida nutqli signal mavjud bo‘lganda uzatkich yoqilishi va uzatkich o‘chirilishini ta’minlaydigan nutqni tanafusli uzatishning (DTX) qabul qilingan tizimi doirasida amalga oshiriladi.
    2.1-jadval.
    GSM standartining asosiy xarakteristikalari



    Mobil stansiyaning uzatish va tayanch stansiyaning
    qabul qilish chastotasi, MGs

    890…915


    Mobil stansiyaning qabul qilish va tayanch
    stansiyaning uzatish chastotasi, MGs

    935…960


    Qabul qilish va uzatish chastotasining dupleksli
    tarqoqligi, MGs

    45


    Radio kanalda xabarlarni uzatish tezligi, kbit/s

    270, 833

    Nutqli kodekni o‘zgartirish tezligi, kbit/s

    13

    Aloqa kanali polosasining kengligi, kGs

    200

    Kanallarning maksimal soni

    124

    Tayanch stansiyalarida tashkil qilinadigan aloqa
    kanallarining maksimal soni

    16…20

    Modulyasiya turi

    MSK

    VT modulyasiya indeksi

    0,3

    Modulyasiyadan oldingi Gaussov filtri polosasining
    kengligi, kGs

    82,2


    Chastota bo‘yicha sekundiga sakrashlar soni

    217

    Intervallarda vaqtinchalik tarqalishi

    2

    Mobil stansiya uchun kadrni (uzatish/qabul qilish)




    Nutqli kodek turi

    RPE LTP

    Sotaning maksimal radiusi, km

    gacha 35

    Kanallarni tashkil qilish sxemasi (aralash)

    TDMA/FDMA

    Nutqni o‘zgartiruvchi qurilma sifatida muntazam impulsli qo‘zg‘atish/uzoq vaqtli oldindan aytish va oldindan aytish bilan liniyali predikativ kodlash bilan nutqli kodek tanlangan (RPE/LTP – LPC – kodek). Nutqli signalni o‘zgartirishning umumiy tezligi – 13 kbit/s.


    GSM standartida xabarlarni uzatish xavfsizligini yuqori bosqichiga erishildi; ochiq kalit bilan shifrlash (RSA) algoritmi bo‘yicha xabarlar shifrlanishi amalga oshirildi.
    Funksional tuzilish va GSM standartida qabul qilingan interfeyslar
    2.1-rasmda tuzilish sxemasi ko‘rsatilgan: MSC (Mobile Switching Centre) – mobil aloqani kommutatsiya qilish markazi; BSS (Base Station Sistem) – tayanch stansiya uskunasi; OMS (Operations and Maintenance Cetre) – boshqarish va xizmat ko‘rsatish markazi; MS (Mobile Stations) – mobil stansiyalar.


    2.1-rasm. GSM standartining tuzilish sxemasi


    Tizimning funksional birlashishi interfeyslar oldida amalga oshiriladi. GSM standartidagi barcha tarmoqli funksional komponentlar MKKTT N7 (SSIT SS N7) signalizatsiya tizimiga muvofiq o‘zaro ishlaydi. SS N7 xalqaro darajada standartlashtirilgan va raqamli dastur-boshqarish stansiyalari bilan aloqaning raqamli tarmog‘ida signalli axborot almashinuvi uchun mo‘ljallangan. Tizim 64 kbit/s tezlik bilan raqamli kanal bo‘yicha ishlash uchun optimallashgan va bog‘lanish jarayonini boshqarish, shuningdek, texnik xizmat ko‘rsatish va ekspluatatsiya qilish axborotini uzatish imkonini beradi. Bundan tashqari, uni telekommunikatsiya tarmoqlarida stansiyalar va ixtisoslashtirilgan markazlar o‘rtasida axborotning boshqa turlarini uzatish uchun ishonchli transport tizimi sifatida qo‘llanilishi mumkin. SS N7 axborot kanallarning bir yoki bir nechta bog‘lamlar uchun umumiy bo‘lgan maxsus kanal bo‘yicha signalli axborotni uzatish metodidan foydalaniladi. Signalli axborot yo‘qotishlarsiz to‘g‘ri ketma- ketlikda uzatilishi kerak, bunda er usti va yo‘ldoshli kanallar o‘zaro ishlashi mumkin. SS N7 tarmog‘i GSM standarti tarmog‘ini yaratishning majburiy sharti hisoblanadi.


    Mobil aloqa kommutatsiya qilish markazi sotalar guruhiga xizmat ko‘rsatadi va mobil stansiyaning ishlash jarayoniga ehtiyoji bo‘lgan bog‘lanishlarning barcha turlarini ta’minlaydi. MSC kommutatsion stansiya ISDN ga o‘xshashdir va qayd etilgan tarmoqlar (PSTN, PDN, ISDN va boshqalar) va mobil aloqa tarmog‘i o‘rtasidagi interfeysni o‘z ichiga oladi. U chaqiruvlarni marshrutlashni va chaqiruvlarni boshqarish funksiyalarini ta’minlaydi. Kommutatsion stansiyaning oddiy ISDN funksiyalarini bajarishdan tashqari MSC radio kanallar kommutatsiya funksiyalariga yuklanadi. Ularga sotadan sotaga mobil stansiyaning o‘rnini o‘zgarishida aloqaning ketma-ketligiga va halaqitlar yoki nosozliklar yuzaga kelganda sotadagi ishchi kanallarni qayta ulanishga erishiladigan jarayonda estafetali uzatish kiradi. Har bir MSC muayyan geografik zona chegaralarida (masalan, Moskva va viloyat) joylashgan harakatdagi abonentlarga xizmat ko‘rsatilishini ta’minlaydi. MSC chaqiruvni o‘rnatish va marshrutlash protseduralarni boshqaradi. Umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘i (PSTN)
    uchun MSC SS N7 protokoli bo‘yicha signalizatsiyalash, aniq loyihaning talablariga muvofiq chaqiruvni yoki interfeyslarining boshqa turlarini uzatish funksiyasini ta’minlaydi.
    MSC aloqaning tarmoq tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar uchun hisoblarni yozish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni shakllantiradi, ma’lumotlarni amalga oshgan so‘zlashuvlar bo‘yicha to‘playdi va ularni hisob-kitob markaziga (billing-markazga) uzatadi. MSC tarmoqni ishlashini nazorat qilish va optimallashtirish uchun zarur bo‘lgan statistik ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
    MSC radio kanallarga kira olishini boshqarish uchun qo‘llaniladigan xavfsizlik protseduralarini ta’minlaydi.
    MSC chaqiruvlarni boshqarishda ishtirok etadi, balki joylashgan o‘rnini ro‘yxatga olish va tayanch stansiyalarning kichik tizimida (BSS) boshqaruvni uzatishdan tashqari, boshqaruvni uzatish protseduralarini boshqaradi. Mobil stansiyalar joylashgan o‘rnini ro‘yxatga olish umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘i abonentlaridan yoki boshqa harakatdagi abonentlardan harakatdagi abonentlarga o‘tadigan chaqiruvni etkazilishini ta’minlash uchun zarur. Chaqiruvni uzatish protsedurasi bog‘lanishni saqlash imkoniga ega va mobil stansiyalar xizmat ko‘rsatishning bir zonasidan boshqasiga o‘tganda so‘zlashuvni olib borishni ta’minlaydi. Tayanch stansiyaning (BSC) bir kontrolleri tomonidan boshqariladigan sotalarda chaqiruvlar ushbu BSC tomonidan uzatiladi. Chaqiruvlarni uzatish turli BSC tomonidan boshqariladigan ikkita tarmoq o‘rtasida amalga oshirilsa, birlamchi boshqarish MSC da amalga oshiriladi. GSM standartida turli MSC ga taalluqli tarmoqlar (kontrollerlar) o‘rtasida chaqiruvni uzatish protseduralari ko‘zda tutilgan. Kommutatsiya qilish markazi holat (HLR) va ko‘chish (VLR) registridan foydalanib mobil stansiyalar doimiy kuzatilishi amalga oshiriladi. HLR da istalgan mobil stansiyaning joylashgan o‘rni to‘g‘risidagi axborot kommutatsiya markaziga stansiya chaqiruvini etkazish imkonini beradigan qismi saqlanadi. HLR registri harakatdagi abonentning xalqaro identifikatsion raqamini (IMSI) o‘z ichiga oladi.
    U autentifikatsiya markazida (AUC) mobil stansiyaning tanib olish uchun foydalaniladi (2.2, 2.3-jadval).
    2.2-jadval HLR va VLR da saqlanadigan uzoq muddatli ma’lumotlar tarkibi

    HLR va VLR da saqlanadigan uzoq muddatli ma’lumotlar tarkibi










    HLR




    VLR










    1

    IMSI – Harakatdagi abonentning xalqaro
    identifikatsion raqami

    2

    ISDN xalqaro tarmoqdagi mobil stansiya nomeri

    3

    Mobil stansiya toifasi

    4

    Autentifikatsiya kaliti

    5

    Yordamchi xizmatni ta’minlash turi

    6

    Foydalanuvchilar yopiq guruhining indeksi

    7

    Foydalanuvchilar yopiq guruhining blokirovka
    kodi

    8

    Uzatilishi mumkin bo‘lgan asosiy chaqiruvlar
    tarkibi

    9

    Chaqiruvchi abonentni xabardor qilish

    10

    Chaqiruvchi abonentning identifikatsiya raqami

    11

    Ish grafigi

    12

    Chaqiriluvchi abonentni xabardor qilish

    13

    Abonentlarni bog‘lashda signalizatsiya nazorati

    14

    Foydalanuvchilar yopiq guruhining xususiyatlari
    (vositalari)

    15

    Foydalanuvchilar yopiq guruhining imtiyozlari

    16

    Foydalanuvchilar yopiq guruhida ta’qiqlangan
    chiquvchi chaqiruvlar

    17

    Abonentlarning maksimal soni

    18

    Foydalaniladigan parol







    HLR







    19

    Ustuvor foydalana olish sinfi

    20

    Foydalanuvchilar yopiq guruhida taqiqlangan
    kiruvchi chaqiruvlar

    Amaliyotda HLR tarmoqda doimo yoziladigan abonentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ma’lumotnoma bazasini o‘z ichiga oladi. Unda tanlab olinadigan raqamlar va adreslar, shuningdek, abonentlarning asllik parametrlari, aloqa xizmatlarining tarkibi, marshrutlash to‘g‘risidagi maxsus axborotidan iborat. Abonentning roumingi (adashish) to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan, harakatdagi abonentlarning va VLR ga taalluqli vaqtli identifikatsion raqami (TMSI) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ro‘yxatga olinadi.
    Tarmoqda bir nechta HLR mavjud bo‘lsa, HLR dagi ma’lumotlardan tarmoqning barcha MSC va VLR distansion foydalana olishga ega, ma’lumotlar bazasida abonent to‘g‘risidagi bitta yozuv bo‘ladi, shuning uchun har bir HLR abonentlar to‘g‘risida tarmoqning ma’lumotlar umumiy bazasining muayyan qismini o‘z ichiga oladi. Abonentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning bazasidan foydalana olish IMSI yoki MSISDN (ISDN tarmoqning harakatdagi abonenti raqami) raqami bo‘yicha amalga oshiriladi. Ma’lumotlar bazasidan abonentlarning tarmoqlararo roumingini ta’minlash doirasida boshqa tarmoqlarga ta’luqli MSC yoki VLR foydalana olishi mumkin.
    Zonadan zonaga mobil stansiya ko‘chishi uchun nazoratni ta’minlaydigan ikkinchi asosiy qurilma - VLR ko‘chish registri. U yordamida HLR nazorat qilinadigan zonalar chegarasidan tashqaridagi mobil stansiyalarning ishlash funksiyalariga erishiladi. Mobil stansiyalar ko‘chish jarayonida tayanch stansiyalar guruhini birlashtiradigan tayanch stansiyalar BSC bir kontrolleri ishlash zonasidan boshqa BSC ishlash zonasiga o‘tsa, u yangi BSC tomonidan ro‘yxatga olinadi va VLR ga mobil stansiyalar chaqiruvlari etkazilishi ta’minlanadigan aloqa sohasining raqami to‘g‘risidagi axborot kiritiladi. HLR va VLR dagi ma’lumotlarning saqlanganligi uchun to‘xtashlar sodir bo‘lganda ushbu registrlar xotirasi qurilmasining muhofazasi ko‘zda tutilgan.
    2.3-jadval
    HLR va VLR da saqlanadigan vaqtli ma’lumotlar tarkibi



    HLR va VLR da saqlanadigan uzoq muddatli ma’lumotlar tarkibi
















    HLR

    VLR













    Autentifikatsiya va shifrlash parametrlari

    TMSI -
    foydalanuvchining vaqtli xalqaro identifikatsion
    raqami

    VLR belgilanadigan
    mobil stansiyaning vaqtli raqami

    Joylashish zonasining identifakatori

    VLR ko‘chish registrining adresi

    Asosiy xizmatlardan foydalanish bo‘yicha
    ko‘rsatma

    Mobil stansiya ko‘chish
    zonasi

    «Estafetali uzatishda»
    sotalar raqami

    Estafetali uzatishdagi
    sota raqami

    Autentifikatsiya va
    shifrlash parametrlari

    Ro‘yxatga olish maqomi




    Javob bo‘lmagandagi taymer (bog‘lanish o‘chirilganda)
    o‘chiriladi

    Parolning shu momentda
    foydalaniladigan tarkibi

    Aloqaning faolligi

    VLR o‘z ichiga HLR kabi ma’lumotlarni oladi, biroq ushbu ma’lumotlar, abonent VLR nazorat qilinadigan zonasida bo‘lgunga qadar VLR da bo‘ladi.


    GSM mobil aloqa tarmog‘ida geografik zonasiga (LA) guruhlanadi., unga o‘z identifikatsion raqami (LAC) biriktiriladi. Har bir VLR bir nechta LA dagi abonentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Mobil abonent bir LA dan boshqasiga o‘tsa, uning joylashgan o‘rni to‘g‘risidagi ma’lumotlar VLR da avtomatik tarzda yangilanadi. Eski va yangi LA turli VLR boshqarilishi ostida
    bo‘lsa, eski VLR dagi ma’lumotlar yangi VLR ga ko‘chirib olingandan keyin o‘chiriladi. HLR dagi abonentning VLR amaldagi adresi ham yangilanadi.
    VLR mobil stansiyaning «adashgan» (MSRN) raqami biriktirilishini ta’minlaydi. Mobil stansiya kiruvchi chaqiruvni qabul qilsa, VLR uni MSRN tanlaydi va uni harakatdagi abonent yonidagi tayanch stansiyalariga ushbu chaqiruvni marshrutlaydigan MSCga uzatadi.
    VLR bir MSCdan boshqasiga bog‘lanishlarni uzatishda boshqarishni uzatish raqamini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, VLR yangi TMSI taqsimlanishini boshqaradi va ularni MSC ga uzatadi. U chaqiruvni qayta ishlash vaqtida haqiqiyligini o‘rnatish protseduralarni boshqaradi. TMSI operatorining qarori bo‘yicha abonentlarni identifikatsiyalash protsedurasini murakkablashtirish uchun vaqti-vaqti bilan o‘zgartirilishi mumkin. Ma’lumotlar bazasidan foydalana olishni IMSI, TMSI yoki MSRN orqali VLR ta’minlashi mumkin. Umuman VLR abonent joylashgan zona uchun harakatdagi abonent to‘g‘risidagi ma’lumotlarning lokal bazasini o‘z ichiga oladi bu esa, HLR ga doimiy so‘rovlarni o‘chirish va chaqiruvlarga xizmat qilish uchun vaqtni qisqartirish imkonini beradi.
    Aloqa tizimlari resurslaridan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish uchun autentifikatsiyalash mexanizmlari – abonentning asllilik guvohnomasi kiritiladi. Autentifikatsiya markazi bir nechta bloklarni o‘z ichiga oladi va autentifikatsiya kalitlari va algoritmlarini shakllantiradi. U yordamida abonentning vakolati tekshiriladi va uning aloqa tarmog‘idan foydalanish amalga oshiriladi. AUS autentifikatsiya jarayoni parametrlari to‘g‘risidagi qarorni qabul qiladi va uskuna identifikatsiyalash registrida (EIR - Equipment Identification Register) joylashgan ma’lumotlar bazasi asosida abonent stansiyalarni shifrlash kalitini aniqlaydi.
    Har bir harakatdagi abonent aloqa tizimidan foydalanish vaqtida xalqaro identifikatsiya raqamidan (IMSI), autentifikatsiya o‘zining individual kalitidan (Ki), autentifikatsiyalash algoritmidan (A3) iborat abonent haqiqiylikning standart modulini (SIM) oladi.
    Mobil stansiya va tarmoq o‘rtasidagi ma’lumotlar o‘zaro alamshinuvi natijasida SIM ga kiritilgan axborot yordamida autentifikatsiyalashning to‘liq sikli amalga oshiriladi va abonentning tarmoqdan foydalana olishga ruxsat beriladi.
    Tarmoqning abonent asliligini tekshirish protsedurasi quyidagicha amalga oshiriladi. Tarmoq mobil stansiyaga tasodifiy raqamni (RAND) uzatadi. Unda Ki va autentifikatsiyalash algoritmi A3 yordamida javob qiymati (SRES), ya’ni



    aniqlanadi.

    Download 66.22 Kb.
      1   2   3




    Download 66.22 Kb.