Sust senzitivlikka ega. Sezgirlik chegarasi yuksak. Juda kuchsiz tovushlarni
va yorug’lik qo’zg’ovchilarni payqamaydi. Aktivligi yuksak, juda q’ayratli va
ishchan, darslarda tez-tez qo’l ko’tarib turadi, toliqmasdan
uzoq vaqt ishlashi
mumkin, yangi ishlarga g’ayrat bilan kirishadi. Faolligi va reaktivligi muvozanatli.
Uni intizomga chaqirish oson. U o’z hissiyotlarining namoyon bo’lishini va o’zining
ixtiyorsiz harakatlarini tez ushlab qola oladi. Harakatlari shiddatli, nutqi tez, yangi
ishga tezlik bilan kirishadi, diqqatini tez to’playdi.
Aqli tez ishlaydi, topqir.
Harakatlari nihoyat darajada silliqlik xususiyatiga ega. Hissiyotlari, kayfiyatlari,
qiziqishlari va intilishlari juda o’zgaruvchan. U yangi
kishilar bilan tez kirishib
ketadi. Yangi talablar, yangi sharoitga osonlik bilan o’rganadi. Bir ishdan ikkinchi
ishga tez ko’cha oladi. Malakalarni tez o’zlashtiradi va tez qayta o’zgartiradi. Aqli
ixcham. Ekstrovertlik xususiyatiga ega. o’tgan va kelajak hayot haqida
tasavvurlariga qaraganda quyiroq tashqi taassurotlarga javob beradi.